Yangi mavzu bayoni:
Xazrat Alisher Navoiyning «Mahbub ul qulub» asari ham an’anaviy mumtoz adabiyotiga xos bo‘lgan Ollohga va uning payg‘ambarlariga hamd aytish bilan boshlanadi. Asarning yozilish sabablari va boislari keltiriladi. Bu asar buyuk mutafakkirning yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlarni o’zida ifodalagan bo’lib, 1500 –yilda yozilgan . ya`ni buyuk shoir Navoiyning 60 yillik hayotiga yakun bo’lgan asardir. Asar 3 qismdan iborat:
1.har xil odamlarning fe`l atvori va ahvoli haqida.
2. yaxshi fe`l xususiyati va yomon xislat kasofati haqida.
3. turli foydali kuzatishlar va misollar haqida.
Sizlarga ma`lumki, Mahbub qulub asaridan Saxovat va hikmat, Hilm (Muloyim tabiatlik),
Nazm guruhiga:
….insoniyat bog‘ining hosildor daraxti, balki u daraxtning foydali mevasidir. …odamiylik mulkining mavj urib turgan dengizidir, balki u to‘lqinli dengizning bebaho gavharidir. …odam yog‘insiz bahor bulutiga va hidi yo‘q mushk-anbarga o‘xshaydi.
Javob : saxovatli va saxovatsiz
Safarning foydalari to’g’risidagi boblarni o’rgandik. Keyingi shartda olgan bilimlarimizni mustahkamlab, charxlab olamiz. Ta`rif va ijodkor usulidan foydalanamiz.
Navo guruhiga:
Yel, agar ko‘kka yetsa ham, baribir, yengil va qadrsiz; tog‘, agar tuproqqa botsa ham salobatlidir. Yelning orasida o‘tga yoqiladigan xas-xashaklar bor; …mazmunida esa, shoh tojiga qadalgudek cho‘g‘ kabi qizil la’l bor. Javob: Hilm
Zukkolar guruhiga:
…– ayriliqqa uchraganlarni maqsadiga yetkazuvchi va mahrumlarni murod uyiga olib kiruvchidir. …– xom odamlarni pishiruvchi va taomlarni singdiruvchidir…. kishilarni olam ajoyibotlaridan bahramand qiladi, g‘aroyibotlar dunyosidan xabardor qiladi.
Javob: Safar
O’quvchilarga vazifa qilib “Mahbub-ul qulub” asaridagi hikmatlardan yodlab kelish aytilgan edi.
O`quvchilar: ulug` mutafakkirni hikmatli so`zlari ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Masalan :
Oz-oz o`rganib dono bo`lur.
Qatra- qatra yeg`ilib daryo bo`lur
Tilga e`tiborsiz- elga e`tiborsiz
Yigitlikda yig` ilmning maxzani,
qarilik chog`ida xarj qilg`il ani,
Haq yo`linda kim senga bir harf o`qitmish ranj ila,
Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz ganch ila.
O`quvchilar fikrlarini tinglagach o`qituvchi ham bir necha hikmatlar aytib o`tadi:
Odamiy ersang demagil odamiy
Onikim, yo`q xalq g`amidin g`am
O’quvchilar o’zlari tayyorlab kelgan Navoiy va Lutfiy suhbati sahna ko’rinishi namoyish qiladilar.
Hosildor daraxt
Mevali daraxt
Saxovat
Dur
Gavhar
Dengiz
Klaster usulida darslikdan foydalanib saxovat, hilm,safar so’zlariga ta`rif beriladi.
Lirik chekinish: qizlar raqs tushadilar.
Dars xulosalanib boholar umumlashtiriladi. G’olib guruh aniqlanadi. Baholanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |