Kartografik tadqiqot usullari asosida mintaqadagi aholi soni,
tarkibi va joylashuvi, takror barpo bo‘lish xususiyatlarining tahlili
Ishning maqsadi. O‘zbekiston Respublikasining barcha mintaqalari singari janubiy mintaqasida ham, barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan iqtisodiy - ijtimoiy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Albatta, bunda mintaqadagi demografik rivojlanishning o‘rni beqiyosdir. Ijtimoiy manfaatlarga yo‘naltirilgan iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirishda aholining hududlar kesimida joylashishi, aholi sonining o‘sishi, aholi tarkibi, mehnat resurslari kabi jihatlarini o‘rganish va tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Chunki, aholi bir vaqtda asosiy ishlab chiqaruvchi hamda iste’molchi sifatida jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi o‘rinni egallaydi.
Muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, "Mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish" hozirgi kunning dolzarb masalardan biri bo‘lib, demografik vaziyatni muayyan darajada tartibga solishga yo‘naltirilgan.
MDH davlatlarida ijtimoiy - iqtisodiy kartalarini loyihalash va tuzish muammolarining nazariy va amaliy asoslari bo‘yicha quyidagi olimlar N.N.Baranskiy, K.A.Salishev, M.I.Nikishov, A.M.Berlyant, A.P.Zolovskiy, O.A.Yevteyev, I.Yu.Levitskiy, A.A.Lyutiy, A.G.Rudenko, Yu.G.Saushkin, V.S.Tikunov, V.P.Shotskiy.
O‘zbekistonda ijtimoiy - iqtisodiy geografiyaning nazariy asoslarini yaratishda Z.M.Akramov, O.B.Otamirzayev, A.S.Soliyev, M.Q.Qoraxonov, A.A.Qayumov va boshqalarning xizmatlari katta. O‘zbek milliy ijtimoiy - iqtisodiy kartografiyasi sohasini shakillantirishda T.Mirzaliyev, E.Safarov, A.Egamberdiyev, A.Bazarbayev va boshqa olimlarning xizmatlari diqqatga sazovordir.
Ijtimoiy - iqtisodiy va tabiiy voqea - hodisalar o‘zgaruvchanligi va ularni hududiy farqlanishi hamda sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini aniqlash, o‘rganish, tahlil qilib baholash, bashoratlash kabi tadqiqotlarni olib borish uchun kartografik tadqiqot usullaridan foydalanish zarurligini taqozo etadi. Natijalar esa o‘z navbatida turli maqsadli chora - tadbirlarni ishlab chiqishda asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Aholi bilan bog‘liq bo‘lgan kartalarni loyihalash va tuzishda dastlab tahliliy ishlar amalga oshiriladi. Bunda o‘rganilayotgan obyekt hududlarini “Geodemografik” mintaqalarga ajratib o‘rganishni taqazo etadi. Olib borilgan tizimli izlanishlar natijasida ham ko‘rishimiz mumkin. Mamlakatimiz demografiyasini o‘rganishda ko‘pgina olimlar tomonidan quyidagicha geodemografik mintaqalarga ajratib tadqiq qilingan 2.1-rasm.
1. Quyi-Amudaryo demografik mintaqasi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati.
2. Zarafshon demografik mintaqasi: Buxoro va Navoiy viloyatlari.
3. Janubiy demografik mintaqasi: Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari.
4. Samarqand va Jizzax demografik mintaqasi: Samarqand va Jizzax viloyatlari.
5. Markaziy demografik mintaqasi: Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va
Toshkent shahri,
6. Farg‘ona demografik mintaqasi: Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |