5. Amir Temur va temuriylar davridagi iqtisodiy g‘oyalar va iqtisodiy siyosat
Amir Temur (1336-1405) iqtisodiyotni boshqarishda o‘ziga xos maktab yaratdi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari har bir viloyatda Devon, deyiluvchi boshqarma bo‘lgan. U davlatning muhim ishlarini: soliq yig‘ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo’llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilib turgan.
Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan tekshirish va taftish ishlarini olib borgan. Ayniqsa, toshu-tarozi to‘g‘riligi, narx-navo tekshirib turilgan, qallob va tovlamachilar qattiq jazolangan.
Mamlakatda ko‘rilgan bunday va shu kabi boshqa chora-tadbirlar, birinchi navbatda, raiyatning qashshoqlikka, mamlakatning esa og‘ir ahvolga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan. Negaki, А.Теmur “Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag'alashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa, sipohlaming tarqalib ketishiga sabab bo'ladi. Sipohlaming tarqoqligi esa, o‘z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi”, — deb ko‘rsatib bergan.
Mamlakatda dehqonchilikka katta e’tibor berilgan. Kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (yerosti suvlarini tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog‘ ko‘kartirsa yoxud birorta xarob bo‘lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili imdan soliq olinmagan. Ikkinchi yili raiyat o‘z roziligi bilan berganini olgan. Uchinchi yil xiroj yig‘ilgan. Mazkur muammoga bunday yondashuv qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda muhim mavqega ega bo‘ladi.
Amir Temur barcha shahar va qishloqlarda langarxona (yo‘lovchilar qo‘nib o‘tadigan, kambag‘al yetim-yesirlarga ovqat beriladigan joy), g‘aribxonalami qurishni, kasallar uchun shifoxonalar bunyod etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni lozim, deb bilgan va ulami amalga oshirish uchun ko‘p ishlami qilgan.
Amir Temur Angliya va Fransiya qirollariga murojaat qilib, xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga harakat qilgan. Mashriqdan mag‘ribgacha bo‘lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratib berilgan. Shu narsaga alohida e'tibor berish kerakki, chetdan olib kelingan tovarlar ustiga 10 foiz narx qo'shib sotish mumkin bo’lgan. Bu hozirgi davr tili bilan aytganda, birinchidan - chet el tovarlariga bo’lgan talabni kuchaytirsa, ikkinchidan - aholining iste’mol buyumlariga bo’lgan ehtiyojini to’laroq qondirish imkonini beradi.
A.Temuming iqtisodiy fikrlari «Temur tuzuklari»da bayon etilgan. Kitobda davlat taqdirini esa podsho, xazina va askar hal qiladi deyilgan. Qo‘shin a’zolarining maoshi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, oddiy sipoh o‘zi mingan ot bahosiga teng miqdorida maosh olishi, bahodirlar ikki ot bahosidan to‘rt ot bahosigacha maosh olishi, o‘nboshi o‘z qaramog‘idagi askarga nisbatan ikki barobar ko‘p, yuzboshi o‘nboshidan ikki marta ortiq maosh olishi tayinlangan.
«Tuzuklarda» А.Теmur davrida soliq va jarimalami yig‘ish va xarj (sarf) qilishga alohida e’tibor berishgan. Xiroj, odatda, sug‘oriladigan yerlarda jami hosilning uchdan biri (33 foiz), lalmikor yerlarda to‘rtdan biriga (25 foiz) teng bo‘lgan miqdorda to‘plangan. Bu raqamlar uming hozirgi davrdagi daromad solig‘i atrofida bo‘lganligini ko‘rsatib turibdi.
A.Temur o‘qimishli, olim odamlaming mehnatiga yuqori baho bergan. U Shom (hozirgi Suriya) yurtini qo‘lga olganda (1401-y.) taniqli olim Ibn Xoldun (1332-1406) asirga tushib qoladi. Sohibqiron uning olimligini bilgach, u bilan suhbatlashib, izzat-ikrom bilan uni qo‘yib yuboradi.
A. Temurning nabirasi Ulug‘bek (1394-1449) podsholigi (1409-1449) davrida iqtisodiyot yaxshi rivojlandi. Ayniqsa, qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari o‘sdi. Bu Movarounnahrda (arabcha «daiyo ortidagi» (mamlakat) degani) 1428-yilda Ulug‘bek tomonidan o‘tkazilgan pul islohoti bilan bog‘liq. Jamiyatda pulning ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning qadr-qimmatini oshirish uchun harakat qilingan.
Eski chaqalar qisqa vaqt davomida yangi pullarga almashtirilib olingach, mis pullar zarbini markazlashtirish maqsadida boshqa shaharlardagi zarbxonalarga barham berildi. Ayni vaqtda tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida «tamg‘a» boji ham birmuncha oshirildi, ya’ni hozirgi til bilan aytilganda proteksionizm siyosatidan foydalanildi.
O‘sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan chambarchas bog‘liqligi yaxshi ma’lum edi. Soliq yig'imi qancha yuqori bo‘lsa, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi kamdir, ammo soliqning pastligi aholi uchun qulay bo‘lgani bilan, davlatning boshqaruv, mudofaa va boshqa maqsadlariga doimo to‘g‘ri kelavermaydi. Shularni yaxshi tushungan hukmdorlar soliqni iloji boricha me’yorida saqlash va uni yig‘ishning ma’lum adolatli usullarini qo‘llaganlar. Soliq aniq uch muddatda, dehqon hosili pishishiga qarab bo‘lingan:
1) saraton (iyun-iyul);
2) sumbula mezon (avgust va sentabr);
3) qavs (noyabr).
Yana bir muhim masala shuki, soliqlami yig‘ish paytida soliqchilar dehqon, chorvador yoki bog‘bonga nisbatan zug‘um o'tkazmasligi, jismoniy kuch ishlatmasligi va ishni urush-janjalgacha olib bormasligi zarur qilib qo‘yilgan. Bu bilan insonning haq-huquqi, yashashga bo‘lgan daxlsizligi ta'minlangan.
Umuman, soliq bo‘yicha qarzdorlami bandi qilish va zanjir bilan kishanlab, ularga nisbatan qattiq choralar ko'rishga soliqchilaming haqqi yo‘q edi. Soliq miqdori va to‘lov tartibini buzmaslikka, suiiste’mollikning oldini olishga harakat qilingan. Tartibga amal qilmagan ayrim ma’murlar jazoga tortilgani ma'lum.
Alisher Navoiy (1441-1501) buyuk shoir va davlat arbobi. U o‘z davrining siyosiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiy qudratini barqarorlashtirish uchun kishilarda vatanparvarlik his-tuyg‘usini uyg‘otish zarurligini yaxshi tushungan.
Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari «Hiloliya» hisoblanadi. U shaxsning tarixdagi o 'rniga katta e'tibor berib, mamlakatning iqtisodiy ahvoli mamlakat xukmdorining aql-idroki va qobiliyatiga bog‘liqligini aytadi.
Navoiy mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga alohida e’tibor berdi. Uning fikricha Markaziy Osiyo sharoitida irrigatsiya inshootlarini kengaytirish - dehqonchilikni rivojlantirishga olib keluvchi muhim omillardan hisoblanadi. Shu bois juda ko‘p kanal va ariqlar qazildi. Asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lgan yemi kengaytirishga, uning unumdorligini oshirishga katta e’tibor berildi.
Navoiy boylikni ikki yo‘l bilan topish mumkinligini ta’kidlaydi. Birinchi yo‘l bu - o‘z mehnati bilan boylik to‘plash, yig‘ish va o‘ziga to‘q yashash. Bunday boylikni u qo‘llab-quvvatlagan. Navoiy olingan boylikni uch qismga bo‘lib, ya’ni birinchi qismini ketgan xarajatlarga, ikkinchi qismini o'zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlariga sarflashni tavsiya etgan. Boylik topishning ikkinchi yo‘li bu - o‘g‘rilik, ta’magirlik va zo‘rlik hisobiga boylik orttirishdir. Navoiy bunday boylik orttirish nomaqbul usulligini qayd qiladi.
Navoiy «Mahbub-ul-qulub» (1500-y.) asarida dehqonlar, himarmandlar va chet el bilan aloqasi bor savdogarlar jamiyatda moddiy boylik etishtirishda, yaratishda va mamlakatning boyligini ko‘paytirishda muhim o‘rin tutishini aytadi. «Don sochuvchi dehqon yemi yorish bilan rizqyo'lini ochuvchidir» deydi u.
Uning fikriga ko‘ra kishi yakka holda hech narsa ishlab chiqara olmaydi. U biron narsani ishlab chiqarish uchun boshqa ishlab chiqamvchilar bilan munosabatda bo‘lishi kerak. Masalan, dehqonga mehnat qurollari zarur bo‘lsa, hunarmandlarga non kerak; dehqonga ham, chorvadorga ham hunarmandchilik va attorlik mahsulotlari zarur. Dehqon mehnatining mahsulini novvoy, unfurush, qo‘shchi va o‘roqchi, mashoqchi va boshqalar orziqib kutadi. Shu bilan birga dehqon ham hunarmandning, chorvadoming va boshqalaming mehnat mahsulotiga muhtoj deydi.
Davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Boburning «Bobumoma» asarida, «Mubayyin» kabi to‘plamlarida iqtisodiyotga oid ma’lumotlarga, shu jumladan, soliq siyosatiga katta o'rin berilgan. «Zakot to‘g‘risidagi katta kitob» da esa o‘sha davrdagi soliq, uning turlari to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildiriladi. Bu asarlami mutaola qilar ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi hayotida ro‘y berayotgan iqtisodiy islohotlami, o‘zgarishlarni tahlil qilish, qisqacha xulosalarlar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi fikrlar, maslahatlar topamiz. Ayniqsa, iqtisodiyotga oid, ilmning umumiy asoslari bo‘lmish ishlab chiqarish, shuningdek, savdo va tijoratga oid, soliq va boj to‘lovlari bilan bog‘liq bo‘lgan qarashlari bizni to‘lqinlantiradi. E’tirof etish kerakki, garchi bizning hayotimizda Boburning davlatni boshqarish, ishlab chiqarish va savdoni tashkil etish masalalariga doir alohida asari yoki iming o‘z hukmronligi davrida yurgizgan iqtisodiy siyosatiga oid birlamchi manbalar bo‘lmasa ham ilmiy bilish va idrok etish kuchiga suyangan holda shunday qisqacha xulosalarga kelamizki, u buyuk mutafakkir, qomusiy olim sifatida iqtisodiy qonunlaming mohiyatini, iqtisodiyotning jamiyat va davlat hayotidagi belgilovchi ahamiyatini chuqur tushungan. Shuning uchun ham u dolzarb va adolatli farmonlar va hukmlar chiqarib, ilmiy jihatdan asoslangan iqtisodiy siyosat yurgizgan, buning oqibati o‘laroq u hukmronlik qilgan davrda davlatda osoyishtalik, milliy totuvlik, siyosiy- ijtimoiy taraqqiyot qaror topgan. Shu bois ham Bobur asos solgan saltanat bir necha asr davomida yashadi va tarixda o‘chmas iz qoldirdi. Bobur va uning vorislari davrida soliq masalalari muhim o‘rinni egallagan.
Bobuming «Mubayyin» asari to‘la ravishda qonunlar va iqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan. Asarning nomi ham «qonunlar izohi» ma’nosiga ega. Movarounnahr va Xurosonda «zakot» ma'lum miqdorda va muayan shart-sharoitlarda olinadigan soliq ma’nosida qo‘llaniladi hamda naqd pul va savdo yig‘imi shaklida to‘planadi. Soliqni hisoblash uchun soliq olish obyektining «nisobi», ya’ni mol-mulkning zakot berishga layoqatli bo‘lish uchun belgilangan miqdori aniqlanadi, hisobdan kam mulkdan soliq olinmaydi. «Agar yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta to‘la», deb yozadi Bobur. Xiroj, ya'ni yer solig'i ikki toifaga bo'lingan: muqassam va muvazzar. Birinchisi, olingan hosilning miqdoriga bog‘liq bo‘lib, uchdan birdan-yarimgacha teng bo‘lgan, ikkinchi esa, soliq solinadigan yeming maydoniga bog‘liq ravishda olingan. Yerni sug‘orish masalalari Sharqda o‘ta muhim edi, chunki ob-havo nihoyatda qurq va issiq, yer-tuproq sharoiti sun'iy sug‘orishni talab etganligidan sug‘oriladigan yerlar, tabiiyki, lalmikor yerlardan ko‘p hosil bergan. Shu sababli suv solig‘i ham bo‘lgan. Suv solig‘i quyidagicha olingan: «agar sug‘orish davrida chig‘ir qursang, olgan hosilning o‘ndan birining yarmini (5%) soliq uchun to‘lashing kerak», ya’ni sug‘oriladigan yerlarga sarf-xarajat hisobga olingan va bu mantiqan to‘g‘ridir. Umuman olganda, bu davrda soliq va boshqa yig‘imlar tamomila islomiy shariatga to‘la rioya qilingan holda olingan.
Nisobga yetgan miqdordagi mol-mulkdan Qur’oni Karim, Muxtasar, Hidoya va boshqa manbalarda qat’iy belgilab qo‘yilgan qismi ixtiyoriy ravishda miskinlarga berilgan, masalan, boqiladigan mollar, ya’ni echki, tuya, sigir, otlardan, xususan, qo‘ylardan soliq (zakot) quyidagicha olingan: 40 qo‘ydan bitta (2,5%), 120 tasidan ikkita, 201 dan boshlab uchta, 400 dan ortiq bo‘lsa har 100 qo‘ydan bittasi zakot qilib berilgan. Shuningdek, «Bobumoma»da bir yurt tovarining boshqa yurtlarga olib borilishi, almashuvi, aholi ehtiyojlarining qondirlishi va ulaming iqtisodiyot ravnaqidagi ahamiyati to‘la bayon qilinadi. Bobur savdo-sotiqning xalqlar o‘rtasidagi bebaho ahamiyatini juda chuqur tushunar edi.
