7. Ishni o‘tkazishga tayyorgarlik
Laboratoriya ishini o‘tkazishdan oldin quyidagi tayyorlov ishlarini o‘tkazish zarur:
- saqlagich mavjudligini tekshirish;
- asbob korpusini erga ulash;
- asbobning mexanik nolini tekshirish va zarur bo‘lganda uni old panelning markazida joylashgan korrektor bilan o‘rnatish;
- o‘lchash chegarasining qayta ulagichini yuqori voltli holatiga o‘rnatish;
- asbobni tarmoqqa ulash va 15 min. isitish.
SHundan so‘ng asbob o‘lchashlar o‘tkazishga tayyor.
8. Ish tartibi
Asbobga o‘lchash kabeli qo‘shimcha qilingan.
Milliampermetr ishlashida o‘lchanayotgan signal mavjud emasligida asbob strelkasi nol holatida bo‘lmaydi. Kichik diapazonda strelkaning joiz og‘ishi asbobning qisqartirilgan kirish joyida 0,05 A ni tashkil qiladi.
9. Laboratoriya ishini o‘tkazish
9.1 Tashqi ko‘rik va sinab ko‘rish
Tashqi ko‘rikni o‘tkazishda quyidagilarni aniqlash zarur:
- asbobda mexanik shikastlar bo‘lmasligi kerak;
- kirish ajratgichining sozligi;
- o‘lchash chegaralari qayta ulagichining sozligini tekshirish.
9.2 Metrologik tavsiflarni aniqlash
Asbobning asosiy xatoligini aniqlash uchun 1-rasmga muvofiq uskunaning chiqish joyidan ampermetrning kirish joyiga signal uzatish zarur.
Vx – qiyoslanayotgan ampermetr
Vo – namunaviy ampermetr
uskunasi – stabillashgan tok manbasi
1-rasm. 1,0 -4,0 aniqlik klassidagi o‘zgarmas tok ampermetrlarini qiyoslash uchun elektr sxema.
0 - 300 mA kichik diapazonlarda xatolik shkalaning barcha raqamli belgilarida aniqlanadi, qolgan kichik diapazonlarda tekshirish faqat shkalaning oxirgi belgilarida o‘tkaziladi.
CHiqish kuchlanishini rostlash yordamida uskunaning chiqish joyidan signal berilganda ampermetr strelkasi qiyoslash belgisiga aniq o‘rnatiladi.
Uskunada o‘rnatiladigan kuchlanish qiymati qiyoslash bayonnomasida ko‘rsatilgan. O‘lchash xatoligi foizlarda uskuna shkalasidan hisoblanadi.
CHastota ishchi diapazonida asosiy xatolikni aniqlash
Asbobning asosiy xatoligini chastota ishchi diapazonida aniqlash uchun 1-rasmga muvofiq uskunaning chiqish joyidan ampermetrning kirish joyiga kuchlanishni uzatish zarur.
0 - 300 mA chegaralarda xatolik aniqlanadi.
CHiqish kuchlanishini rostlash yordamida uskunaning chiqish joyidan signal berilganda ampermetr strelkasi qiyoslash belgisiga aniq o‘rnatiladi.
uskunada o‘rnatiladigan kuchlanish qiymati qiyoslash bayonnomasida ko‘rsatilgan.
O‘lchash xatoligi foizlarda uskuna shkalasidan hisoblanadi.
O‘lchash natijalari ampermetrning aniqlik klassida belgilangan qiymatlardan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |