Karbonatlar yer qobig’i tarkibida keng tarqalgan bo’lib, marmar, ohak va
bo’r kabi jinslarni tashkil etadi. Qurilishda bog’lovchi
va zeb beruvchi
materiallar tayyorlashda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Kalsit – CaCO
3
. Bu mineralga xos bo’lgan
xususiyat uning 10% li tuz kislotasi qorishmasi
bilan reaksiyaga kirishganda qaynashi. Qattiqligi
– 3, zichligi – 2,7g/sm
3
, rangi oq, rangsiz, shaffof.
Ayrim hollarda mexanik aralashmalar kalsitga
kulrang, qizil, qo’ng’ir va hatto qora tus beradi.
Uch yo’nalish bo’yicha ulanish tekisligi
mukammal bo’lib, shishasimon yaltiroqdir.
Shaffof kristallardan nur o’tayotganda ikki marta
sinadi,
ulanish
tekisliklarini
chegaralovchi
plastinkalari tasvirni ikkita qilib ko’rsatadi.
Kalsitning kelib chiqishi cho’kma, metamorfik bo’lib, suvli
qorishmalardan tushishi natijasida hosil bo’ladi,
organizmlar yashash
jarayonida cho’kma moddalarni hosil qiladi: ohakli tuf, oqish natijasida hosil
bo’ladigan minerallar - stalaktitlar, stalagmitlar, zich ohaktoshlar, mergel va
bo’r massalari. Yaxshi shakllangan kristallar ko’rinishida uchraydi - turli
yiriklikdagi romboedrlar, tog’ jinsi mramorni tashkil etadi.
Kalsit yer yuzasida turg’un emas, atmosfera ta'sirida xiralashadi, yoriladi,
mexanik ta'sir ostida uqalanib ketadi. Suvda eriydi, kalsit aralashgan jinslarda
g’ovaklar, bo’shliqlar va hatto g’orlar paydo bo’ladi.
Kalsit bog’lovchi materiallar ishlab chiqishda asosiy xom ashyo bo’lib
xizmat qiladi, binolar devorlariga va metropoliten bekatlariga ishlov berishda
ishlatiladi (marmar, ohak, chig’anoq); kalsit optik asboblar ishlab chiqishda
qo’llaniladi: island shpati, san'at buyumlari va
zargarlik buyumlari ishlab
chiqishda, kimyo va metallurgiya sanoatlarida ishlatiladi.
Dolomit – CaCO
3
MgCO
3
. Qattiqligi – 3,5,
zichligi – 2,9g/sm
3
. Kukunli tuz kislotasining
10%li qorishmasi ta'sirida qaynaydi. Rangi
sarg’ish - kulrang, och qo’ng’ir, ayrim hollarda
oq.
Siniq parchasi tekis, kristallari zarrachali,
ulanish
tekisligi
mukammal,
shishasimon
yaltiroq.
Asosan qaynab chiqqan tog’ jinslari
metamorfizmi natijasida va kalsitga magnezial
qorishmalar ta'sirida hosil bo’ladi. Suvda
eruvchan, kalsitdan farqli ravishda nurashga turg’un.
Dolomit
Kalsit
Bog’lovchi materiallar
va yuqori haroratga
chidamli
materiallar
ishlab
chiqishda
foydalaniladi.
Magnezit – MgCO
3
. Qattiqligi – 4,5, zichligi
– 3,0g/sm
3
, rangi oq, magniy okiselining qora
dog’lari aralash kulrang. Siniq parchasi zarrali,
ulanish
tekisligi
mukammal,
shishasimon
yaltiroq, HCl ta'sirida qiyinchilik bilan eriydi,
kukuni qizdirilgan taqdirda "qaynaydi".
Asosan
qaynab chiqqan tog’ jinslari metamorfizmi
natijasida katta chuqurlikda va kalsit metamorfizmi jarayonida kalsitni
magniyga almashishi orqali paydo bo’ladi. Suvda yaxshi erimaydi.
Bezak beruvchi ashyo sifatida va yuqori haroratga chidamli material ishlab
chiqishda ishlatiladi. 3000
o
issiqlik haroratiga bardosh bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: