Ijtimoiy-iqtisodiy karta eskizini tuzish
Ishining maqsadi. Karta tuzishning asosiy bosqichlari va tartibi bilan to‘la-to‘kis tanishish hamda ularni tayyorlash usullarini amaliy o‘zlashtirib olishdir.
Mazkur ishini bajarish natijasida talaba karta tuzishda qilinadigan ishlarining tartibi va mohiyatini puxta o‘zlashtirib olishi kerak, shuningdek o‘zi mustaqil holda ijtimoiy-iqtisodiy temadagi birorta karta eskizini tuzishi kerak.
Ishni tavsiya etilgan manbalar bilan (materiallar) ma’lum qoida va tartib asosida ishlashga alohida ahamiyat berish zarur.
Ishni bajarish tartibi
Karta eskizini tuzish ishlari ma’lum tartib bilan bajariladi. Bular quyidagilardan iborat:
1. Bo‘lajak kartani asosiy mavzusi va maqsadi bilan tanishish. Ma’lumki, bo‘lajak kartani mavzusi va maqsadini puxta bilish o‘sha kartaning matematik asos elementlarini to‘g‘ri tanlashda, mazmunining to‘laligini, aniqligini va generalizatsiya xususiyatlarini belgilashda, kartografik tasvirlash usullarini, hamda grafik vositalarni tanlashda, jihozlashda va shu kabilarda katta ahamiyatga egadir.
2. Kartani tuzish uchun to‘plangan manbalarni (materiallarni) o‘rganish, tahlil qilish va baholash.
3. Zarur manbalarni (materiallarni) ajratib olish, qayta ishlash hamda qayta ishlangan ma’lumotlarini qayd etgan jadvallarni tuzish.
4. Kartaga tushirilayotgan xodisalarning hamma xususiyatlarini eng yaxshi ochib beradigan kartografik tasvirlash usullarini tanlash.
5. Xodisa va obyektlarni generalizatsiya xususiyatlarini, kalasifikatsiyalash prinsiplari hamda shartli belgilar sistemasini ishlab chiqish.
6. Karta mazmunini mantiqan to‘g‘ri va ilmiy ravishda ochib beradigan legenda loyihasini tuzish.
7. Kartani maket kompanovkasini tuzish (qabul qilinadigan masshtab o‘lchamidagi bir varaq qog‘ozda hamma materiallarii mantiqan to‘g‘ri va estetik did bilan joylashtirishni planlashtirish asosiy kartani, qo‘shimcha (kesma) kartalarni, agar ularga zarurat bo‘lsa, legendalarni, sharxlarni, kartaning nomini, manbalar haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek, kartaning avtori (bajargan talaba) haqidagi ma’lumotlarni joyloshtirish.
8. Geografik asosni tayyorlash. (Odatda, tayyor geografik asos kafedra tomonidan har bir studentga beriladi yoki talabalarning o‘zi tuzilayotgan karta proyeksiyasi va masshtabiga mos tushadigan tayyor kartadan geografik asos elementlarini chizma qog‘ozga kopirovka qilib oladilar).
9. Tayyorlangan geografik asosga kartaning asosiy mazmuning tushirish (o‘tkazish), tasvirni generalizatsiya qilish. Belgilar, kartogramma, kartodiagramma va boshqa usullar bilan statistik ma’lumotlar asosida karta tuzish, boshlang‘ich raqamli ma’lumotlarni qunt bilan tayyorlashni (qayta ishlashni) va geografik asosda kartaga tushurilishi lozim bo‘lgan hodisa va obyektlar biriktirilgan (bog‘langan) punktlar (belgilar usulida), muayyan territorial ishlab chiqarish komplekslari hamda territorial birlik chegaralarini (kartogramma va kartodiagramma usulida) tushirishni taqozo etadi.
Dastlab karta qalamda tuziladi, so‘ngra tush va bo‘yoqlar bilan rasmiylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |