2. Keramika nima. Fayans olish va sirkorlik sirlari. Keramika



Download 149,35 Kb.
bet6/19
Sana23.03.2023
Hajmi149,35 Kb.
#920990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
15 ta mavzu hammasi bittada 3 listdan

1. Sopol turlari.
Sopol mahsulotlari buyumning kimeviy va mineralogik tarkibiga yoxud ishlatiladigan xom ashyo turiga qarab klassifikatsiyalanadi. Masalan, ular xom ashyo turi va miqdoriga qarab tuproqli fayans, ohakli fayans, qattiq fayans, shamotli fayans va yarim chinnilarga bo‘linadi.
Tuproqli fayans buyumlari qadimiy bo‘lib, kulolsozlik buyumlari nomi bilan yuritiladi. Agar ular sirlangan va gul chizilgan bo‘lsa, sirlangan guldor sopol nomini oladi. Milodiy XV asrga kelib , mashhur italiyalik kulolsoz - xaykaltarosh Luka della Robbianing sirlangan sopol buyumlarini ishlab chiqarishdagi ulkan ishlari tufayli bu soxa Italiyaning Fayensa shaharida taraqqiy qiladi. Guldor kulolchilik buyumlari fayans buyumlari deb atala boshlandi. XVI asrlarga kelib fransuz haykaltaroshi Bernara Palissining tadqiqotlari asosida italiya fayansining yangi turi-flamand fayansi, XVI-XVIII asrda esa Delfte shahrida golland fayansi yaratildi. Bu buyumlar tarkibiga 80-85 protsent yuqori haroratda eriydigan tuproq bilan 15-20 protsent kuydirilgan chaqmoqtosh kirgan. Ayrim hollarda buyumlarning oqligini oshirish maqsadida tarkibiga chinni gili qo‘shiladi. Chaqmoqtosh o‘rniga esa tabiiy kvars va qum ishlatish mumkin. Tuproqli fayans massasi rangli, oqimtir va sarg‘imtir bo‘lishi mumkin. Unga surkaladigan sir esa yengil eriydigan shaffof yoki sidirg‘a shiradan iborat. Uning sopolaki zich va mahkam bo‘ladi.
Ohakli fayans - yumshoq fayans yohud o‘rta asr fayansi nomi bilan mashhur. Bu fayans turiga “turk” fayansi, yarim fayans buyumlari kiradi. Bu mahsulotlar milodiy X-XVIII asrlarga oid bo‘lgan fors sopolsozligiga asoslangan bo‘lib, uning tarkibida 30-40 protsentli gil, 30-50 protsent kvars, 0-10 prosent dala shpati va 10-15 protsent ohaktosh bo‘lgan. Baʼzi yerlarda ohaktosh o‘rniga dolomit minerali ham ishlatiladi. Odatda ularning yuzasi tarkibida qo‘rg‘oshin oksidi bo‘lgan sir bilan qoplanadi. Qo‘llanilayotgan sir rangli, oq va shaffof bo‘lishi mumkin.
Qattiq fayans - fayans buyumlari orasida muhim o‘rinni egallaydi. Fayansning bu turi dala shpatili fayans nomi bilan ham ataladi. XVIII asrning boshlarida nemis hunarmandlari birinchi bo‘lib bunday sopol buyumlarni kashf etishdi. Ularning massasi tarkibiga 45-65 protsent kulrang gilmoya, 25-40 prosent qumtosh va 8-15 protsent dala shpati kiradi. Gilmoya qisman chinni gili, dala shpati esa ishlab chiqarish chiqindisi bilan almashtirilishi mumkin.
Shamotli fayans buyumlari olishda massa tarkibiga ko‘p miqorda shamot qo‘shiladi. Shamotni o‘z navbatida chinni gili yoki boshqa alyuminiy (III) oksidiga boy bo‘lgani gilmoyani yuqori haroratda bir necha soat davomida qizdirish yo‘li bilan olinadi. Shamotli fayans yuzasiga qalin angob, so‘ngra shaffof bo‘lmagan sir surtiladi. Angobni ishlatishga shamotli fayans tarkibiga kiruvchi gilmoya vosita bo‘ladi. Odatda bu xom ashyo yog‘li va yopishqoq bo‘lishi kerak. Oxirgi xususiyatlar esa tarkibida temir va alyuminiy moddalari ko‘p bo‘lgan gillarga mansub.
Fayerton nomi bilan ataluvchi shamotli fayans massasi tarkibiga 25-45 protsent shamot kiradi. Yog‘li gilmoyaga qo‘shiluvchi bu modda zarrachalarining o‘lchami 2-5 мм oralig‘ida bo‘lishi kerak. Massa tarkibiga 4 protsent pegmatit, 18 protsent qumtuproq, 3 prosent o‘ta yuqori yopishqoq gil va 0,1 protsent soda qo‘shilishi mumkin.
Yarim chinni buyumlarni ishlab chiqarishda qattiq fayansdagi kabi xom ashyolar ishlatiladi. U sanitariya-gigiyena va mexanika jihatidan qattiq fayans bilan chinni o‘rtasidagi oraliq materialdir. Odatda yarim chinni tarkibiga 48-50 protsent gil va kaolin, 40-50 protsent kvars va 5-10 protsent dala shpati kirgan bo‘ladi. Agar massa tarkibiga ozroq miqdorda pishiqlikni oshiruvchi va kuydirish intervalini kattalashtiruvchi dolomit, magnezit yoki talk qo‘shilsa, bunday mahsulotni magnezialli fayans deb ataladi. Qoliplangan xom mahsulotlarning kuydirish protsessini 30-60 protsent barit mineralini massa tarkibiga kiritish bilan yaxshilash mumkin. Bunday mahsulot baritli fayans nomi bilan yuritiladi. Sopol idishlar yasash uchun sog‘ tuproqqa 10-15 protsent yopishqoqlikni oshiruvchi bentonit nomli gil qo‘shiladi. Bu esa buyumning cho‘ziluvchanlikka mustahkamligini oshiradi va bentonitli fayans deb ataladi.
Sopol mahsulotlari tayyorlash usuli, ishlov berish turi, strukturasi, qattiq mayda zarrachalarning yopishqoqligi, sirpanuvchanligi, kislotaga barqarorligi va shunga o‘xshash boshqa faktorlar asosida qism, gruppa va turlarga bo‘linadi. Tayyorlov usuliga ko‘ra, mahsulotlar shliker yoki eritmadan quyilgan va plastik qoliplangan, shuningdek, tashqi yuzasiga ko‘ra, sirlangan va sirlanmagan buyumlarga bo‘linadi.

Download 149,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish