1-topshiriq: Ijtimoiy-iqtisodiy mavzuda tuzilgan karta va atlaslar bilan tanishish hamda ularni asosiy mazmunini kartografik tasvirlash usullari nuqtai nazaridan o‘rganish. Ishning maqsadi. Ijtimoiy-iqtisodiy mavzuda nashr qilingan karta va atlaslar bilan tanishib chiqish va ularning asosiy mazmunini kartografik tasvirlash usullari nuqtai nazaridan mukammal o‘rganish hamda ularni qisqacha bayon etishdan iborat. Bu ishni bajarish natijasida talaba ijtimoiy-iqtisodiy mavzusidagi kartalarni tuzishda qo‘llanilgan har bir kartografik tasvirlash usulining mohiyati, afzallik kamchiliklarni aniqlash yuzasidan amaliy tajriba xosil qilish hamda nima uchun aynan shu usul qo‘llanilganligini (kartaning maqsadi va masshtabini hisobga olgan xolda)to‘g‘ri baxolay oladigan bo‘lishi kerak. Bu ishni bajarish uchun alohida nashr etilgan yoki kompleks geografik va tematik atlaslarda berilgan ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi kartalardan hamda shu mavzudagi kartalarni darsliklarga ilova qilib berilgan namunalaridan foydalaniladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy kartografiyaning shakillanishi Geografik kartalarni yaratish tarixi ko‘p jixatdan hududni tadqiq etish tarixini aks ettiradi. Geografik kartalar-tarixiy xujjatlar bo‘lib, ular tabiatdagi o‘zgarishlarni va jamiyat taraqqiyotini o‘zlarida aks ettiradi. O‘rta osiyo hududi birinchi bor aloxida o‘lka sifatida k.ptolemey (90-160 y.y.) Tomonidan uning “geografiya” kitobida aks ettirilgan. O‘rta asrlarda jaxon kartografiyasining rivojlanishiga o‘rta osiyolik olimlar muhammad al xorazmiy, abu rayhon al beruniy va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. Muhammad al xorazmiy (VIII asrning ikkinchi yarmi va IX asrning o‘rtasi) 0 meridian yoyini o‘lchash ishlariga rahbarlik qildi, shuningdek u “dunyokartasi”ni tayyorlashda ham ishtirok etdi. Abu rayhon al beruniy(973-1048yy) “masud qonunlari”(1037y) kitobida geografik koordinatalar va masofalarni aniqlash usullarini ko‘rsatib bergan va dunyo kartasini tuzishda doiraviy proeksiyani ishlab chiqib erning shar shaklida ekanliginiko‘rsatibbergan. O‘rta osiyo hududi, “moskva davlati va unga tutushgan mamlakatlarni katta chizma kitobi”da(1600y)o‘z aksini topgan. O‘rta osiyo qadimdan rossiya uchun katta qiziqish uyg‘otgan. Chunki u rossiyani eron, xitoy, hindiston va afg‘oniston bilan bog‘lab turuvchi quruqlikdagi o‘tadigan “buyuk ipak yo‘li” o‘rta osiyo orqali o‘tgan edi. Shuning uchun ham bu o‘lka hududi o‘sha davr kartalarida o‘zining keng ifodasini topgan. O‘zbekistonning inqilobgacha bo‘lgan xar-xil masshtabli kartografik tasvirini “rossiya xarbiy topograflar korpusi” yaratgan. Ular tomonidan turkistonning umumgeografik kartasi tuzilgan (1889 y). O‘rta osiyo, shu jumladan, o‘zbekistonni kartografiyalashda rus geografiya jamiyatining olimlari ishtirok etishgan. 1914 yili o‘zbekistondagi sug‘oriladigan erlarining dastlabki kartasi tuzilgan. Unda chirchiq daryosi xavzasi, mirzacho‘lda sug‘orilishi mumkin bo‘lgan erlarning chegaralari ko‘rsatilgan. Shu kartalar asosida mirzacho‘l o‘zlashtirila boshlagan. XX asrning 30-yillari boshlarida o‘zbekiston iqtisodiyotini, shu jumladan paxtachilikni, bog‘dorchilikni va uzumchilikni, qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarini, o‘rta osiyodagi boshqa sohalarni aks ettiruvchi ayrim kartalar chop etilgan. O‘rta osiyo iqtisodiy geografiyasi bo‘yicha tuzilgan birinchi karta sobiq ittifoqni qishloq xo‘jaligi qomusida keltirilgan (1936 y). Unda paxtachilik, paxtachilik-donchilik, lalmikor-donchilik rayonlari, ko‘chmanchi va ayrim ko‘chmanchi chorvadorlar hamda asosiy qorako‘lchilik hududlari ko‘rsatilgan. O‘zbekiston hududining maxsus ijtimoiy-iqtisodiy kartalari 60-yillarning boshidan nashr qilina boshlandi. “o‘zgiprozem” instituti tomonidan 1961-yilda “o‘zbekiston qishloq xo‘jaligi kartalari” (masshtabi 1:1000 000) chop etilgan bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi mutaxassislari foydalanishi uchun mo‘ljallangan edi. Mazkur kartada respublika qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini asosiy tarmoqlari va joylashishi tasvirlangan edi. “O‘ZDAVERLOYIHA” (“o‘zgiprozem”) instituti tomonidan 1964 yilda bir qancha 1:1000000 masshtabda ijtimoiy-iqtisodiy kartalar turkumi nashr qilingan. Ushbu turkum kartalarida qishloq xo‘jaligi o‘zida jamlangan kartografik jihatdan umumlashtirilgan ma'lumotlar keltirgan. Unda respublika tabiiy sharoiti va axolisiga tegishli mavzuli kartalar ham kiritilgan. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 1964 yilda “o‘zbekistonni agrosanoat albomi” atlas sifatida chop etilib, unda asosan agrosanoat kompleksiga ko‘proq e'tibor qaratilgan. 1963 yilda o‘zbekistonni dastlabki kompleks atlasi chop etildi, unda asosan tabiiy kartalar berilib, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar ba'zi sabablarga ko‘ra o‘z ifodasini topmagan. Toshkent davlat universitetining geografiya fakulteti, kartografiya kafedrasi xodimlari tomonidan 1981-yilda birinchi bor o‘zbek va rus tillarida o‘ziga xos o‘quv-o‘lkashunoslik “o‘zbekiston atlasi” tayyorlangan va nashr etilgan. Unda keltirilgan kartalarning ba'zilari respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aks ettirilgan. Mazkur atlasda respublikaning anchagina ijtimoiy iqtisodiy ma'lumotlari berilgan. Atlasning ijtimoiy-iqtisodiy kartalari respublikada majmuali atlas kartografiyasining ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy kartografiyalashning shakillanishiga yo‘l ochib berdi desak xato qilmaymiz. Atlas ijtimoiy-iqtisodiy kartalar ichida respublika iqtisodiyotining eng muhim tarmog‘i-paxtachilikni ifodalovchi kartalari bilan ajralib turadi. Respublikada 80-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy kartografiyalash soxasi sezilarli ravishda rivojlana boshladi. Bu holat majmuali ilmiy- ma'lumotnomali “o‘zbekistonni 2 tomli atlasi” da ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ldi. Atlasning birinchiqismi 1982 yilda,ikkinchi qismi esa1985yilda chop etildi. undasanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va xizmat ko‘rsatish sohasiga doir ijtimoiy-iqtisodiy kartalar o‘z aksini topgan. Ushbu atlasni chop etilishi bilan respublika ijtimoiy iqtisodiy kartografiyasida birmuncha rivojlanishi sezilarli bo‘ldi. Atlasda alohida ijtimoiy-iqtisodiy, xususan paxtachilik, irrigatsiya va sug‘orish, qorako‘lchilik va boshqa kartalarni berilishi bilan respublikaning o‘ziga xos tabiiy va xo‘jalik xususiyatlari o‘z aksini topdi. Atlasda deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy kartalarda tasvirlangan voqealar dinamikasi ham ko‘rsatilgan. Atlasning umumiqtisodiy kartasi jami ijtimoiy-iqtisodiy sohalar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni umumlashtiruvchi sintetik modeldir. Ushbu kartalar mazmunining kengligi, ularni keng qirraligi hamda ilmiy va amaliy maqsadlarda ulardan foydalanish imkoniyatlari katta ekanligini ko‘rsatib bergan. Atlas kartalari ilmiy, shu jumladan geografik tadqiqotlarni tipologik va sintetik ko‘rsatkichlari xo‘jalik tarmoqlarini, aholi va unga xizmat ko‘rsatish sohalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni va ularni faoliyatlarini tahlil etishni, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayonlarni rivojlanish sabablarini o‘rganishga hamda ular xaqida bashorat qilishni ta'minladi. Umum iqtisodiy karta xo‘jaliklarning asosiy tarmoqlarining yaxlit tavsifini tayyorlashga, tarmoqlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ifodalashga, hududlarni iqtisodiy taraqqiyotidagi katta farqlarni aniqlashga imkon yaratadi.