Ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi kartalarni o‘qish, analiz qilish, baholash va ularga taqriz yozish Ishning maqsadi - ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi kartalar bilan mukammal tanishish, analiz qilish va ulardan foydalanishni o‘rganishdir.
Ushbu ishni bajarish natijasida talaba ijtimoiy-iqtisodiy mavzuda tuzilgan kartalarni o‘qishni, ularni analiz qilish yo‘llarini puxta egallab olishi kerak, shuningdek, ularga to‘g‘ri baho berib, taqriz yoza oladigan bo‘lishi shart.
Ish turli xil atlaslarda (o‘quv, o‘quv-o‘lkashunoslik, o‘quv-ma’lumotnoma, ma’lumotnoma, ilmiy- ma’lumotnoma va boshqa) berilgan ijtimoiy-iqtisodiy kartalar asosida bajariladi.
Ishni bajarish tartibi.
1. Buning uchun dastlab analiz qilinishi lozim bo‘lgan karta atlasda nima maqsadda berilganligini ko‘rsatiladi.
2. Kartaning matematik elementlarini analiz qilish uchun:
- masshtabi
- proyeksiyasi
- ramkasi, meridian va parallel chiziqlarining qiymmatlarini yozilishi
aniqlanadi.
Kartaning matematik elementlari analiz qilinayotganda ularning har birini xususiyatiga (kartaning asosiy maqsadini nazarda tutgan holda) alohida e’tibor berish zarur.
3. Kartaning mazmunini analiz qilish uchun:
-dastlab kartada qanday ijtimoiy-iqtisodiy xodisa va obyektlar tasvirlanganligi
sanab chiqiladi;
-so‘ngra har bir obyektni qaysi kartografik tasvirlash usulida bajarilganligi
ko‘rsatiladi.
Bu ishlarni bajarishda kartada berilgan shartli belgilardan mukammal foydalanish kerak. Har bir obyektning kartografik tasvirlash usuli to‘g‘risida gapirganda bu usulning mohiyati, afzallik va kamchiliklari ko‘rsatilishi zarur. Kartaning shartli belgilari alohida qog‘ozga chizilib laboratoriya ishiga ilova qilinadi.
4. Kartaga baho berish uchun quyidagi asosiy kriteriyalarni e’tiborga olish zarur:
- maqsad qilib qo‘yilgan ko‘rsatmaga mosligi;
- mazmunning to‘laligi va tugallilik darajasi;
- haqiqiy xolga mosligi;
- o‘qiladiganligi va ko‘rgazmaliligi;
- kartografik jihatdan to‘g‘riligi.
Bu yerda shuni aytib o‘tish kerakki, bu kriteriyalar bir-biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘lik va ularni ajratish nazariy ahamiyatiga qaraganda ko‘proq amaliy ahamiyatga ega.
5. Kartaga taqriz yozish uchun quyidagi sxema tavsiya etiladi:
- Kartaning to‘liq bayoni:
- kartaning nomi, masshtabi, proyeksiyasi, kompanovkasi, formati;
-nashriyotning nomi, nashr qilingan yili va joyi, narxi;
-kartaning oldiga qo‘yilgan maqsad, uning asosiy mazmuni va legendasi.
- Kartografik tasvirlanish usullari bo‘yicha kartaning mazmunini ko‘rib chiqish va baholash. Har bir obyektning tasvirlanish usuliga xarakteristika berishda bu usulning mohiyati, afzallik va kamchiliklari ko‘rsatilishi kerak. Har bir usul misollar bilan bayon etilishi zarur. Karta mazmunini shu kartada ko‘rsatilgan territoriyaning iqtisodiy geografik xarakteristikaga qay darajada mosligini nazarda tutib ko‘rib chiqish va baholash.
-Topilgan hamma xato va noaniqliklar ro‘yxati bilan kartani faktik to‘g‘riligi bo‘yicha ko‘rib chiqish va baholash.
-Mazkur kartani bundan oldingi aynan shu mavzuda tuzilgan karta bilan taqqoslash.
-Umumiy baho va xulosalar.