Jismoniy tarbiyani sog’lomlashtirishga yo’naltirish qa’tiyati
Jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirishga yo’naltirilganligi qa’tiyati shug’ullanuvchilarning jismoniy mashqlar bilan mashg’ul bo’lishida ularni sog’ligiga javob berish ma’suliyatini o’rtaga tashlaydi. Jismoniy madaniyat tashkilotchilari, trenerlar, davlat, xalq oldida shug’ullanuvchilarning sog’ligiga javob beribgina qolmay, uni mustaxkamlashga va takomillashtirishga ham javob beradilar.
Jismoniy mashqlar bilan vrach va pedagog nazorati ostida shug’ullanilsagina, u ijobiy effekt beradi. Noto’g’ri foydalanish esa shug’ullanuvchi sog’ligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun biologik xususiyatlari - yoshi, jinsi, sog’liginihisobga olish, sistemali vrach va pedagog nazorati tarbiya jarayonida yetakchi omildir.
Amalda rejasiz ishlash o’ta salbiy oqibatlarga olib keladi. Tanlangan uslubiyatlar, mashqlarning me’yori bajarish intensivligi, yuklamaning umumiy miqdorini tanlashdagi pedagogning arzimas xatosi shug’ullanuvchi uchun o’ta qimmatga tushishi mumkin.
Shundayhollarga duch kelish mumkinki, sport natijalarini vaqtinchalik o’sishi, jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkichlarining ortishi, organizmda vaqtinchalik sportchi uchun sezilmaydigan patologik o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Kelib chiqadigan yomon oqibatlar jismoniy madaniyat va sportning obro’siga salbiy ta’sir etadi.
Shu sababli vrach nazorati dalillarini e’tirof etish bilangina cheklanmay, asosiy e’tibor ularning taxliliga qaratilishi lozim. Nazoratni tizimli emasligi salbiy oqibatlarga olib kelishi muqarrardir.
Jismoniy tarbiyani sog’lomlashtirish bilan bog’lab olib borish qa’tiyati vrach, pedagog va shug’ullanuvchining kunlik muntazam muloqotini talab qiladi.
Jismoniy tarbiya qa’tiyatlari bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’liqlikni taqazo etadi. Shundagina ular ahamiyatini saqlab qoladi.
Jismoniy tarbiyaning mehnat vaharbiy amaliyot bilan bog’liqligi uning yetakchi qa’tiyatdir. Shu qa’tiyatgina mamlakatimizda jismoniy tarbiyaning asosiy qonuniyatini ifodalaydi, uning ahamiyati jamiyatimiz a’zolarini ijodiy mehnatga va Vatan mudofasiga tayyorlashdadir.
Bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino «Jismoniy qisqacha so’z»ida salomatlikni saqlash rejimining asosiy omillaridan biri jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish ekanligini takidlaydi. Ovqatlanish, uyqu, dam olish rejimining kun tartibidagi sistemali jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlardan keyingi o’ringa qo’yadi. Maromli, me’yoridagi erkinharakatlar – ya’ni jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish kasallikni yo’qotish uchunhyech qanday davolanishga zaruriyatning vujudga keltirmasligini aytib o’tadi. Erkin, me’yoridagi maromliharakat uzluksiz chuqur nafas olishni yo’lga qo’yadi. Bu bilan, organizm muskullarining to’qimalari kislorod bilan yetarli darajadagi kislorod bilan ta’minlanadi. Mashq qilgan, mashq ko’rgan organizm o’zidagi “keraksiz”ni vujudga kelishiga, uning chiqarib tashlanishiga keragidan ortiqcha energiya sarflamaydi.
Ta’lim jarayonida mashq qilishning me’yorini topish va uning salomatlik uchun ta’sirini aniqlay olish, tarbiya jarayonining muxim ko’rsatmasiga, kerak bo’lsa, nizomiga aylanishi lozim. Jismoniy tarbiyaning yuqorida qayd qilingan qa’tiyatlari qatori jismoniy tarbiyani sog’lomlashtirishga yo’naltirishning amaliy samarasi kattadir.
Bundan kelib chiqadiki, pedagogik jarayon davomida umumiy qa’tiyatlarga o’z vaqtida rioya qilinsa, qo’yilgan talablar mukammal bajarilsa, jismoniy tarbiya jarayonining samaradorligi yuqori bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |