O’zbekiston Respublikasining 2017 yilda import va eksport tarkibi
Oxirgi yillarda O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ijobiy tomonga rivojlanmoqda. Iqtisodiy hamkorlikda ham ijobiy dinamika kuzatilmoqda va ikki davlat o’rtasidagi o’zaro savdo aylanmasi 2017 yil 2016 yilga nisbatan 33 foizga o’sgan.
16.1.-jadval
2017 yilning yanvar-dekabrida viloyat tashqi savdo aylanmasida katta ulushga ega bo’lgan davlatlar bilan tovar aylanmasi (umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida)
|
Viloyat tovar aylanmasida ulushi, foiz hisobida
|
2016 yil yanvar-dekabrga
nisbatan foiz hisobida
|
Rossiya
|
13,9
|
103,2
|
Turkiya
|
11,7
|
127,6
|
Qozog‘iston
|
10,4
|
107,2
|
Xitoy
|
13,1
|
127,5
|
Ukraina
|
1,6
|
138,0
|
Hindiston
|
2,7
|
98,5
|
Germaniya
|
10,8
|
129,6
|
Belorussiya
|
1,0
|
148,8
|
Janubiy Koreya
|
2,2
|
159,2
|
Eron
|
1,3
|
75,6
|
Latviya
|
2,2
|
169,7
|
Yaponiya
|
6,2
|
84,3
|
Qirg‘iziston
|
1,0
|
159,0
|
Niderlandiya
|
0,8
|
183,6
|
BAA
|
0,5
|
39,6
|
Turkmaniston
|
0,4
|
23,4
|
Afg‘oniston
|
1,5
|
165,6
|
Polsha
|
1,3
|
88,9
|
Pokiston
|
0,2
|
33,8
|
Manba:O’zbekiston davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
16.3.-diagramma
2017 yil yanvar-dekabrda MDH va boshqa xorij davlatlari bilan amalga oshirilgan tashqi savdo tarkibi
Eksport
MDH Boshqa xorij davlatlari
Import
MDH Boshqa xorij davlatlari
P axta tolasii
Oziq ovqat mahsulotlari
Kimyo va plastmassa mahsulotlari.
Energiya manbalari
Qora va rangli metallar
Mashina va uskunalar
Xizmatlar
Boshqalar
Respublikada tashqi savdo aylanmasi 2017 yil yanvar-dekabr oylarida 27,0 mlrd. AQSH dollarini, shu jumladan eksport 14,0 mlrd. AQSH dollarini va import 13,0 mlrd. AQSH dollarini tashkil qildi. Tashqi savdo aylanmasi saldosi 945,5 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
Oxirgi yillarda Respublikaning eksport tarkibida qariyb barcha tovarlar va xizmatlar guruhlari bo’yicha o’sish kuzatilmoqda.
Transformator va akkumulyatorlar eksportining o’tgan yilning shu davriga nisbatan 54,8 foizga, kabelli sim mahsulotlarinning 33,3 foizga, qozonlar, uskunalar va mexanik asboblar va ularning qismlarining 24,0 foizga o’sishi, mashina va asbob-uskunalarning 60,1 foizga o’sishiga olib keldi.
Alkogol va alkogolsiz ichimliklar eksportining o’tgan yilning shu davriga nisbatan 61,1 foizga, bug’doy 32,2 foizga va meva-sabzavot mahsulotlari va ularni qayta ishlash 15,6 foizga o’sishi, oziq-ovqat mahsulotlari hajmining 26,1 foizga o’sishiga olib keldi.
Qora va rangli metallarni o’tgan yilning shu davriga nisbatan 29,5 foizga o’sishiga, rux va undan tayyorlangan mahsulotlarni 45,4 foizga, alyuminiy va undan tayyorlangan mahsulotlarni 80,0 foizga, mis va undan tayyorlangan mahsulotlarni 34,7 foizga o’sishi sabab bo’ldi.
Import tarkibining umumiy hajmidan 38,9 foizni mashina va asbob-uskunalar va 16,5 foizini kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar tashkil qiladi.
Eksport tarkibining umumiy hajmidan 25,1 foizni xizmatlar tashkil qiladi, bunda transport xizmatlari 11,5 foizni va safarlar 11,3 foizni tashkil qiladi.
2017 yil yanvar-dekabr oylarida tashqi savdo aylanmasi saldosi 945,5 mln.AQSH dollarni tashkil qildi, shundan MDH davlatlari bilan 809,5 mln.AQSH dollarni va boshqa davlatlar bilan 136,0 mln.AQSH dollarni tashkil etdi.
16.4.-diagramma
Manba:O’zbekiston davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |