2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari. “Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli


-chizma. YAlpi taklif o’zgarishining AD-AS modelidagi muvozanatga ta’siri



Download 6,18 Mb.
bet66/239
Sana23.09.2021
Hajmi6,18 Mb.
#182984
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   239
Bog'liq
Макроиктисодиётга кириш

5.5-chizma. YAlpi taklif o’zgarishining AD-AS modelidagi muvozanatga ta’siri.
Oraliq va vertikal kesmalarda baholar o’sib borishi bilan kuzatilgan yalpi talabning ko’payishi talab inflyatsiyasi mavjudligini ko’rsatadi.

YAlpi taklif o’zgarishining baholarning va ishlab chiqarishning muvozanatli darajalariga ta’sirini 13-chizma misolida ko’rib chiqamiz. Bahodan boshqa omillar ta’sirida yalpi taklifning AS1dan AS2ga siljishi natijasida ishlab chiqarish hajmi Y1 dan Y2 gacha kamayadi, baholar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko’tariladi, ya’ni stagflyatsiya ro’y beradi.

Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog’liq bo’lmagan omillardan birortasi o’zgarib, yalpi taklifning o’zgarishiga olib kelsin. YA’ni, yerning bahosi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda yalpi taklif egri chizig’i AS1dan AS3 holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi P1 dan P3 ga qadar pasayadi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya’ni, iqtisodiy o’sish holati ro’y beradi.

YAlpi taklif va yalpi talab o’rtasidagi muvozanatning buzilishi makroiqtisodiy beqarorlikni keltirib chiqaradi. Jumladan “jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelishida asosiy sabab – moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi hisoblanishini ta’kidlash lozim. Pul muomalasi qonunlaridan ma’lumki, iqtisodiyot sog’lom va barqaror amal qilishi uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmi o’rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi lozim. Biroq, milliy iqtisodiyotlarning baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga ham o’z ta’sirini o’tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, masalan AQSHda, keyinchalik ko’plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e’tiborga olmaslikka qadar olib keldi”4.

Natijada muomaladagi pul massasi (yalpi talab) tovarlar va xizmatlar hajmi o’rtasida muvozanat buzildi, va moliyaviy inqiroz iqtisodiy inqirozga aylandi.

SHu sababli ham makroiqtisodiy siyosatning asosiy vazifalaridan biri makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir. Bunda yalpi talab va yalpi taklifning dinamik muvozanatiga erishish uchun yalpi talabni rag’batlantirish yoki cheklash siyosati, shuningdek yalpi taklifni rag’batlantirish siyosati qo’llaniladi.

YAlpi talabni rag’batlantirish siyosatining ko’rinishlariga daromadlarni o’stirish, soliqlarni kamaytirish, bank kreditlarini arzxonlashtirish, narxlarni cheklash tadbirlari kirsa, yalpi taklifni rag’batlantirish siyosatida investitsiyalarni rag’batlantirish, ishlab chiqaruvchilarga soliq yukini pasaytirish, eksportchilarni qo’llab quvvatlash va h.k. choralar kiradi.


Download 6,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish