1. Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari Uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), yalpi talab, yoki YaIMning yakuniy iste’molga ko’ra tarkibida eng katta ulushga ega bo’lgan komponentdir. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg’armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamg’arish hajmi foz stavkasining funktsiyasi de qarashsa J.M. Keyns uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari va jamg’arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsakiste’sol va jamg’arish o’ajmini belgilovchi asosiy omil uy xo’jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to’lovlari va to’lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – dispocable income, yoki Yd ) ko’rsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamg’armalar, milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning funktsiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.
Ma’lumki, uy xo’jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg’arish uchun ishlatiladi. Ya’ni, qancha ko’p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg’ariladi va aksincha. Iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik har xil daromadga ega bo’lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo’lganlar, odatda, uning ko’proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini jamg’aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg’arish foydasiga o’sadi. Bu bog’liqlikni gipotetik ma’lumotlar asosida ko’rib chiqamiz (jadval).
jadval Daromad, iste’mol va jamg’arish ko’rsatkichlari
Yillar
Tasarrufdagi daromad (Y d)
Iste’mol (C)
Jamg’arish (S)
1
2
3
4
5
6
7
370
390
410
430
450
470
490
375
390
405
420
435
450
465
-5
0
5
20
15
20
25
Tasarrufidagi daromad hajmi 370 shartli birlikka (sh.k.) teng bo’lganda uy xo’jaliklari iste’moli 375 sh.b.ka teng, ya’ni tasarrufidagi daromaddan 5 sh.b.ka ko’p bo’ladi. Ya’ni uy xo’jaliklari 5 sh.b.ka teng miqdorda qarz hisobiga yoki o’tgan yillarda to’plangan jamg’armalar hisobiga iste’mol xarajatlari qiladilar.
Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadlar 390 sh.b.ka teng bo’lganda, uning miqdori iste’mol miqdori bilan tenglashadi. Bu miqdor bo’sag’aviy daromad deb yuritiladi. 6-jadval ma’lumotlari asosida iste’mol grafigini chizamiz.
Iste’mol grafigi ikki to’g’ri chiziq ko’rinishida berilgan. Bissektrisa ko’rinishidagi Yd=C to’g’ri chizig’ining har bir nuqtasida iste’mol va tasarrufidagi daromad hajmlari teng bo’ladi. Haqiqiy iste’mol (S) grafigi haqiqiy iste’mol va daromad teng bo’lgan nuqtada (α) bissektrisa bilan kesishadi. Bo’sag’aviy nuqtadan quyida haqiqiy iste’mol daromaddan oshiq. Bu vaziyat insonlarning qarz hisobiga hayot kechirishini bildiradi. α – nuqtada yuqorida haqiqiy iste’mol daromaddan kam hamda ular o’rtasidagi farq jamg’arishni tashkil etadi. Haqiqiy iste’mol to’g’ri chizig’i iste’mol hajmini belgilovchi vertikal o’qni a nuqtada kesib o’tadi. Bu hol uy xo’jaliklari umuman daromad olmaganlarida ham ma’lum miqdorda iste’mol qilishlarini anglatadi. a – nuqta esa avtonom iste’mol hajmini bildiradi.
C Yd =C
420
390
375
a Keltirilgan ma’lumotlar asosida jamg’arish grafigini ham ko’rib chiqamiz (14chizma).
Jamg’arish grafigi daromad bilan jamg’arish o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Vertikal o’qdagi har bir nuqta jamg’arma miqdorini bildiradi va daromad bilan unga muvofiq keladigan iste’mol hajmi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi (S= Yd - S). Boshlang’ich daromad darajasida jamg’arish nolga (0) teng bo’lgan holda ixtiyordagi daromad hajmi o’sib borishi bilan uning miqdori ham oshib boradi.