2.Tiklanish bosqichi taxminan besh yil –25 yoshdan 30 yoshgacha davom etadi. Bu davrda xodim kasbi egallaydi, zarur ko’nikmalar hosil qiladi, uning malakasi shakllanadi, mustaqillikka erishishga ehtiyoj sezadi. Odatda inson shu davrda oila quradi. Shuning uchun ham uning mehnatga to’lanadigan haq miqdoriga qiziqish kuchayadi.
3.O’sish bosqichi – 30 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan vaqtni qamrab oladi. Anashu davrda malaka, malaka oshirish, xizmat lavozimda o’sish jarayoni davom etadi. Ayni vaqtda xodimlarda amaliy tajriba, ko’nikmalar, mahorat, o’zligini namoyon qilishga ehtiyoji, yanada yuqori maqomga va yanada ko’proq mustaqillikka ega bo’lishga intilish ortadi. Shuningdek, xodim mehnatiga haq to’lash miqdori oshishi, sog’lig’ini mustahkamlashga ham alohida e’tibor beradi.
4.Barqarorlik bosqichi – avvalgi davrlarda erishilgan muvaffaqiyqtlarni mustahkamlashga bo’lgan intilish kuchayadi va u 45 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga qamrab oladi. Anashu bosqichda malakani takomillashtirish chuqqisiga erishiladi. Xodimning malakasi jo’shqin faoliyati va maxsus ta’lim orqali yanada oshiriladi. Unda tashabbuskorlik kuchayib boradi, hamda uning ish uslubi va o’z bilimlarini shogirdlariga orgatib boradi. Shu bilan birga unda daromad olishning boshqa shakllari paydo bo’ladi va hokazolar.
5.Yakuniy bosqich – 60 yoshdan 65 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga qamrab oladi va xodim nafaqaga chiqish taraddudini ko’radi. U o’ziga munosib vorisni tayyorlash harakatiga tushadi. Anashu davrda lavozimda o’sish (ka’rera) tanglik xususiyatiga ega bo’lsa ham xodimlar o’z ishlaridan tobora kamroq qoniqish hosil qilishlariga qaramasdan o'zlari va tengdoshlaridan g’ururlanish hislari juda kuchli bo’ladi. Mazkur bosqichda xodimlar ish haqqi darajasi barqaror bo’lishini xohlaydilar, nafaqaga chiqqanlaridan so’ng oladigan nafaqalari miqdoriga qo’shimcha daromad qilish harakatida bo’ladilar.
6.Nafaqadan so’ngi bosqich – davridamazkur korxanadagi (faoliyat turidagi) ka’rera nihoyasiga yetadi. Bu davrga kelib, korxonada ishlab turgan vaqtda shug’ullanish imkoniyati bo’lmagan faoliyatning boshqa turlarida (qiziqishi bo’yicha badiiy ijod, bog’dorchilik, kollektsiyalar to’plash, jamoatchlik ishlari bilan shug’illanish va hokazolar) o’zligini namoyon qilish imkoniyati paydo bo’ladi.
Shunisi e’tiborga molikki, Abu Ali Ibn Sino ham insonning bunday yosh xususiyatlarini to’rt bosqichga bo’ladi:
1.“O’sish yoshi”, bunga “O’smirlik” deb ham nom bergan. Bu 30 yoshgacha davom etadi.
2.“O’sishdan to’xtash yoshi yoki yoshlik davri” – 35 yoki 40 yoshgacha bo’lgan davr.
3.“Qisman quvvat bo’la turib cho’kish yoshi” bu o’rtacha yoshdagi kishilarga mansub ya’ni 60 yoshgacha davom etadi.
4.“Kuchsizlik yoki birga cho’kish yoshi” bu inson umrining oxirigacha cho’ziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |