11.Po‘lat konstruksiyalarning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari?
Po’lat konstruksiyalar. Po'latning yuqori mexanik xossalari va ishonchlilik ko‘rsatkichlari tufayli ustunlar oralig'i (prolyot) juda uzun bo'lgan hollarda, baland bino va inshootlarda. yuk (nagruzka) juda katta bo'lganida ishlatiladi. Po'lat qimmat turganligi va kamyob bo'lganligi uchun po'lat konstruksiyalardan faqat u iqtisodiy jihatdan temir-beton konstruksiyalarga qaraganda zarur bo'lgan hollardagina foydalaniladi.
Po'lat siqilish va cho'zilishga juda yaxshi ishlaydi. Ала shu boisdan ham temir-beton yaratish g'oyasi paydo bo'ldi, unda siquvchi yuklarni beton, cho'zuvchi yuklarni esa po'lat armatura qabul qiladi.
Qurilishda ishlatiladigan po'latlar kimyoviy tarkibiga ko'ra, kam uglerodli va past legirlangan po'latlaiga bo'linadi. Kam uglerodli po'latlaming mexanik xossalari, asosan, ulaming tarkibidagi uglerod miqdoriga bog'liq bo'ladi. Past legirlangan po'lat tarkibiga po'latning mustahkamligini, zarbiy qovushoqligini va korroziyabardoshligini oshiradigan legirlovchi moddalar qo'shiladi.
12.“Oquvchanlik” yoki “po‘latning oqishi” tushunchasini izohlang.
Metallar, jumladan po‘lat uchun me’yoriy va xisobiy qarshiliklar davlat standartlari bilan belgilanadi. Me’yoriy xujjatlarga asosan po‘lat materiali uchun chegaraviy qarshilik sifatida uning oquvchanik chegarasidagi kuchlanish
Ryn = soq
yoki vaqtinchalik qarshiligi
Run = sv
qabul qilinadi.
13.Birinchi guruh chegaraviy xolatlar konstruksiyalarning qaysi xolati bilan bog‘liq?
Chegaraviy holatlar deb, shunday holatlarga aytiladiki, shu chegaradan o'tib ketganda konstmksiya belgilangan talablarga javob bermay qo'yadi. Chegaraviy holatlar ikki gumhga bo'linadi: birinchisi — yuk ko'tarish qobiliyatini yo'qotishi bo'yicha, ikkinchisi — texnologik yoki maishiy talablar bo'yicha amalga oshiriladigan normal foydalanishga yaroqsizligi bo'yicha hisoblash yo'li bilan konstmksiyaning buzilishini , konstmksiya shakli ustivorligining buzilishini yoki uning vaziyati buzilishini , toliqib yemirilishining, kuch omillarining birgalikda ta’sirida yoki tashqi muhitning yomon ta’sirida yemirilishlaning oldi olinadi.
Birinchi guruh chegaraviy holatlar yuk ko`tarish qobiliyatining yo`qolishi va ustivorlikning yo`qolishi natijasida butunlay foydalanishga yaroqsiz bo`lib qolishi, metallning yemirilishi, konstruksiya shakl tuzilishining o`zgarishi va plastik deformatsiyalarning haddan ziyod ko`payishi kabilarni o`z ichiga oladi .
Aksariyat konstru ksiyaning ko'tarish qobiliyatini ta’minlovchi talab bo'lib. konstruksiyani I chegaraviy holati hisoblanadi va uni mustahkamlik sharti deb yuritiladi. Bu talab konstmksiyaning har birini (poydevor. devor, ustun, to'siq va hokazo) ko'tarish qobiliyatini ifodalovchi shart bo'lib, koristruksiyaga ta’sir qilayotgan kuchga nisbatan ko'tarish qobiliyatini belgilaydi va u konstmksiyalami material turlariga, o'lchamlariga, fizik va mexanik xarakteristikalariga bog'liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |