2-kurs talabasi Abdug’aniyeva Umidaxonning Pedagogika fanidan tayyorlagan



Download 25,71 Kb.
Sana03.03.2022
Hajmi25,71 Kb.
#480878
Bog'liq
1-Abdug\'aniyeva U


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi
Zaxiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon Davlat Universiteti

Boshlang’ich ta’lim(sirtqi) ta’lim yo’nalishi
2-kurs talabasi Abdug’aniyeva Umidaxonning
Pedagogika fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Pedagogika fani, uning predmeti, metadalogiyasi, ilmiy- tadqiqot obyekti,metodlari

Andijon 2022


Mavzu: Pedagogika fani, uning predmeti, metadalogiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti,metodlari
REJA

  1. Pedagogika faniga kirish

  2. Pedagogika fanining predmeti

  3. Pedagogika fanining metadalogiyasi

  4. Pedagogika fani obekti

Milliy istiqlol tufayli taraqqiyotning barcha sohalarida jadal rivojlanib borayotgan mamlakatimizda yosh avlodning bilim darajasini jahon andozalari talablariga javob beradigan, fan-texnika yangiliklaridan xabardor, mustaqil fikrlay oladigan, hayotga dadillik bilan kirisha oladigan, tadbirkor, ma`naviy jihatdan barkamol qilib voyaga etkazish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bu esa, avvalo, pedagogika fanini, ta`lim-tarbiya tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirishni taqozo etadi.


O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g’risida»gi Qonunida (1997y.) ta`lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustivor deb e`lon qilinishi pedagogika fani zimmasiga juda katta mas`uliyatli ulug’vor vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma`naviy, madaniy, diniy merosimimizni qayta tiklash ularni zamon ruhi talabi bilan uyg’unlashtirib faqat shaxsiy, milliy manfaat kasb etib qolmasdan umumjahon ma`naviy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ulkan hissa bo`lib qo`shilmoqda.
O`sib kelayotgan yosh avlod va ularning kelajakda qanday kasb-hunar egallashlariga qarab, Respublikamiz kelajagini tasavvur qilsa bo`ladi. Yoshlar farovon hayotimiz mezonidir. Xuddi shu ma`noda yoshlarning ta`lim-tarbiyasiga jiddiy e`tibor bermog’imiz lozim. Yoshlar ta`lim-tarbiyasi har bir ota-onaning, o`qituvchi-tarbiyachining Vatan oldidagi muqaddas burchidir.
Savol tug’iladi: ular ta`lim-tarbiya borasida nima qilishlari, qanday yo`l tutishlari, nimaga e`tibor berishlari lozim? Bu savollarga ma`lum darajada pedagogika fani javob beradi. Pedagogika fani nima va u qachon paydo bo`lgan? Mazkur savolga javob berishdan oldin tarixiy manbalarga murojaat etaylik. Manbalarda yozilishicha kishilik jamiyati paydo bo`lgach, ijtimoiy hayotda orttirilgan tajribalarni quyi avlodga o`rgatish ehtiyoji tug’ildi. Tajribalarning to`planishi natijasida ta`lim-tarbiyaning dastlabki omillari vujudga keldi. Tabiat, ijtimoiy hayot haqidagi tajribalar asosida ma`lum bilimlar boyib bordi.
Ta`lim-tarbiya ishlari bilan shug’ullanuvchi tarbiyachilar kasb-hunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshlashdi. Ularning ta`lim-tarbiya borasidagi faoliyatlari va to`plangan tajribalaridan o`rinli foydalanishlari pedagogika fanining vujudga kelishiga olib keldi. Shu asnoda dastlabki maktab ko`rinishidagi muassasalar vujudga keldi, taraqqiy etdi. Shunday qilib, pedagogika ta`lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, metodlari hamda tashkil etish shakllari haqida ma`lumot beruvchi fanga aylandi.
Demak, pedagogika fani o`sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta`lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo`llarini o`rgatuvchi fandir.
Ba`zan, pedagogika fanining nima keragi bor? Pedagogikadan xabari yo`q, lekin bolalarga yaxshi tarbiya bergan insonlar ko`pku? Yoki aksincha, pedagogika fanini bilgan holda hatto o`z bolalarini risoladagidek tarbiyalay olmaganlar ozmunchami? degan savollar eshitilib qoladi.
Shuni unutmaslik kerakki, pedagogika fanining yutuqlarisiz jamiyatni olg’a siljitish g’oyat mashaqqatli kechadi.
Agar pedagogika fanidan xabarsiz bo`lgan kishilar pedagogika fanini o`z vaqtida o`rganib, yutuqlaridan samarali foydalanganlarida bolalarni ham yahshiroq tarbiyalagan bo`lur edilar. Pedagogikadan yaxshi xabardor kishilar esa o`z bilimlarini tajribada ishlata olmaganliklari uchun bolalarni tarbiyalashda muvaffaqiyatga erisha olmaganlar.
Pedagogika fanini ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta o`rganish lozim. Ta`lim tarbiyadan ko`zlangan maqsadni anglash va ular tizimida yangi bilimlar berish bolalarni to`g’ri tarbiyalash shartidir. Bunda tarbiyachining beg’araz mehnati, bolalarni sevishi va ularga jon fido aylashlari tarbiya samaradorligini ta`minlaydi.
Biroq, ijtimoiy jarayonda to`plangan tajribalar tarbiya mazmunini tashkil etsada, ularning hammasini yosh avlodga o`rgatishning imkoniyati yo`q edi. Faqat xalq ta`limi tizimiga kiruvchi bo`g’inlar orqali orttirilgan tajribaning muayyan qismini qamrab olish mumkin edi.
Bu yerda ham muammo tug’ildi. Hozirgi kunda barcha xildagi tajriba shakllari tarbiya mazmunini tashkil eta oladimi? Yosh avlod tarbiyasiga aloqador tajribalarni qanday ajratish mumkin? Kim bunday ish bilan shug’ullanadi?
Tabiiyki, barcha xildagi tajriba shakllari ham tarbiya mazmunini tashkil etavermaydi. Chunki:

  • Birinchidan, pedagogika, xususan, o`zbek xalq pedagogikasi taraqqiyotida juda murakkab bo`lgan tomonlar (hatto bu murakkablikning noma`lum qismlari) mavjudki, ularni yoshlar daf`atan o`zlashtira olmaydilar. Masalan; sharq falsafasi yoki mutafakkirlarimizning ma`naviy merosini falsafa, tabiiy va gumanitar fanlar, diniy manbalardan yaxshi xabardor bo`la olmaganligimiz sababli o`rganishimiz qiyin kechadi;

  • ikkinchidan, tarbiyalanuvchilarning yosh hususiyatlariga ko`ra va ham metodik, ham moddiy asosning etishmasligi sababli to`plangan tajribalarning hammasini olish imkoniyati yo`q va hokazo. Eng muhimi, jamiyat taraqqiyotining ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojlariga va kelajakda kutiladigan o`zgarishlarni hisobga olib tarbiya mazmunini shakllantirish darkor.

O`zbek pedagogikasining vazifasi Respublikamizda yashovchi turli millatelatlarning orzu-istaklariga monand ta`lim-tarbiyaning ham nazariy, ham amaliy muammolarini milliy qadriyatlar asosida to`g’ri hal etib berishdir. Bunda islom dunyosida qalam tebratgan allomalarimizdan tortib, zamondosh olimu fuzalolarimizning ta`limotlaridan hamohang ta`lim tarbiyaga oid qirralarini izlab topishni taqozo etadi. Yosh-avlod dunyoqarashini shakllantirishda istiqloldan avval qoralangan tasavvuf ilmidan ham foydalanish joiz. Negaki, bir mafkura yakka hokimliligiga endilikda nuqta qo`yiladi. Erkin fikrlash tizimi yosh avlod ruhini tarbiyalashdagi bosh omillardan biridir.
«Pedagogika» atamasi «Peyne»-«bola»va «aygogeyn»-«etaklamoq» degan ma`noni bildiruvchi lotincha «daydagogos» so`zlaridan paydo bo`lishi quyidagicha izohlanadi: eramizdan oldingi I asrlarda Gretsiyada, quldorlarning bolalalarini ovqatlantiradigan, sayrga olib boruvchi, tarbiyachi-qullarni «pedagog» deb atalgan. U bolalarning kamolga yetishiga mas`ul bo`lgan. Quldorning bolasini yetaklab maktabga olib borgan va olib kelgan. Maktabda ishlovchi o`qituvchilarni «didaskallar» (didayko-men o`qitaman) deyishgan. Feodalizm jamiyatiga kelib esa har ikki kasbdagi kishilar hamkorligi natijasida ta`lim-tarbiya bilan maxsus shug’ullanuvchilar vujudga kelgan. Ularni chex pedagogi Ya.A.Kamenskiy ta`kidlaganidek, «pedagog» deb nomlaganlar va bu so`z hozir ham ta`lim-tarbiya beruvchi o`qituvchilarga nisbatan qo`llaniladi.
Pedagogika fani mustaqil O`zbekiston Respublikasida amal qiladigan uzluksiz ta`lim-tarbiya tizimining nazariy asoslari, qonuniyat va prinsiplari, o`ziga xos yo`nalishlari ta`lim-tarbiya jarayonining shakllanishi, tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o`rgatuvchi fandir. Pedagogika fani O`zbekiston Respublikasida ilmning ustuvor sohasi sifatida e`tirof etiladi. Shuning uchun ham, pedagogika fanining metodologiyasi sifatida Jahon va Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini mujassamlashtirgan manbalar, tasavvuf ta`limoti namoyondalarining badiiy va ilmiy asarlari, sharqona ta`lim-tarbiya vositalari va metodlarini o`z ichiga olgan manbalar, milliy istiqlol g’oyasi, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g’risda»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «2004-2009 yillarda maktab ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi», dialektik bilish nazariyasi va tabiiy ilmiy majmui e`tirof etiladi.

Yuqorida keltirilgan pedagogika fanining metodologiyasini pedagogik amaliyotga tatbiq etishda jahon pedagogik tajribasida tan olingan va samarali natijalar berayotgan nazariy qarashlar, ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutiladi. Ular shaxsning o`quv-biluv faoliyatini liberallashtirish yo`llari, ta`lim mazmunini tanlash va ta`lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish prinsiplari, politexnik va kasb ta`limi nazariyasi, ta`limni ijtimoiy foydali mehnat bilan uyg’unlashtirish konsepsiyasi, ta`lim-tarbiya jarayonining fiziologik qonuniyatlariga asoslanib tashkil etilishida namoyon bo`ladi.


Pedagogik paradigma (yunoncha «paradeigma» – misol, namuna) – pedagogika fani rivojining ma`lum boskichida ta`limiy va tarbiyaviy muammolarni xal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik xamjamiyat tomonidan e`tirof etilgan nazariy xamda metodologik kursatmalar tuplami bulib, u ta`limning konseptual modeli sifatida kullaniladi. Bugungi kunda ta`limning kuyidagi paradigmalari keng tarkalgan:

  1. An`anaviy – konservativ paradigma (bilim paradigmasi).

  2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma.

  3. Fenomenologik (gumanistik) paradigma.

  4. Texnokratik paradigma.

  5. Ezoterik paradigma.

Ayni vaktda ta`lim paradigmalarini belgilashga nisbatan uch xil yondashuv mavjud:

  1. kadriyatli (aksiologik) yondashuv – madaniyat inson xayotining mazmuni sifatida tushuniladi.

  2. Faoliyatli yondashuv asosan madaniyat moddiy va ma`naviy boyliklarini yaratishga yunaltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talkin etiladi.

  3. Shaxsiy yondashuv – madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon buladi.

Madaniyatga nisbatan turli yondashuvlarning mavjudligi bir kator paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi.
Xar bir paradigma muayyan ta`limiy muammolarni xal etishga yunaltiriladi. Xususan:

  • ijtimoiy institut sifatida ukuv muassasalarining vazifalari;

  • ta`limning samarali tizimi;

  • ukuv yurtlari oldida turgan eng muxim, ustuvor masala;

  • ta`limning ijtimoiy axamiyatli maksadlari;

  • muayyan bilim, kunikma va malakalarning kimmatli xisoblanishi.

Ayni vaktda kuyidagi paradigmalar mavjud:

  1. Bilim olishning an`anaviy paradigmasi (modeli) (J.Majo, L.Kro, J.Kapel va boshkalar)

Unga kura ta`limning asosiy maksadi – “Bilim, kanchalik kiyin bulmasin bilim olish”. An`anaviy paradigma maktabning maksadi yosh avlodga individual rivojlanishi xamda ijtimoiy tartibni saklab kolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muxim elementlari – bilim, kunikma va malakalar, ilgor goyalar va kadriyatlarni saklab kolish xamda ularni yoshlarga yetkazish muxim ekanligini yoritadi. Bilim olish paradigmasining asosiy maksadi: ta`lim olish, tarakkiyot va madaniyatning eng muxim elementlarini avloddan-avlodga yetkazish.

  1. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma (P.Blum, R.Ganye, B.Skinner va boshkalar). Ratsionalistik paradigma dikkat markazida ta`lim mazmuni emas, balki ukuvchilar tomonidan turli bilimlarni uzlashtirilishini ta`minlovchi samarali usullari yotadi. Ta`limning ratsionalistik modeli asosini B.Skinerning ijtimoiy injeneriya bixevioristik (inglizcha behavior – xulki) konsepsiyasi tashkil kiladi.

Maktabning maksadi – ukuvchilarda garb madaniyati ijtimoiy koidalari, talablari va kuzlagan maksadlariga mos keladigan moslashtiruvchi “xulkiy repertuar”ni shakllantirishdir. Shu bilan bir vaktda, “xulki” atamasi bilan “insonga xos xamma ta`sirlanishlar – uning fikrlari, sezgi va xarakatlari” ifodalanadi (R.Tayler).
Bunda ta`limning asosiy metodlari, urgatish, trening, test sinovlari, individual ta`lim, tuzatishlari bulib koladi. Buning okibatida, ta`limninggina emas, balki dars berishning xam ijodiy xarakterini aniklash muammosi muxokama kilinmaydi.
P.Blum barcha ukuvchilar fakat uzlashtiribgina kolmay, balki muvaffakiyatli ukishlari mumkin deb xisoblaydi. Ukuvchining optimal kobiliyatlari ma`lum sharoitlarda, ukuvchiga ta`lim berish natijasi uning sur`ati bilan aniklanadi. Olimning firicha, ta`lim oluvchilarning 95 foizi ta`lim muddatlariga bulgan cheklashlar olib tashlanganda ukuv kursining butun muzmunini uzlashtirib olishga kodirlar. Ana shu nuktai nazardan ukuvchilar tomonidan bilimlarning muvaffakiyatli uzlashtirishini ta`minlovchi metodika ishlab chikiladi, uning moxiyati kuyidagichadir:

  1. Butun sinf yoki kurs uchun tula uzlashtirish etaloni, mezonnini anik belgilab olish asosida ukituvchi ta`lim yakunida erishilishi kerak bulgan anik natijalarning ruyxati va unga muvofik keluvchi testlarni tuzadi.

  2. Ukuv birliklari, ya`ni, ukuv materiallarining yaxlit bulimlari kursatiladi, ularni uzlashtirish natijalari aniklanadi, yakuniy baxoga ta`sir kursatmaydigan navbatdagi testlar tuziladi. Bu testlarning vazifalari – tuzatish, korreksiyalashdan iborat.

  3. Tula uzlashtirishga yunaltirilgan xar bir ukuv kurs materiallarini uzlashtirish darajasini baxolash uchun test sinovlarini utkazish. Bu urinda xar bir ukuvchiga baxo va ta`lim maksadlarining axamiyatini tushuntirish muxim.

Predmetlarni bush va urtacha uzlashtiruvchi ukuvchilarning kobiliyatlarini jadal rivojlantirish P.Blum konsepsiyasining asosiy mazmunini tashkil etadi.
Turli mamlakatlarning (Avstriya, Belgiya, AkSH va boshkalar) ta`lim tizimlari tajribasi ratsionalistik (bixevioristik) paradigma goyalariga muvofik ish kurilganda 70 % ukuvchilar yukori natijalarni kayd etganliklarini kursatadi.
Yukorida kayd etilgan ta`lim yunalishlari uzida insonparvarlik goyalarini ifoda etmagan, ular bola dunyokarashining rivojlanishi, shaxsning rivojlanishida shaxslararo munosabatlarning muxim urin tutishini nazarda tutmaydi.

  1. Gumanistik (fenomenologik) paradigmaga kura (A.Maslou, A.Kombs, K.Rodjers, L.S.Vugodskiy va boshkalar) ta`lim oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida uziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega. Ular bolani rivojlantirish maksadida uni shaxslararo munosabatlar jarayoniga yunaltiradi. Ta`limning fenomenologik (fenomen yunoncha «phainomenon» – xisoblangan, ya`ni, mashxur, aloxida nodir odam) modeli ukuvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini xisobga olib, ularning talab va kizikishlariga xurmat bilan munosabatda bulishni kuzda tutadi. Uning vakillari ukuvchini nodir shaxs deb xisoblaydilar. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi xar bir ta`lim tizimi ijodiy rivojlanadi va ukuvchi xamda ukituvchining erkinligi va ijodkorligini yoklaydi.

Gumanistik paradigma goyalari 1991 yildan keyin respublika uzluksiz ta`lim tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning dikkat markazida ukuvchining barkamol rivojlanishi, uning intellektual extiyojlari, “erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash” masalasining ijobiy xal etilishi yotadi. Ayni vaktda respublika ta`lim muassasalarida kuyidagi goyalarga amal kilinmokda: “Demokratik jamiyatda bolalar, umuman xar bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashga urganmasa, berilgan ta`lim samarasi past bulishi mukarrar. … Mustakil fikrlash – xam katta boylikdir”1.
Ezoterik paradigma (yunoncha «esoterikos» ichki, sirli, yashirin, fakatgina biluvchilar uchun muljallangan insonning dunyo bilan uzaro alokalari yuksak darajalarini aks ettiradi). Modelning moxiyati xakikat abadiy va uzgarmas, doimiy ekanligini ta`kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari xakikatni bilib bulmasligi, unga fakatgina faxmlash asosida erishish mumkinligini ta`kidlaydilar. Pedagogik faoliyatning oliy maksadi koinot bilan mulokot, ukuvchining tabiiy kuchlarini ozod etish va rivojlantirishdan iborat. Shu bilan birga, ukituvchining ximoyalash vazifasi muximdir, u ukuvchining mavjud imkoniyatlarini uni ma`naviy, jismoniy, psixik jixatdan rivojlantirishga yunaltiradi.
Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maksadi amaliyotni takomillashtirish asosida ta`lim oluvchilarga “anik” ilmiy bilimlarni berish va ularning uzlashtirilishini ta`minlashdir. Bilim – kuchdir, shu bois shaxs kimmati uning urganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan (urtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulk-atvor egasi bulsagina kadriyat sifatida e`tirof etiladi degan goya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.
Sunggi yillarda noinstitutsional paradigma rivojlana boshladi. U ta`limni ijtimoiy institutlar, ya`ni, maktab va oliy ta`lim muassasalaridan tashkarida tashkil etish goyasini ilgari suradi. Bu ta`lim “tabiatda” – Internet, “ochik maktablar” – kompyuterlar vositasida ta`lim dasturlariga (masofadan ukitish) muvofik ukitish samarali deya xisoblaydi.
Download 25,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish