6. Issiqlik sig‘imi
Jismni bir gradusga isitish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdori jismning issiqlik sig‘imi deb aytiladi. Turli xil moddalarni bir xil temperaturagacha isitish uchun ularning har biriga turlicha miqdordagi issiqlik energiyasini uzatish zarur bo‘ladi. Bu hol moddaning agregat holatiga va tuzilishiga bog‘liq.
Bu ta’rifdan moddaning issiqlik sig‘imi jismning ekstensiv xossasi ekanligi kelib chiqadi. Haqiqatan ham, ayni jism tarkibidagi moddalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, shu jism issiqlik sig‘imining kattaligi ham shunchalik katta bo‘ladi.
Modda miqdori birligining issiqlik sig‘imi solishtirma issiqlik sig‘imi deb aytiladi. Solishtirma issiqlik sig‘imi moddaningt intensiv xossasidir, ya’ni uning kattaligi moddaning tizimdagi miqdoriga bog‘liq bo‘lmaydi. Biz bundan buyon faqat solishtirma issiqlik sig‘imi bilan ish olib borishimiz tufayli solishtirma issiqlik sig‘imini soddagina qilib issiqlik sig‘imi deb ataymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |