2-LABORATORIYA ISHI
Formulalardan foydalanish
Maqsad. Formulalardan foydalanish, absolut va nisbiy adreslar.
1. Nazariy qism. Excel
programmasidagi jadvallarda hisoblashlar
formulalar yordamida amalga oshiriladi. Formulalar matematik amal
belgilari bilan bog'langan sonli konstantalar, kataklar adreslari, havolalar
va Excel funksiyalarni saqlashi mumkin. Qavslar bajaradigan amallarni
standart tartibini o'zgartirish imkoniyatini beradi. Agar katak formula
saqlasa, u holda mazkur formulaning hisoblangan natijasi ishchi varaqda
aks etadi. Agar formula saqlanayotgan katak faollashtirilsa, Строка
формул qatorida namoyon bo'ladi.
Formulani kiritish = (tenglik) belgisi bilan boshlanishi zarur.
Formula havolalarni, ya'ni, boshqa formulalar adresini saqlashi
mumkin. Bu holda mazkur kataklar ichidagi hisoblashlar bu formula
bilan bog'liq katakka ham tegishli bo'ladi. Formula hisoblashlardagi
natija boshqa katakdagi songa bog'liqligini bildiradi.
Shunday qilib, formula saqlaydigan katak bog'liq hisoblanadi.
Ya'ni, formula saqlaydigan katak qiymati, havola ko'rsatadigan katakdagi
qiymat o'zgarishi bilan qayta hisoblanib ko’riladi.
Katakka havolani ikki yo'lda berish mumkin: klaviaturadan terib
kiritish yo'li va ishchi varaqdagi katakni ko'rsatish yo'li bilan. Birinchi
holatda, hisoblanadigan katak ustida havola kiritiladi, bu yo'lda xatolar
yuz berishi mumkin, ikkinchi yo'lda kerakli katakka sichqoncha
yordamida ko'rsatiladi. Avvaldan kelishilganidek, formuladagi katakka
havola nisbiy deb ko’riladi. Bu quyidagini bildiradi, agar havola adreslari
formulalarining nusxalari hosil qilinsa, berilgan katakka nisbatan
nusxalardagi formulalar ham mos ravishda o'zgaradi.
Misol uchun: V2 katagida Al katagiga havola bo'lsin. Shunday qilib,
havola bitta katak chapga va bir katak yuqoriga bog'langandir. Agar
formulaning nusxasi boshqa bir katakka ko'chirilsa, u holda mavjud
nisbiy havolaga ko'rsatish saqlanadi. Ya'ni, misol uchun E27 katakka
nusxasini ko'chirsangiz, havola bir katak chap va bir katak yuqoridagi
D26 katakni ko'rsatadi.
Absolut adreslashda esa havola adresi nusxa ko'chirganda ham
o'zgarmaydi.
Formulani tahrirlashda adreslash usulini o'zgartirish uchun havolali
katakni belgilab, F4 klavishini bosing. Absolut adreslashdan
foydalanuvchi katak nomeri oldida $ belgisi turishi kerak. F4 klavishi
bosilsa, turli havola variantlari taklif etiladi.