obrazlarni anglash tizimlarini
dasturlari bilan, masalan OCR
(Optical Character Recognition) tipidagi dasturlar bilan birgalikda ishlatish eng
afzal hisoblanadi. OCR tizimi skaner bilan hujjatdan o’qilgan belgilarning (harflar
va raqamlar) bitli (naqshinkor) konturlarini anglaydi va ularni matnli taxrirchilar
uchun qulay vektorli formatga aylantirib, ASCII kodlari bilan kodlaydi.
Ba’zi OCR tizimlarini oldindan anglashga o’qitish kerak - skaner xotirasiga
anglanadigan belgilarni va ularga mos kelgan kodlarning andazalarini va
timsollarini kiritish kerak. Turli alfavitlarda (masalan, lotincha (inglizcha) va
ruscha-kirillica) va shriftlarning turli garniturida (yozilish usullari) yozilishi
bo’yicha mos keladigan harflarni anglashda qiyinchiliklar paydo bo’ladi. Lekin
ko’pchilik tizimlar o’qitishni talab etmaydi: ularning xotirasiga oldindan
anglanadigan belgilar joylashtirilgan. Masalan, eng yaxshi OCR lardan biri -
TIGER 2.0 dasturli paketi 30 ta turli garniturining timsolini o’z ichiga oladi, ingliz
va rus harflarini anglash uchun esa ichiga sozlangan elektron lug’atlar ishlatiladi.
Keyingi yillarda Omnifont tipidagi obrazlarni anglash intellektual dasturlari
paydo bo’ldi, u belgilarni nuqtalar bo’yicha emas, balki belgilarni har biri uchun
tavsifli bo’lgan shaxsiy topologiya bo’yicha anglaydi. Obrazlarni anglash tizimi
mavjud bo’lganda matn endi SHK xotirasiga bitli karta ko’rinishida emas, balki
kodlar ko’rinishida yoziladi va uni oddiy matn muharrirlari bilan taxrir qilish
mumkin.
Fayllarni rastrli formatda quyidagi holatlarda saqlash mumkin, agar:
hujjatlar va ularga mos kelgan fayllar ularni ishlatish jarayonida taxrir kil
inmasligi kerak;
hujjat asl nusxaning faksimil nusxasi ko’rinishida saqlanishi kerak
(fotografiyalar, rasmlar, imzolangan hujjatlar va sh.o’.);
ko’p sonli ulkan fayllarni (1-20 Mbayt) saqlash va ko’rib chiqish uchun
texnik imkoniyatlar mavjud.
Skaner SHK ning ketma-ket portiga ulanadi.
Skaner bilan ishlash uchun SHK maxsus drayverga, imkoni bo’lsa, TWAIN
standartiga mos keluvchi drayverga ega bo’lishi kerak. Bu holda ko’p sonli
TWAIN bilan mos keladigan skanerlar bilan ishlash va TWAIN standartini
qo’llaydigan fayllarni qayta ishlovchi dasturlar bilan ishlash imkoni bor, masalan,
50
keng tarqalgan Corel Draw, Adobe Photoshop, MaxMate, Picture Publisher, Photo
Finish va b. dasturlar.
Ko’pchilik drayverlar SCSI lokal kompyuter interfeysi bilan ishlashga
mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |