Hujjatning axborot xususiyatlari va kommunikatsiya imkoniyatlari
Hujjatlashtirilgan axborotlarni zamonaviy tashuvchilari tasnifi.
O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to‘laqonli sheriklik o‘rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabxalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko‘lamlari qanday 26 bo‘lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligining oshishida qanday rol o‘ynashiga bog‘liq.
Iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o‘tish jamiyat ijtimoiyiqtisodiy hayotining barcha sohalarida yangi axborot texnologiyalarini joriy etish jarayonida erishilgan eng so‘nggi yutuqlarni tadbiq etish sur’atlarini g‘oyatda tezlashtirib yuboradi. Axborot texnologiyasi — obyektning (axborot maxsulotining) holati, jarayon yoki voqeaning yangi xususiyati to‘g‘risida axborot olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari majmuidan foydalaniladigan jarayondir. Axborot texnologiyalari to‘g‘risida gap ketganda, material sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu obyekt, jarayon yoki hodisa to‘g‘risidagi sifat jihatidan yangi ma’lumot bo‘ladi.
Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo‘ladi. Xodimni o‘qitish va kasbiy mahopatini oshipish faqat ananaviy usul va uslublapda emas, balki zamonaviy axbopot texnologiyalapini qo‘llash opqali ham amalga oshipish mumkin. Yangi bilimlapni E-Learning - elektpon o‘qitish tizimi yopdamida o‘zlashtipish istemolchilapning ehtiyojini maksimal dapajada qondipishi, ushbu o‘qitish tizimini dunyoda tobopa ommalashish ishiga yopdam bepmoqda. Shaxsiy kompyuter (SHK) va kommunikatsiyalarning rivojlangan vositalari asosida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash sohasi iqtisodiyotda juda keng ko‘lamli bo‘lib, u xizmat yozishmalarining eng oddiy vazifalarini ta’minlashdan boshlab to qabul qilingan qarorlarning murakkab vazifalarining tahlil va qo‘llab quvatlashgacha turli nazariyalarni o‘z ichiga oladi. Shaxsiy kompyuterlar, lazerli va optik texnika, ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalarning xilma xil turlari, shu jumladan yo‘ldoshli aloqa muassasalari, korxonalari, 27 firmalari, tashkilotlari, ularning mehnat jamoalari va ayrim mutahassisga o‘zlarini kasbiy va ta’limiy, madaniy va hatto maishiy manfaatlarini amalga oshirish uchun barcha zaruriy axborotlarning kerakli vaqtda va to‘liq hajimda olishga imkon beradi.
Hozirgi vaqtda kompyuter texnologiyalaridan foydalanib masofadan (distansion) o‘qish juda avj olib bormoqda. Buning sababi kompyuter texnologiyalarini tez darajada o‘sib borishidir. Har bir zamonaviy o‘quv yurti yangi axborot texnologiyalarini aktiv va zaruriy tarzda o‘quv jarayonida qo‘llamoqda. Kompyuter, kompakt ma’lumot tashuvchi, Internet tarmog‘i o‘quv xizmatlar sferasini va ta’sir radiusini oshirish va talabaga ta’sir etishni, o‘quv darsliklarini talabaga yetkazishni turli xil shaklda bo‘lishiga va o‘quv darsliklarini tezda aktuallashtirishga imkon yaratmoqda. Masofadan o‘qish sirtqi o‘qish ko‘rinishida 2000 yil boshlarida paydo bo‘ldi.
Hozirda sirtqida o‘qib oliy ma’lumotli bo‘lish, xorijiy tillarni o‘rganish, Oliy o‘quv yurtiga kirishga tayyorgarlik ko‘rish mumkin. Zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilimni uzatishga va har xil o‘quv axborotlarini an’anaviy usullardan ortda qolmagan holda xatto an’anaviy usullardan yuqori darajada bo‘lgan bilimni uzatishga qodir. Ko‘p asrli pedagogik tajriba shuni ko‘rsatadiki, to‘la-to‘kis ta’limga ega bo‘lish uchun faqat quyidagilardan foydalanilgan holda erishish mumkin:
1. Yaxshi darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalardan foydalanish.
2. So‘zlashmoq yoki talabani o‘qituvchi bilan dialog olib borishi. Masofadan o‘qitishda talabani o‘qituvchi bilan aloqasi chegaralangan, shuning uchun ham dialog olib borish funksiyasini masofadan o‘qitish vositalariga kiritish zarur. Poligrafiya nashridan farqli o‘laroq masofadan o‘qitish kompyuter vositalarida dialog yaratish onsonroq ravishda amalga oshirilishi mumkin. Shuning uchun ham ularning o‘rni masofadan o‘qitish tizimida sezilarli darajada katta. Ammo har qanday 28 holda ham masofadan o‘qitishda ta’lim jarayonini asosini maqsadga yo‘naltirilgan va nazorat qilinadigan talabaning intensiv mustaqil ishi hisoblanadi qaysiki, o‘ziga qulay joyda va qulay vaqtda o‘zida terma (keys) o‘quv vositalaridan (metodik qo‘llanmalar, darsliklardan, audiokassetalar, kompakt-disklar va h.) va Internet resurslaridan foydalangan holda.
Hozirgi kunda ta’lim sohasida qo‘llaniladigan texnologiyalarni uchta katta bo‘limlarga bo‘lish mumkin:
• Interaktiv bo‘lmagan (bularga, chop etilgan qo‘llanmalar, audio va video tashuvchilar kiradi).
• Kompyuter orqali o‘qish vositalari (bularga, elektron darsliklar, test dasturlari va bilim darajasini baholaydigan yangi multimedia vositalari kiradi).
• Videokonferensiya - rivojlangan telekommunikatsiya vositalari (audiokanal, videokanal va kompyuter tarmoqlari). Tarmoqlar orqali axborotga tezda ruxsat beradigan vositalar masofadan o‘qish tizimiga sifatli yangi imkoniyatlar yaratib berdi. Rivojlangan telekommunikatsiya vositalari - sputnik aloqa kanallarini, kompyuter tarmoqlari orqali videotasmani masofadan uzatishga zamin yaratdi. Internet xizmati turlariga axborot xizmatlari, elektron pochta, telekonferensiya, fayllarni uzatish, domen nomlari, Telnet, IRC yoki Chat konferensiya, ma’lumotlarni izlash xizmatlari tavsiflari keltiriladi. Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvi jahon global kompyuter tarmog‘idir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi informatsion tizim bo‘lib, o‘zining aloxida axborot maydoniga ega bo‘lgan virtual to‘plamdan tashkil topadi. Internet, unga ulangan tarmoqqa kiruvchi barcha kompyuterlarning o‘zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. O‘zining kompyuteri orqali internetning har bir mijozi boshqa 29 shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin.
Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun jahon bo‘ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona informatsion muhitga biriktirish imkoniyati tug‘ildi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan tahlil qiladigan bo‘lsak, Internet birinchi navbatda tarmoq mijozlariga o‘zaro ma’lumotlar almashish, virtual muloqot qilish imkonini yaratib beruvchi "informatsion magistral" vazifasini o‘taydi, ikkinchidan esa unda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi.
Bundan tashqari internet bugungi kunda dunyo bozorini o‘rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internetga bog‘lanish va undan foydalanishning asosiy texnik vositasini shaxsiy kompyuterlar tashkil etadi. Uning imkoniyatlarini kengaytirish uchun unga mikrofon, videokamera, ovoz chiqargich (audiokolonka) va boshqa qo‘shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Internet xizmati "Internet provayderlari" yordamida aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi.
Aloqa kanallari sifatida telefon tarmog‘i, kabelli kanallar, radio va kosmos aloqa tizimlaridan foydalanish mumkin. Internet tarmog‘ining asosiy yacheykalari bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o‘zaro bog‘lovchi lokal tarmoqlardir. Internet aloxida kompyuterlar o‘rtasida aloqa o‘rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o‘zaro birlashtirish imkonini ham beradi. Agar biron bir mahalliy tarmoq bevosita internetga ulangan bo‘lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stansiyasi Internetga ulanishi mumkin. Shuningdek, Internetga mustaqil ravishda ulangan kolpyuterlar ham mavjud. Ularni xost kompyuterlar (host — rahbar) deb atashadi.
Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o‘z adresiga ega va uning yordamida jahonning istalgan nuqtasidagi istalgan mijoz uni topa olishi mumkin. Internet - bu Internet texnologiyasi, dastur ta’minoti va 30 protokollari asosida tashkil etilgan, hamda ma’lumotlar bazasi va elektron hujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini beruvchi korxona yoki konsern miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog‘idir. Internet boshqa kompyuter tarmoqlaridan kuyidagi bilan farqlanadi. Bir yoki bir necha serverlardan tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi elektron hujjat, ma’lumotlar bazasi va fayllardan foydalanish uchun, ularning qaysi serverda, qaysi direktoriyada qanday nom bilan saqlanganligini, ularga kirish usuli va shartlarini bilishi zarur bo‘ladi. Server bu boshqa kompyuter va programmalarga xizmat ko‘rsatadigan kompyuter yoki dasturdir. YA’ni boshqa kompyuterlarga o‘zining fayllaridan foydalanishga ruxsat beruvchi kompyuter Server hisoblanadi. Bitta kompyuterda bir necha server ishlashi mumkin. Bundan tashqari internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan barcha elektron hujjat va ma’lumotlar bazasini giper bog‘lanishlar yordamida o‘zaro bog‘lab yagona informatsion muhit qurish, unda qulay informatsion qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo‘ladi. Internet o‘z-o‘zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo‘lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir:
• Texnik;
• Dasturiy;
• Informatsion. Internetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi va tipdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sputnik, shisha tolali va boshka turdagi tarmoq kanallari), hamda tarmoq texnik vositalari majmuidan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik vositalarining barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi Internet tarmog‘ining umumiy faoliyatiga aslo ta’sir etmaydi. Internetning dasturiy ta’minoti 31 (tarkibiy qismi) tarmoqqa ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) muloqot qilish, ma’lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash, hamda tarmoqda informatsion xavfsizlikni ta’minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar majmuadan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |