inspeksion qiyoslash o‘tkaziladi.
Inspeksion qiyoslash O‘V egasi vakili ishtirokida amalga oshiriladi, qiyoslash natijalari esa aktda bayon etiladi.
Ekspert qiyoslash.
Ekspert qiyoslash metrologik tavsiflari bo‘yicha yuzaga kelgan munozarali savollar kelib chiqqanda o‘tkaziladi.
O‘V ni ekspert qiyoslash sud, prokuratura davlat arbitraji, ijro etuvchi idora, shuningdek yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan berilgan yozma talablarga asosan o‘tkaziladi. Talabnomada predmet, ekspert qiyoslashning maqsadi va uning sababini aniq ko‘rsatish kerak.
O‘V ni ekspert qiyoslashni amalga oshirayotgan vaqtda buyurtmachi, shuningdek manfaatdor tomonlar vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Ekspert qiyoslash natijalari bo‘yicha xulosa qilinadi, u qiyoslashni amalga oshirgan idora rahbari tomonidan tasdiqlanadi, bir nusxa buyurtmachiga yuboriladi, ikkinchisi qiyoslashni amalga oshirgan idora arxivida saqlanadi.
Tergov ishlarini olib boruvchi yoki sud idoralari talablariga ko‘ra o‘tkazilgan ekspert qiyoslashda, ekspert qiyoslash natijalari shu idoralar talablari bilan muvofiqlashgan holda rasmiylashtiriladi.
Sud, prokuratura, davlat arbitraji, ijro etuvchi xokimiyat tomonlari talablariga (ariza) ko‘ra o‘tkazilayotgan ekspert qiyoslash uchun to‘lovlar uni talab (ariza) qilgan idora tomonidan belgilanadi.
Ekspert qiyoslash ishlari uchun to‘lov yuridik yoki jismoniy shaxslar buyurtmasiga asosan buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘V qiyoslashga changdan va kirdan tozalanib, kerak bo‘lsa pasporti, texnik ko‘rsatmasi, ekspluatatsiya yo‘riqnomasi, qiyoslash usuli va so‘nggi qiyoslash sertifikati, shuningdek zarur komplektlashgan uskunalar bilan berilishi kerak. Qo‘shimcha talablar qiyoslash shartnomasida belgilanadi.
Qayta qiyoslash O‘V ni qiyoslash uchun huquqlari akkreditlashgan yuridik shaxslarning statsionar yoki ko‘chma laboratoriyalarida o‘tkaziladi.
O‘V hajmiga qarab, ularni transport vositalarida olib kelish imkoniyati bo‘lmagan hollarda qayta qiyoslash shu qiyoslashni o‘tkazayotgan tashkilot tomonidan belgilangan joyda o‘tkaziladi.
O‘V ni qiyoslash O‘z RH 51-029 talablari bilan muvofiqlashgan metodikalarga ko‘ra o‘tkaziladi. Qiyoslash natijalari qiyoslashning muvofiqlashgan metodikalarida belgilanadigan shakl va qoidalari protokol yoki boshqa hujjatlarda ro‘yxatdan o‘tadi. Protokol yoki ularni o‘rnini bosuvchi hujjatlar saqlanish muddati qiyoslasharo interval (oraliq) vaqtidan kechikmasligi kerak.
Agar O‘V bir qancha o‘lchamlarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan yoki bir qancha o‘lchashlar diapazoniga ega bo‘lib, lekin doim kichik hajmdagi o‘lchamlarni o‘lchash yoki kichik miqdordagi o‘lchashlar diapazoni uchun ishlshatilsa, u holda O‘V egasining yozma talabiga binoan o‘lchanayotgan kattaliklar miqdori va o‘lchash diapazonlari uchun qo‘llanadigan O‘V ning yaroqliligini aniqlaydigan qiyoslash bo‘yicha me’yoriy hujjatlar talablariga bo‘ysungan holda o‘tkaziladi.
Bu hollarda O‘V aniq yozuv va shartli belgilar (ularni qo‘llanish doirasini belgilovchi) qo‘yiladi. Ekspluatatsion hujjat va sertifikatda muvofiqlashgan qaydnoma yozilishi shart.
O‘V ni qiyoslashning qiyin darajadagi hollarida, masalan, o‘lchash tizimida bir yuridik shaxs tomonidan to‘laligicha bajarilmaydigan qiyoslashda, qiyoslashni navbatma-navbat bajarish mumkin: oldin bir yuridik shaxs, keyin ikkinchisi, uchinchisi va h.k.. Bu holda qiyoslash natijalari so‘nggi bosqichni olib borgan yuridik shaxs tomonidan o‘zining va undan oldingi ishtirokchilar protokollari asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |