2-qadam. Kiritish ekrani tayyorlash Ma’lumotlar bazasiga sovda haqidagi ma’lumotni kiritish uchun “Kiritish ekrani” hosil qilish.
MS excelda ma’lumotlarni bazaga qo’lda kiritish ham mumkin. Ammo bunda adashib ketishimiz mumkin. Shuning uchun kiritishni avtomatlashtirsak, bu muammoni hal qilgan bo’lamiz.
Buning uchun Excelni yangi listini ohamiz va uni “Kiritish ekrani” deb nomlaymiz. So’ng unda quyidagi kabi jadval yaratamiz. Quyidagi rasmga qarang.
Bu yerda yacheykalarga quyidagi formulalarni kiritamiz.
B3 yacheykaga ТДАТА (NOW)formulasini kiritamiz, agar vaqt kerak bo’lmasa СЕГОДНЯ (TODAY) formulasini ham kiritish mumkin.
B11 yacheykaga =ВПР(B7;Narxlar;3;0). Bu funksiya nima ish bajarishini mustaqil o’rganing va albatta hisobotingizga kiriting.
B7 yacheykaga ochiluvchi ro’yxat qilamiz. Buning uchun “Данные - Проверка данных (Data - Validation)” buyrug’ini beramiz va ochilgan muloqat oynani quyidagi kabi to’ldiramiz.
B5 yacheykaga ham xuddi shu usulda ochiluvchi ro’yxatni joylashtuiramiz. Bunda
“Проверка вводимых значений” muloqat oynasini quyidagi kabi to’ldiramiz.
B13 yacheykaga =B11*B9 formulani yozamiz.
B9 yacheykaga mijoz olgan tovar miqdorini kiritamiz. Masalan 4ta shina olgan bo’lsa 4 kiritamiz.
3-qadam. Ma’lumotlarni bazaga yozish Kiritish ekranidagi yacheykalar qiymatlar bilan to’ldirilganidan so’ng ularni “Savdo” nomli ma’lumotlar bazasi jadvaliga kiritish kerak bo’ladi. Buning uchun avval bu qiymatlarni A20:E20 yacheykalarga quyidagi formulalar orqali yozamiz:
A20 ga =B3;
B20 ga =B7;
C20 ga =B9;
D20 ga =B13;
E20 ga esa =B5 formulani yozamiz.
Endi bu qiymatlarni “Savdo” nomli ma’lumotlar bazasi jadvaliga kiritish uchun kichik makros dastur yozamiz. Buning uchun Alt+F11 tugmalar kombinatsiyasini yoki “Разработчик” lentasidan “Visual Basik” buyrug’ini beramiz.(Agar “Разработчик” lentasi lentalar satrida bo’lmasa “Файл” menyusining “Параметры\Настроить ленту” buyrug’I beramiz va ochilgan muloqat oynadan “Разработчик” qatorini belgilaymiz.) So’ng quyidagi makros dasturni yozamiz.
Sub Add_Sell()
Worksheets("Kiritiswh ekrani").Range("A20:E20").Copy
n = Worksheets("Ma'lumotlar bazasi").Range("A100000").End(xlUp).Row
Worksheets("Ma'lumotlar bazasi").Cells(n + 1, 1).PasteSpecial Paste:=xlPasteValues
Worksheets("Kiritish ekrani").Range("B5,B7,B9").ClearContents
End Sub
Topshiriq. Ushbu mkros qatorlarida qanday ishlar bajarilayotganini aniqlang Kiritish ekraniga bu makrosni ishga tushiruvchi tugma joylashtiramiz. Buning uchun
“Разработчик” lentasining “Вставить\Кнопка” buyrug’ini beramiz. Quyidagi rasmga qarang
So’ng kiritish ekrani jadvalimizning kerakli joyiga sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda bu tugmani chizish orqali joylashtirib olamiz. Bunda tugmani chizib bo’lishimiz bilan Excel bizdan bu tugmaga qaysi makrosni bog’lash kerakligi haqidagi muloqat oynani chiqaradi. U yerdan ozimiz yog va nomini “Add_Sell” deb nomlangan makrosni tanlaymiz.
Keyin tugma ustidagi yozuvni o’zgartiramiz. Buning uchun sichqoncha ko’rsatkichi tugma ustiga keltirilib, uning o’ng tugmasini bosamiz va paydo bo’lgan kontektli menyudan “Изменить текст” buyrug’ini beramiz. So’ng tugma nomini “Bazaga yozish” deb nomlaymiz.
Topshiriq: Kiritish ekrani ekrani yordamida bazaga 15ta qiymatni kiriting.