Shuning uchun ham u savdo karvonlarini yo‘llarda talash, bosqinchilik qilish, mol-mulkiga ziyon yetkazish kabi salbiy illatlarga ayovsiz munosabatda bo‘lgan. Bu siyosat Amir Temur, Ulug‘bek va boshqa temuriylar siyosati bilan ma’lum. O‘sha davrda Bobur savdogarlardan olinadigan savdo yig‘imining ham adolatli va xolisona tashkil qilinishiga katta ahamiyat bergan. Musulmon savdogarlarining savdo aylanmasidan savdo yig‘imi 20 misqol (4,5 gramm) oltindan 1 misqoli shaklida olingan, eng muhimi soliq hissasi daromad hissasiga nisbatan kamayib borgan, ya’ni daromad ko‘payishi bilan soliq kamaygan va boylik jamg‘aruvchilar uchun o‘ta manfaatli bo‘lgan. Hozirgi davrda ham mana shu siyosatni qo‘llash foydadan xoli emas. Chet ellik savdogarlardan olinadigan yig‘im esa ulaming qaysi yurtlardan kelganligiga bog'liq bo‘lgan. Agar ular islom mamlakatlaridan kelgan bo‘lsalar, barcha daromadlarining yigirmadan bir qismi (5%) miqdorida soliq olingan. Musulmon bo‘lmagan mamlakatlardan kelgan savdogarlardan olinadigan soliq miqdori shu mamlakatlarda musulmon savdogarlaridan olinadigan soliq miqdoriga tenglashtirilgan. Naqadar adolatli va foydali soliq tizimi. Bobur ishlab chiqqan soliq siyosati uzoq yillar davomida qo‘llanib kelindi va mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etdi. Bu esa Bobur iqtisodiy g‘oyalarining juda chuqur ilmiy asosga suyanganligi, uzoqni ko‘zlovchi salohiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Bunday ilmiy salohiyat uning vorislari, hamyurtlari bo‘lgan-bizlarda unga nisbatan yanada chuqur hurmat va faxrlanish hissini uyg‘otadi.
Bobur qoldirgan iqtisodiy g'oyalar va iqtisodiy tafakkur merosi, u yurgizgan iqtisodiy siyosat tizimi mustaqilligimizni mustahkamlashda, bugungi kurashimizda qudratli ma'naviy tayanch bo‘lishga xizmat qiladi. Mirzo Bobur iqtisodiy dunyoqarashini o‘rganish, uning iqtisodiyotga oid qarashlarini tadqiq etish hamda imkon darajasida bugungi hayotimizga tatbiq qilish foydadan xoli emas. Shunisi diqqatga sazovorki, Bobur podshohligi davrida mamlakatga vino keltirish taqiqlangan, ya’ni iqtisodiyotda proteksionizm siyosati qo‘llanilgan. Boburdan keyin uning o‘g‘li Xumoyun, keyinchalik nevarasi Akbarshoh Jaloliddin (1542-1605) 1556-1605-yillari Hindistonda muvaffaqiyatli podshohlik qilgan. Akbarshoh tomonidan 1574-yildan boshlab islohotlar o‘tkazdi, dehqonlarga yagona soliq kiritdi, yagona uzunlik va og‘irlik o‘lchovlarini joriy qildi. Bu shoh to‘g‘risida 1601-yil «Akbamoma» kitobi chop etildi, unda mamlakatdagi soliq tartibi o‘z aksini topgan.
4. Buyuk olim va davlat arbobi Yusuf X os H ojib niing qarashlari hamda g‘oyalarida mehnat munosabatlariga alohida urg‘u berilgan. Allomaning «Qutadg‘u bilig» («Saodatga eltuvchi bilim») asari Sharq falsafiy tafakkurida alohida ahamiyatga ega. Unda ta’kidlanishicha, ezgu orzularga faqatgina toat-ibodat bilan erishib boimaydi, buning uchun talay ezgu ishlar qilish va foydali faoliyat ko‘rsatish zarur. Ushbu g‘oyada mehnatning (ish bilan bandlikning) inson va jamiyat hayotidagi o‘rni ko‘rsatilib, uning ahamiyati yuqori baholangan. Mutafakkir o‘z qarashlarida bilim olish va kasb-hunar egallash zaruratini alohida e’tirof etar ekan, asarning «Bir yigitga qirq hunar oz» deb nomlangan bobida bu borada o‘z nuqtayi nazarini ilgari surgan. Uning yozishicha, odamzod naslining ulugdigi bilimdan, u aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni yechishga qodir. Yusuf Xos Xojibning bu qarashlari bugungi kundagi «inson salohiyati» va «mehnat potensiali» tushunchalariga mos keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |