Ulug` adiblarning Sharq adabiyotiga qo`ygan e`tiqodi komparavist adabiyotshunoslar yuzini ham Sharqqa o`girdi. Tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, insoniyat jamiyati doimo o`sishda, o`zgarishda, yangilanishda bo`ladi. - Ulug` adiblarning Sharq adabiyotiga qo`ygan e`tiqodi komparavist adabiyotshunoslar yuzini ham Sharqqa o`girdi. Tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, insoniyat jamiyati doimo o`sishda, o`zgarishda, yangilanishda bo`ladi.
- Har bir madaniy ko`tarilish o`zigacha bo`lgan yutuqlarni jamlagan, boyitgan va yangi-yangi oqimlarni birlashtirib, olg`a siljishda davom etgan. Sivilizatsiya tarixiga Sharq va G'arb xalqlari galma-gal hissa qo`shib kelganlar. Jahon xalqlari orasidagi iqtisodiy va madaniy aloqa tobora rivojlana borgan va u hozirgi paytda yangi kuch bilan mustahkamlanmoqda. Ammo zamonlar o`tishi bilan adabiy-madaniy bog`lanishlar xarakteri, mazmuni o`zgarib turgan.
Jumladan, O`rta asrlar madaniyatini yuksaltirishda Sharq yetakchi bo`lib, tashabbusni o`z qo`lida saqlagan ekan, keyingi davrga kelib, Farb oldinga o`tib oladi. Sharqu G'arb adabiy-madaniy aloqalari juda katta davrni qamrab oladi. Professor N.Komilov bu aloqalarni davrlashtirib quyidagicha tavsif qilgan: - Jumladan, O`rta asrlar madaniyatini yuksaltirishda Sharq yetakchi bo`lib, tashabbusni o`z qo`lida saqlagan ekan, keyingi davrga kelib, Farb oldinga o`tib oladi. Sharqu G'arb adabiy-madaniy aloqalari juda katta davrni qamrab oladi. Professor N.Komilov bu aloqalarni davrlashtirib quyidagicha tavsif qilgan:
- Eng qadimgi davrlardan ellin madaniyatigacha bo`lgan O`rta dengiz atrofidagi xalqlar madaniy aloqalari;
- III-VI asrlardagi Yunon- O`rta Osiyo, Yunon-Eron, Yunon-hind aloqalari;
- VIII-IX asrlarda Yunon-arab aloqalari;
- XI-XII asrlarda Ispaniya orqali amalga oshgan Sharq-Farb aloqalari;
- XIV-XVIII asrlardagi aloqalar;
- XIX asr madaniy aloqalari;
- XX asr Sharqu Farb aloqalari.
XULOSA:
Sharq va G‘arb adabiyotining o‘zaro ta’siri yangi tarixiy bosqichga qadam qo‘ydi. Ellin madaniyatining an’analari Kushonlar davrida ijodiy jihatdan qayta shakllandi va yangicha talqin qilina boshladi.
Kushonlar imperiyasi davrida (I-III asrlar) Markaziy Osiyoda sug‘orma dehqonchilik, hunarmandlik, shaharsozlik, savdo-sotiq va iqtisodiy aloqalar ravnaq topdi. Bunga Kushon-Baqtriya yozuvlari, brahma va kharoshhi hind alifbosidagi yozuvlar, kushon tangalari guvohlik beradi. Buddizm dinning rasmiy darajasi budda ibodatxonalarining o‘sha zamon san’ati bilan bezatilishida namoyon bo‘ladi. Termiz yaqinidagi Ayritomdan topilgan ibodatxona tashqi devori peshtoqlariga sarg‘ishroq toshlardan haykallar o‘rnatilgan. Bino ichida g‘ishtdan ishlangan «Budda» haykalining qoldiqlari topilgan. haykallarning ishlanish uslubi, kiyimi, musiqa asboblari Hindiston, O‘rta Osiyo, Yunoniston madaniyatlarining o‘zaro ta’sirida rivojlanganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |