Falsafiy g‘oyalar. Falsafiy g‘oyalar deb tabiat, jamiyat, inson tafakkuri haqidagi ta’limotlarning asosini tashkil etadigan, olam va odam to‘grisidagi eng umumiy tushuncha va qarashlardan iborat bo‘lgan, metodologik ahamiyat kasb etadigan fikrlar majmuiga aytiladi. Ular dunyoni bilish jarayonida, kishilik jami-yatining taraqqiyoti mobaynida to‘plangan falsafiy bilimlarni umumlashtirish, inson hayotining ma’no-mazmuni, uning baxt-saoda-ti kabi masalalar ustida mulohaza yuritish asosida shakllanadi. Masalan, olamning asosida nima yotadi, degan falsafiy savolga javob berishlariga qarab monizm, dualizm, plyuralizm, idealizm, materializm kabi falsafiy g‘oyalar vujudga kelgan va falsafiy ta’limot sifatida tarix sahifalaridan joy olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |