2-rasm. Demografik jarayonlarni tadqiq qilish metodologiyasi
Shuni takidlash kerakki, demografik jarayonlar kartalarini yaratishda aholi bilan bog‘liq mintaqaviy tadqiqotlarda hududiy komplekslilik asosiy o‘rin tutadi. Kartalarda aholi bandligi va ishsizlikning kelib chiqish sabablari, aholining hududlar kesimida tarqalishi, shuningdek aholini tarkibiy qismi yoshi, jinsi, milliyligi va bilim darajalarini bir-biri bilan bog‘lab o‘rganish va demografik kartalarda tasvirlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu usul albatta kartalashtirish bilan uzviy aloqada bo‘ladi. Ma’lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotlarni ijobiy bo‘lishiga imkon yaratadi.
Tadqiqot olib borishda kartalar o‘rganilayotgan hududning ajralmas bir modeli va bir vaqtning o‘zida tadqiq etish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi. Ushbu usulda voqea-hodisalar haqidagi barcha ma’lumotlar avvalo kartalarda aks ettiriladi va umumiylashtiriladi. So‘ngra bu ma’lumotlar tadqiqot natijalaridan kelib chiqib kartografik ma’lumotlar olinib amaliyotda foydalaniladi.
Qiyosiy (Taqqoslash) tahlil bosqichida Demografik jarayonlarni kartalashtirish va ma’lumotlarni tahlil qilishda bu usul katta ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot ishlari olib borishda mintaqalarni va nisbatan kichik hududlarni qiyoslash ishlari ko‘lamini kengligi aholi kartalarida yaqqol ko‘rinadi. Avvalambor, mintaqa va uning ichki hududlari aholi kartalarini tuzishdan oldin birinchi navbatda taqqoslanadigan ko‘rsatkichlarni qiyoslash uchun bir xil masshtabga keltirish talab etiladi. Bunda quyidagi ketma-ketlikni e’tiborga olinadi:
kartalardagi taqqoslanadigan hodisalar o‘zaro bog‘langan bo‘lishi va yana ularni umumlashtiruvchi kartografik asos bo‘lishi kerak;
mintaqalardagi demografik jarayonlarni taqqoslash ishlarining faqat geodemografik mintaqalar darajasida emas, balki tuman, qishloq, mahalla fuqarolar yig‘inlari darajalarida bo‘lishiga e’tibor berish talab etiladi;
o‘rganiladigan hududlardagi demografik jarayonlarni taqqoslashda bir xil mohiyatni kasb etsa maqsadga muvofiq bo‘ladi;
demografik jarayonlardagi ko‘rsatgichlari yo‘nalishidan kelib chiqib, bir xil o‘lchov birligida bo‘lishi lozim;
demografik jarayonlar taqqoslanganda ko‘rsatgichlar bir xil davrga tegishli bo‘lishi kerak.
Yuqoridagi taqqoslash ketma-ketliklari hududiy kesimda olib boriladi. Bular obyekt doirasida mintaqaning ichki birliklari va obyektdan tashqarida boshqa mintaqalar bilan ham olib boriladi. Nihoyat, kartaga olinayotgan hududning o‘ziga xos xususiyatlari namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |