REJA:
1. Korxona faoliyatida rejalashtirishning o’rni va ahamiyati
2. Rejalashtirishning maqsadi va vazifalari
3. Rejalashtirish tamoyilari
1.Korxona faoliyatida rejalashtirishning o’rni va ahamiyati
“Firma faoliyatini rejalashtirish” tushunchasi 2 ma’noga ega. Birinchisi- umumiqtisodiy, firmaning umumiy nazariyasi, uning tabiati nuqtai nazaridan. Ikkinchisi esa aniq boshqaruv nuqtai nazaridandir. Bunda rejalashtirish menejmentning funktsiyalaridan biri, korxona istiqbolini oldindan ko’ra olish va ushbu bashoratdan foydalanish qobiliyatidir. Rejalashtirishning har ikki tomoni o’zaro uzviy bog’langan. Aniq bir faoliyat turi sifatida rejalashtirish imkoniyati ho’jalik yuritishning umumiy shartlari bilan belgilanadi.
Umumiqtisodiy nuqtai nazardan rejalashtirish - bozor va bahoning o’rnini bosa oladigan mexanizm. Bozor tizimi doirasida uning ishtirokchilari haraktini yo’naltirib, tartibga soluvchi asosiy omil baho hisoblanadi. Aynan baho (narx) sotuvchi va xaridor uchun manfaatli bo’lgan ishlab chiqarish va iste’mol qilish hajmlari va uslublarini belgilab beradi. Firma ham bozor tizimi ishtirokchisi sifatida baho mexanizmiga, talab va taklifqonuniga bo’ysunishga majbur, chunki u ularning ta’sirini bartaraf eta olmaydi. Shu sababdan firma bozor dunyosidagi yirik organizmning kichkinagina elementi bo’lib hisoblanadi.
Shu bilan birga, har bir xo’jalik birligining ichki muhitida baho mexanizmi tadbirkor va menejerlarning harakatibilan chetga siqib chiqarilmoqda.
Tadbirkorfirma faoliyati yo’nalishlarini belgilaydi. O’z navbatida firmaning ichki tabiati rejaviy yechimlar tizimiga asoslanadi.
Shunday qilib, firmaning ichki faoliyati ishtirokchilari mustaqil, bir biriga bog’liq bo’lmagan bozor sub’ektlari uchun xarakterli bo’lgan harakat erkinligini yo’qotadilar, ularning faoliyati korxona boshqaruvchilari nazoratiga o’tadi. Nima uchun rejalashtirishni mustaqil ravishda qabul qilinadigan qarorlar tizimi sifatida bozorni firmaning ichki faoliyatidan siqib chiqaradi? Bu borada iqtisodchilarda bir nechta javob mavjud.
Firma o’lchamlarining chegaralanganligi uning ichida ro’y beradigan harakatlarni nazorat qilish imkonini beradi va natijada bozor muhitining noaniqligini va uning salbiy oqibatlarini minimal darajaga yetkazish mumkin bo’ladi.
Rejalashtirishni qo’llash orqali firma sotish bilan bog’liq harajatlarni qisqartirishga erishadi.
Rejalashtirish boshqaruv funktsiyasi sifatida.
Rejalashtirish menejmentning tarkibiy qismi hisoblanadi. Uni tashkilot maqsadlarini bashoratlash qobiliyati, faoliyat natijalarini va maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan resurslarni oldindan ko’ra olish qobiliyati sifatida izohlash mumkin.
Rejalashtirish quyidagi savollarga javob berishga yordam beradi.
Korxona hozir qanday iqtisodiy holatda, uning faoliyati sharoitlari va yakunlari qanday?
Korxona maqsadiga qanday qilib, qaysi resurslar yordamida erishiladi.?
Biznes rejalashtirish menejmentning dastlabki, eng ahamiyatli bosqichi hisoblanadi. Rejalar tizimi asosida ko’zda tutilgan ishlarni amalga oshirish ularni bajarishga jalb etilgan xodimlar motivatsiyasi, natijalarini nazorat qilish va rejaviy ko’rsatkichlar nuqtai nazaridan baholash amalga oshiriladi.
Zamonaviy menejmentning “otalaridan” hisobangan F.Fayol ta’kidlaganidek: “Boshqarish - bu oldindan ko’ra olish”, “oldindan ko’rish esa-bu qariyb harakat qilishdir”.
Rejalashtirish - barcha zaruriy haraktlarni oldinda bashorat qilishgina emas, balki faoliyat davomida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tasodiflarni ko’ra olish va ularni bartaraf etishni bilishdir.1
Firma o’z faoliyatidagi hatolarni butunlay bartaraf eta olmasada, samarali bashoratlash orqali ularni oqilona boshqara oladi.
Iqtisodiy tashkilotda rejalashtirishning zarurligi.
Menejment klassiklari korxonada rejalardan foydalanilmaslik faoliyatdagi tebranishlarni, xato harakatlarini keltirib chiqaradi deb hisoblanganlar.
Amaliyotdan ma’lumki, rejalashtirishni qo’llash quyidagi muhim ustunliklarni yaratadi:
menejerlarni o’z qarorlarini amalga oshirishga rag’batlantiradi.
korxona faoliyatini tartibga solishni yaxshilaydi.
yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muamolarni aniqlashtiradi.
-menejerlarning tayyorgarligini oshirish uchun sharoit yaratadi.
korxonani zaruriy axborot bilan ta’minlash imkoniyatini oshiradi.
-resurslarni oqilona taqsimlashga yordam beradi.
korxonada nazoratni yaxshilashga imkon yaratadi.
O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun rejalashtirishni qo’llash zarur bo’lgan 2 ta soha ajratiladi.
Yangidan tashkil etilgan xususiy korxonalar.
Kapitalning yuqori sur’atlar bilan to’lanishi bunday firmalarning faoliyatini kengayishi va murakkablashuviga olib keldi. Shu bilan birga rejalashtirish shakllariga talabni keltirib chiqaruvchi boshqa omillarning paydo bo’lishiga zamin yaratadi.
Davlat korxonalari. Ular uchun rejalashtirish funktsiyasi markazdan boshqariladigan iqtisodiyot davridan o’tgan tajriba bo’lib, o’z rivojlanish maqsadlarini belgilash, korxona faoliyatini tahlil qilish va bashoratlashni ko’zda tutmagan. Shu sababdan barcha davlat korxonalarida ichki biznes rejalashtirish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish zarur.
Zamonaviy bozor korxonaga alohida talablar qo’yadi. Unda ro’y berayotgan jarayonlarning murakkabligi va yuqori darajadagi o’zgaruvchanligi rejalashtirishga jiddiy yondashuvni zaruriyatga aylantiradi.
2.Rejalashtirishning maqsadi va vazifalari
Tadbirkorlik yoki xo’jalik faoliyatining yutug’i ichki rejalashtirish sifatiga bog’liq. Rejalashtirish kelgusidagi maqsadlarni aniqlashtirishni va ularga erishish vositalarini va resurslar taqsimotini ko’zda tutadi.
Reja umumiy ma’noda – bu kelajak obrazi. Qo’yilgan maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan tadbirlar tizimidir.
Korxona rejasi – oldindan ishlab chiqilgan tadbirlar tizimi bo’lib, bu tadbirlar maqsadlarni amalga oshirishni ko’zda tutib, ular mohiyatini mahsulot ishlab chiqarish va sotishni belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlanishga qaratilgan uslublar hamda resurslar orasidagi o’z aro bog’liqlikni muvofiqlashtirish tashkil qiladi.
Rejalashtirish – bu rejani ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini nazorat qilish jarayoni bo’lib bunda sharoitlarning o’zgarishiga muvofiq uni korrektirovka qilish ham ko’zda tutiladi.
Rejalashtirish insonning har qanday maqsadli iqtisodiy faoliyatining boshlang’ich nuqtasi bo’lib xizmat qiladi. Ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish cheklangan iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish yoki ularni boshqarish muammolarini tadqiq qiluvchi iqtisodiy fanning muhim tarkibiy qismdir.
Ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish turli korxona, firma va tashkilotlarda iqtisodiy resurslarni tanlash va ulardan foydalanish qonunlari, tamoyillari, qoidalari va usullarini o’rganadi. Ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish mexanizmi korxonaning haqiqiy holatini mikroiqtisodiy tadqiq qilish va uning kelgusida rivojlanish darajasini modellashtirishning o’z aro ta’siriga asoslanadi. Shu sababdan rejalashtirish jarayoni maqsadni aniqlash va unga erishish yo’llarini belgilashdan iborat.
Rejalashtirish jarayoni bir qancha bosqichdan o’tadi. Yevropa biznesida rejalashtirishni 4 bosqichga ajratiladi:
Umumiy maqsadni ishlab chiqish;
Aniq vazifalarni aniqlash;
Maqsadgaerishishningasosiyyo’llarivavositalarinitanlash;
Ularning bajarilishini nazorat qilish.
Har qanday rejalarning asoslanganlik darajasi ko’p jihatdan ayrim olingan korxonalar rivojlanishida erishilgan darajasini ifodalovchi boshlang’ich ko’rsatkichlarning ishonchliligiga bolg’iq bo’ladi. Har bir korxona umumiy bozor tizimining kichik bir bo’lagi hisoblanganligi sababli, uning faoliyatini rejalashtirish uchun iloji boricha ko’proq va aniqroq mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ko’p holatlarda umumiy bozor ko’rsatkichlari yoki asosiy makroiqtisodiy omillar (masalan, o’sish sur’ati) turli korxona va uning bo’linmalari faoliyatini rejalashtirish uchun boshlanich ma’lumot bo’lib xizmat qiladi.
Zamonaviy ishlab chiqarishda ichki faoliyatni rejalashtirish menejmentning asosiy funksiyalari – maqsadni belgilash, tashkil etish, hisob, nazorat, yo’naltirish va rag’batlantirish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Ushbu funksiyalar nafaqat korxonaning reja – iqtisodiy faoliyati predmeti, balki ichki xo’jalik rejalashtirishning obyektini ham belgilaydi.
Zamonaviy sharoitlarda barcha korxona va firmalar iqtisodiy faoliyatini rejalashtirish erkin ishlab chiqarish va tadbirkorlik, resurslar va tovarlarni iste’moli va taqsimotida muhim omil bo’lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish resurslarining cheklanganligi sharoitida ulardan foydalanishni rejalashtirish tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda moddiy ne’matlar iste’molchilari uchun ham iqtisodiy mustaqillik asosi bo’lib xizmat qiladi.
Hozirgi sharoitda barcha mahsulot va resurslarga baholar raqobatchi ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar tomonidan belgilanayotgan bir davrda, har bir korxona qanday mahsulot va qancha miqdorda ishlab chiqarishni mustaqil ravishda tanlaydi.
Zamonaviy sharoitlarda rejalashtirish ayrim shaxslar va mehnat jamoalarining, kichik va yirik korxonalar uchun erkin bozor munosabatlarini vujudga kelishining asosi bo’lib qolmoqda. Rejalashtirish jarayonida mahsulot ishlab chiqarish va iste’mol qilish, tovar va xizmatlarga bo’lgan bozor talabi va firma hamda korxonalar tomonidan ularning taklifi o’rtasida mutanosiblik saqlanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar iste’molchilar talabini to’laroq qondirishga harakat qiladilar.
Erkin bozor munosabatlari sharoitida ichki ishlab chiqarish rejalashtirish maqsadi korxona va firmalarning rivojlanishi, xo’jalik faoliyati shakllari, iqtisodiy maqsadlarining ilmiy asoslashdan iboratdir.
Ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish ishlab chiqarish — xo’jalik tashkiliy boshqaruv, moliyaviy iqtisodiy muammolarni umumiy tarzda ko’rib chiqish bilan cheklanib qolmay, kelgusida qabul qilinadigan qarorlarga diqqatni jalb qilishni ham ko’zda tutadi. Shu sababdan mavjud muammoni rejalashtirish davomida hal etib borish kelgusida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan muammolarni hal etish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, ichki rejalashtirishni zamonaviy marketingni, ishlab chiqarish menejmentining va umuman xo’jalik yuritishning butun iqtisodiy tizimining asosi bo’lib hisoblanadi. Bu esa korxonada vujudga keladigan ishlab chiqarish – iqtisodiy va boshqa muammolarni yechishga kompleks tarzda yondashishni taqozo etadi.
Rejalashtirish turli iqtisodiy, tashkiliy, boshqaruv, ijtimoiy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish asosi bo’lib xizmat qiladi. Ularning o’z aro ta’sir mexanizmi mavjud maqsad va ularga erishish vositalarini umumiy tizimga birlashtirishni talab etadi.
Masalan, korxona faoliyatining istiqboldagi iqtisodiy ko’rsatgichlarini rejalashtirishda amaldagi ilg’or me’yorlar, standartlar, ilmiy shartlar va iqtisodiy maqsadlardan to’liq foydalanish zarur.
Ushbu maqsadlarni quyidagicha guruhlash va ifodalash mumkin.
Iqtisodiy o’sish – korxonaning iloji boricha ko’proq miqdorda va yuqori sifatdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga intilishi.
To’liq bandlik — ishga qobiliyatli va ishlashni xohlovchi barcha ishchilarni ish bilan ta’minlash.
Iqtisodiy erkinlik – barcha ishlovchi mutaxassislarga o’z faoliyati doirasida yuqori darajada erkinlikka erishishlariga imkon yaratish.
Daromadni adolatli taqsimlash – barcha xodimlar toifasini taqdirlashni yo’lga qo’yish.
Iqtisodiy samaradorlik, mavjud cheklangan resurslardan ulardan foydalanishga kam xarajat sarflangan holda yuqori samara olishni ta’minlash.
2.1 – chizma. Korxona rejasining tarkibiy qismlari.2
Korxonalar faoliyati va iqtisodiyotda rejalashtirishdan tashqari bashorat qilish ham katta rol o’ynaydi. Bashorat qilish xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ektning istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarni ilmiy asoslagan holda avvaldan ko’ra bilishini ifodalaydi. U yuzaga kelayotgan yoki kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan iqtisodiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy holatlarni baholash va tahlil qilish asosida yaratiladi hamda muqobil qarorlarni tanlashga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |