Oksigemoglobin HbO2 – gemoglobinning kislorod bilan to`g`ridan –to`g`ri birikishidan hosil bo`ladi. Bu birikma beqaror bo`lib, uning qondagi miqdori kislorodning partsial bosimiga qarab o`zgarib turadi: kislorod partsial bosimi baland bo`lgan o`pka alveolalarida qon kislorod bilan to`yinadi va HbO2 miqdori ortadi.
Karboksigemoglobin HbCo - gemoglobinning uglerod (II)-oksidi – is gazi bilan hosil qilgan birikmasi. Bu modda odam nafas olgan havo tarkibida CO bo`lganda vujudga keladi.
Metgemoglobin – metgemoglobin oksigemoglobin yoki gemoglobinni oksidlash tufayli (masalan qizil qon tuzi – K3[Fe(CN)6], natriy nitrit, azot oksidlari, metilen ko`ki bilan) hosil bo`ladi:
HbO2 + K3[Fe(CN)6] ------------HbOH + K4[Fe(CN)6] + O2
Karbgemoglobin. Gemoglobinning karbonat angidrid bilan bog`lanishidan gemoglobinning yana bir boshqa unumi – karbgemoglobin hosil bo`lishi mumkin. Ammo bunda karbonat angidrid gemga emas, balki globinning amino guruhiga bog`lanadi. Mioglobin – uchlamchi strukturaga ega bo`lib, gemoglobinning bir zanjiridan iborat. Gemoglobindan farqli ravishda u kislorodni 5 marta tezroq biriktira oladi. Uning kislorod bilan to`yinishi grafikda giperbola shaklida bo`ladi.
Fermentli gemproteidlar. Sitoxromlar ularning molekulalari tarkibidagi gemlarning turiga qarab a,b,c,d turlarga bo`linadi. a,b va c sitoxromlari prostetik guruh sifatida muvofiq ravishda a,b, va c gemlari tutadi va o`zaro polipeptid zanjirlarining aminokislotalar tarkibi va oqsil subbirliklari bilan farqlanadilar. d sitoxromida esa d gemdan tashqari ba’zida c gemi ham bo`ladi.
Xlorofillproteidlar – hayvonlardagi temir porfirinlardan farqli ravishda o`simliklarda magniy porfirinli komplekslar mavjud bo`lib, ular o`simliklar barglariga yasxil rang beradi. Bunday pigmentli komplekslar xlorofill deb ataladi. O`simliklar barglarida a va b, suvo`tlarida yana c va d turlari mavjud.
Metalloproteidlar va nukleoproteidlar. Metalloproteinlarga oqsildan tashqari qandaydir, bir yoki bir nechta metall ionlari saqlovchi biopolimeelar kiradi. Metalloproteidlar orasida fermentli va fermentsiz turlari mavjud. Masalan, dipeptidaza va alkogoldegidrogenaza metallofermentlari tarkibida rux, tashuvchilik vazifasini bajaruvchi fermentsiz metalloproteid – transferrin tarkibida esa temir bo`ladi.
Nukleoproteidlar oqsil bilan nuklein kislotalarning birikishidan hosil bo`ladi. Nuklein kislotalarning tabiatiga qarab ular DNP va RNP ga bo`linadi. Nukleoproteidlar bezli to`qimalarda, don kurtaklarida ko`p bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |