2. Kompyuterli modellashtirish va uning dasturiy vositalari
Ma‘lumotlar omborini loyihalash va yaratishdan oldin shu ma‘lumotlar
omboriga joylashtiriladigan axborotlarning umumiy tuzilishi haqida tasavvurga ega
bo‘lishi lozim. Ma‘lumotlar omboridan kerakli savollarga javob olish va
ma‘lumotlarga turli o‘zgartirishlar kiritish uchun ham uning umumiy tuzilishini
bilish maqsadga muvofiq. Chunki ma‘lumotlar omborida qanday ma‘lumotlar
borligini bilsangizgina, ularga mos savollarni qo‘ya olasiz. Bir axborotni turli xil
vositalar orqali va turli shaklarda ifodalash mumkin. Axborotlarni ifodalovchi
vositalar majmuini ma‘lumotlar modeli deb ataladi. Albatta, turli odamlar tashqi
dunyoni turlicha talqin qiladilar va ular haqida turlicha bilimga ega bo‘ladi. Shuning
uchun ham haqiqiy dunyo va undagi hodisalarni anglashda turlicha modellardan
foydalaniladi. Modellashtirish yoki modellashning rasmiy muammolarini
o‘rganadigan va tadqiq etadigan yaxlit nazariya mavjud. Hozirgi kunda
kompyutyerda modellashtirish texnologiyasi mavjud bo‘lib, uning maqsadi
atrofimizni o‘rab turgan tabiat, unda ro‘y beradigan hodisa, voqealarni
va jamiyatdagi o‘zgarishlarni anglash, tushunib yetish jarayonini zamonaviy usullar
vositasida
tezlashtirishdir.
Kompyutyerda
modellashtirish
texnologiyasini
o‘zlashtirish kompyuter tizimlarini (vositachi qurilma sifatida) yaxshi
bilishni va unda modellash texnologiyalarini ishlata olishni talab qiladi.
Kompyutyerda dasturlash tillaridan foydalanish matematik modellashtirish usulida
jiddiy burilish yasadi. XX asr oxirlarida yaratilgan yuqori quvvatli Pentium
prosessorli kompyuterlarda o‘rganilayotgan jarayonlar modellarining turli
ko‘rinishlarini (grafik, diagramma, animatsiya, multiplikatsiya va h.k.) kompyuter
ekranida hosil qilish mumkin. Ekrandagi modelni (masalan, rasm eskizini) turli xil
darajada (tekislik, fazo o‘yicha) harakatga keltirish imkoniyatlari mavjud.
Ekranda hosil qilingan modelni kompyuter xotirasida fayl ko‘rinishida saqlash va
undan bir necha marta foydalanish mumkin. Umuman olganda, kompyuterli
modellashtirishning metodologiyasida quyidagi yo‘nalishlarni ajratish mumkin:
Geometrik yo‘nalishdagi tajribalarni tashkillashtirish koordinatalar tekisligida
amalga oshiriladi. Kompyuter geometrik ob‘yektlarning hossalarini o‘rganish va
matematik farazlarni tekshirishda modellarni qurish va ularni tadqiq etish vositasi
sifatida ishlatiladi.
2. Ikkinchi yo‘nalish turli xil harakatlarni modellashtirish bilan bog‘liq. Kompyuter
modellari orqali turli xil harakatli masalalarni yechish mumkin. Bu ro‘y
beradigan jarayonlarning mohiyatini chuqurroq va kengroq his qilishga,
olingan natijalarni haqiqiy baholash va kompyutyerda modellashtirish imkoniyatlari
haqidagi tasavvurlarning kengayishiga olib keladi.
3. Uchinchi yo‘nalish - kompyuter ekranida funksiya grafiklarini modellashtirish-
kasbiy kompyuter tizimlarida keng qo‘llaniladi. Masalan, Logo dasturi funksiya
grafiklari, tenglama va tenglamalar tizimini yechish va ularning natijalarini olish
imkoniyatlarini beradi. Eng muhimi shundaki, kompyutyerda modellashtirish
texnologiyasidan foydalanish haqiqiy anglashda, bilish jarayonini amalga oshirishda
yangi bosqich rolini o‘ynaydi.
Ma‘lumotlar modellari shakli qanday bo‘lishidan qat‘iy nazar quyidagi
talablarni bajarishi kerak:
1. Soddalik. Ma‘lumotlar modeli kam sondagi bog‘lanishli tuzilish turlariga ega
bo‘lishi lozim.
2. Yaqqollik. Ma‘lumotlar modeli vizual (ko‘zga ko‘rinadigan, tasvirlanadigan)
bo‘lishi kerak.
3. Qismlarga bo‘linishi. Ma‘lumotlar modeli ma‘lumotlar omborida oddiy o‘rin
almashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
4. O‘rin almashtirish. Ma‘lumotlar modeli o‘ziga o‘xshash modellar bilan
almashtirilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
5. Erkinlik. Ma‘lumotlar modeli aniq bo‘lakchalarnigina o‘z ichiga olmasligi lozim.
Yuqorida ko‘rsatilgan talablar ham yaratiladigan modellarning idealligini
ta‘minlay olmaydi. Chunki modellashtirishda haqiqiy ob‘yektning ba‘zi bir muhim
xususiyatlarigina ishtirok etadi holos.
Atrofimizdagi dunyoni o‘rganish natijasida noaniq va to‘liq bo‘lmagan
ma‘lumotlar olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini
aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit
etmaydi. Ular asosida o‘rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi.
Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to‘laroq akslantirishi zarur.
Modelning taqribiylik xarakteri turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin.
Masalan, tajriba o‘tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi
olinayotgan natijaning aniqligi ta‘sir etadi.
Modellashtirish-bilish ob‘yektlari (fizik hodisa va jarayonlar)ni ularning
modellari yordamida tadqiq qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini
yasash va o‘rganishdir. Modellash uslubidan hozirgi zamon fanida keng
foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba‘zi hollarda esa
murakkab ob‘yektlarni o‘rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum ob‘yekt,
olisda joylashgan ob‘yektlar, juda kichik hajmdagi ob‘yektlarni o‘rganishda
modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya,
biologiya, iqtisod fanlarida ob‘yektning faqat ma‘lum xususiyat va munosbatlarini
aniqlashda ham foydalaniladi.
Misol tariqasida qishloq ho‘jalik masalasiga matematik model tuzishni ko‘rib
chiqamiz.
Masala. Rejalashtirilgan hosildorlik 30 s/ga, suvga bo‘lgan ehtiyoj koeffitsie
nti 200 m
3
/s bo‘lsa, suvga bo‘lgan ehtiyoj quyidagiga teng: Qo‘yilgan
masalaga model tuzishda birinchi navbatda kerakli belgilashlarni kiritib olamiz:
Rejalashtirilgan hosildorlikni U deb belgilaymiz. Suvga bo‘lgan ehtiyoj koeffitsienti
K u deb belgilaymiz. Suvga bo‘lgan ehtiyojni E deb belgilaymiz va formula holiga
keltiramiz. Rejalashtirilgan hosildorlikni U ni suvga bo‘lgan ehtiyoj koeffitsienti K
u ga ko‘paytirilganda suvga bo‘lgan ehtiyoj E ni topamiz: E=U
K u demak
E=30
200=6000 m
3
/ga.
Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo‘nalishlarini o‘rganish uchun har xil
modellardan foydalaniladi. Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq
ho‘jaligi modellar yordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko‘rsatkichlar, jumladan,
milliy daromad, ish bilan bandlik, iste‘mol, jamg‘armalar, investisiya
ko‘rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish
uchun katta iqtisodiy modellar qo‘llaniladi. Aniq ho‘jalik vaziyatlarini tekshirishda
kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda, asosan,
matematik
modellardan
foydalaniladi.
Dars
jarayonida
kompyutyerdan
foydalanishning muhim yo‘nalishlaridan biri - hodisa va jarayonlarni kompyuter
yordamida modellashtirish.
Fizikada o‘rganiladigan qonuniyat va jarayonlarni modellashtirishni bir necha
turga ajratish mumkin:
harakatning turli ko‘rinishlarini (tekis, notekis, tekis tezlanuvchan va h.k.)
modellashtirish;
funksional bog‘lanishli jarayonlarni modellashtirish;
inson bevosita kuzata olmaydigan jarayonlarni (masalan, gaz molekulalarining
Broun harakati, diffuziya hodisasi va h.k.) modellashtirish.
Fizika darslarida jarayonlarni modellashtirish o‘rganilayotgan materialning
ko‘rgazmaliligini va bayonning ilmiy-nazariy mohiyati darajasini oshiradi,
talabalardagi dunyoqarashni kengaytiradi, shakllanishini, ularning fikrlashini
rivojlantiradi. Modellashtirish kompyutyerda masalani yechishning bir tarkibiy
qismi hisoblanadi.
Fizik jarayonni o‘rganuvchi aniq bir modelni ko‘rib chiqamiz.
Masala.Yer atrofida ma‘lum (h km) balandlikda harakat qilayotgan Yerning sun‘iy
yo‘ldoshi tezligiga ko‘ra uning qaysi orbita bo‘ylab harakat qilayotganligini
aniqlovchi modelni yarating.
Masalani yechish uchun undagi asosiy parametrlar, ya‘ni sun‘iy yo‘ldoshning
Yerdan balandligi - h (km) va uning Yer atrofida doira bo‘ylab qiladigan harakatiga
ko‘ra uning V (km/s) tezligi hisoblanadi.
Fizikada Yer sun‘iy yo‘ldoshining birinchi kosmik tezligi V=
gR
formula
orqali aniqlanadi. Bu yerda R - Yerning radiusi (6400 km) doimiy kattalik, g - Yer
sirtida erkin tushish tezlanishi (9,8 m/s ga teng). Berilgan qiymatlarga ko‘ra V ni
topish
juda
oson.
Natijani
topish
uchun
biror
dasturlash
tilida
(masalan, Beysikda) dastur tuzib olish mumkin. Beysik tilidagi dastur
ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
INPUT “Sun‘iy yo‘ldoshning balandligini kiriting”; h
g=9.8: R1=6400
R=R1+h
V=SQR(g*R)
PRINT “Sun‘iy yo‘ldoshning tezligi-“; V
IF V<7.99 THEN PRINT “Sun‘iy yo‘ldosh 1-trayektoriyadan harakatlanadi”
IF V=7.99 THEN PRINT “Sun‘iy yo‘ldosh 2-trayektoriyadan harakatlanadi”
IF V>7.99 THEN PRINT “Sun‘iy yo‘ldosh 3-trayektoriyadan harakatlanadi”
END
Sun‘iy yo‘ldoshning tezligi 7,99 km/s dan kichik bo‘lsa, u 1-trayektoriya
bo‘ylab harakat qiladi, 7,99 km/s ga teng bo‘lsa, 2-trayektoriya bo‘yicha, 7,99 km/s
dan katta bo‘lsa, 3-trayektoriya bo‘yicha harakat qiladi. Modellash uslubidan hozirgi
zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi,
ba‘zi hollarda esa murakkab ob‘yektlarni o‘rganishning yagona vositasiga aylanadi.
Biologik model turli tirik ob‘eklar va ularning qismlari-molekula, hujayra,
organizm va shu kabilarga xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni
modellashda qo‘llaniladi. Biologiyada, asosan, uch hil modeldan foydalaniladi.
Ular biologik, fizik va matematik modellardir. Biologik model – odam va
hayvonlarda uchraydigan ma‘lum bir holat yoki kasallikni laboratoriyada
hayvonlarda sinab ko‘rish imkonini beradi. Bunda shu holat yoki kasallikning kelib
chiqish mexanizmi, kechishi, oqibati kabilar tajriba asosida o‘rganiladi. Biologik
modelda har xil usullar: genetik apparatga ta‘sir qilish, mikroblar yuqtirish, ba‘zi
organlarni olib tashlash yoki ular faoliyati mahsuli bo‘lgan garmonlarni kiritish va
boshqa
usullar
qo‘llaniladi. Bunday modellarda genetika, fiziologiya,
farmokologiya sohasidagi bilimlar tadqiq qilinadi. Biologiyada turli jarayonlarni
o‘rganishda modellashtirishdan foydalanish muhim amaliy ahamiyatga ega. Chunki
inson bevosita ishtirok etmaydigan biologik (kimyoviy, fiziologik) jarayonlar
ma‘lum qonuniyatlar asosida ro‘y beradi. Bu qonuniyatlarni o‘rganishda, asosan,
abstraksiya usulidan foydalaniladi. Kompyutyerdan, ayniqsa, yuqori tezlikda
ishlaydigan
kompyutyerdan
foydalanish
turli
biologik
jarayonlarni
modellashtirishda qo‘l keladi. Biologik jarayonlarni modellashtirish - bu
jarayonning matematik ifodasi yordamida (ya‘ni, qonuniyatni tashkil etuvchi
elementlar va ularning o‘zaro bog‘lanish funksiyalari) uning borishi va undagi
natijalarni oldindan aytib bera olish imkoniyatidir. Bu xususiyatlarni algoritmlash
va shu algoritm asosida dasturlash usuli orqali amalga oshirilishi mumkin.
Bundan tashqari, murakkab biologik jarayonlarni mashinali eksperimentlar y
orda mida o‘rganish va tadqiq qilish mumkin. Ko‘pincha, biror jismning (masalan,
molekula, atom, DNK, RNK) harakatini differensial tenglamalar yordamida
tavsiflash mumkin bo‘ladi. Bunday tenglamalar yordamida bir necha kattalik (m-
molekula massalari, M-DNK massalari, Vm-ularning o‘lchamlari) va ularning
o‘zgarish munostabatlari beriladi. Masalan, berilgan biologik (kimyoviy) reaksiya
tezligi unda ishtirok etadi gan biologik (kimyoviy) moddalarning konsentrasiyasiga
bog‘liq. Masalan, chirmoviqgulning bir sutkadagi o‘sish tezligi havo
temperaturasiga (T), yorug‘lik miqdori (kuchi) va uning tanasidagi namlik (N-suv
miqdori)ga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |