№ 2. Hayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari.
Reja:
1. Hayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari va vazifalari.
2. Hayotiy faoliyat xavfsizligi nazariyasining asosiy tushuncha va ta‘riflari.
3. Hayotiy faoliyat xavfsizligini ta‘minlash yo’llari, asoslari, usullari, choralari va boshqarish vositalari.
Inson mehnati va bu mehnat jarayonida uning xavfsizligini ta‘minlash har bir jamiyatning ustivor yo’nalishlaridan biri bo’lmog’i lozim. Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan qabo’l qilingan "Inson xuquqlari Umumjaxon deklaratsiyasida" hayot, erkinlik, mehnat va shaxsiy daxlsizlik masalalariga alohida e‘tibor qaratilgan.
Hayotiy faoliyat xavfsizligi - mehnat xavfsizligi va qonunchiligini chuqur o’rganish, bilish tashviqot qilish va odamlarni xavf-xatardan himoya qilish masalalari asosida tarbiyalashdir.
Buning ilmiy zamini esa ishlab chiqarishda shikastlanish, kasbiy kasalliklar, yong’in va xalokatlar sabablarini har tomonlama tahlil qilish, mehnat jarayonida qo’llaniladigan asbob anjomlarning xavfsizlik va zararlilik darajasini o’rganishdan iborat.
Mehnatni ilmiy tashkil etish ishlab chiqarishga muntazam ravishda joriy etiladigan fan yutuqlariga hamda ilg’or tajribaga asoslanadi, mehnat va moddiy boyliklardan keng va samarali tarzda foydalanishni ta‘minlaydi, inson sog’lig’ini saqlashga yordam beradi hamda mehnatni hayotiy extiyojga aylantiradi.
Xavf-xatar deganda, odam sog’lig’iga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazadigan ko’ngilsiz hodisalar tushuniladi.
Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni o’z ichiga oladi, chunki hayotiy faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda to’tadi. Hayotiy faoliyatga tug’ri kelmaydigan elementlar tizimi, kimyoviy hamda biologik faol moddalar yashirin xavfga egadir.
Xavflar taksonomiyasi - bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash tug’risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o’rganishda katta ahamiyatga ega.
Xavflar ro’yxati- bu aniq bir tartiblar bo’yicha qo’yilgan nomlar, atamalardir (o’zgaruvchan harorat, havo tezligi, bosim, yorug’lik, havoni ionizatsiyalash, portlash, gerbittsed, shovqin, tebranish, yong’in, zaharli moddalar, lazer nuri, elektr yoki va xakozo). Har bir tekshiriladigan ob‘ektda o’tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu ob‘ekt (tsex, ish joyi, texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ro’yxati tuziladi.
Xavflar kvantifikatsiyasi hayotiy faoliyat xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan tadbirlar uchun yetarli darajada kerak bo’lgan miqdoriy, vaqtincha, fazoviy va boshqa xususiyatlarni aniqlab amalga oshirish jarayonidir. Tenglashtirish jarayonida aniq bir masalani hal qilishda xavflar ro’yxati, zarar va boshqa omillar aniqlanadi.
Sabab va oqibatlar. Yashirin xavflarning amalga oshishiga olib keladigan sharoit - sabab deb ataladi.
Sabablar jarohatlar, yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi (epidemiya), atrof-muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Xavf, sabab, oqibat uchligi - bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga oshiruvchi mantiqiy jarayondir. Masalan: zahar (xavf)- dori tayyorlovchining xatosi (sabab)- zaharlanish (kungilsiz oqibatlar).
Mo’tloq xavfsiz bo’lgan ish (faoliyat) bo’lishi mumkin emas. Demak, faoliyat qanday bo’lmasin, unda yashirin xavf bo’ladi. Bu aksioma hayotiy faoliyat xavfsizligida metodologik ahamiyatga ega.
Tavakkal nazariyasi. 1950 yil sentyabr oyida Germaniyaning Kyoln shahrida bo’lib o’tgan birinchi jaxon kongressida hayotiy faoliyat xavfsizligi fan deb qabul qilindi. Olimlar o’z ma‘ruzalarida "tavakkal" tushunchasini qulladilar va bu tushunchani har bir olim o’zicha talqin qildi. Masalan, V. Marshal "tavakkal, bu xavfning miqdoriy bahosidir" deydi. Miqdoriy baho kungilsiz hodisalarning aniq bir davr ichida bo’lib o’tgan sonining bo’lishi mumkin bo’lgan soniga nisbatidir. "Tavakkal" ni aniqlashda nimani "tavakkali" deyish mumkin savoliga javob berish kerak.
Tavakkalning turlari. Tavakkal ikki xil bo’ladi; shaxsiy "tavakkal" - ayrim shaxs uchun aniq xavf turi; ijtimoiy yoki ko’pchilik "tavakkali" takroriy hodisalar natijasida jaroxatlangan insonlar orasidagi bog’liqlik.
Xavflarni baholashda tavakkal ("T") usulini qo’llash boshqa usullarga qaraganda ko’prok tug’ri keladi, deb hisoblanadi.
Tavakkalni tasniflash. "T"ni baholashdan uni "Foyda" bilan solishtirish, ya‘ni odam hayotini saqlab qolish uchun pul birligi kirgizilish taklif qilindi. Ko’p olimlar bunga norozilik bildirishdi, chunki odam hayotining bahosi yo’k. Lekin odam hayotini saqlab qolish uchun qancha mablag’ sarf qilish kerak deganda bunday baho kerakdir. Xorijda o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra odam hayoti AQSH da 650 mingdan 7 mln dollargacha baholanar ekan.
Xavflarni o’rganish tartibi 3 bosqichda amalga oshiriladi:
I bosqich - xavflarni oldindan tahlil etish. Bu bosqich 3 qadam bilan bajariladi: 1-qadam-xavf manbalarini aniqlash; 2-qadam-xavflarni vujudga keltiradigan qismlarni aniqlash; 3-qadam-taxlilni chegaralash, ya‘ni tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib tashlash.
II-bosqich - xavfli holatlarning ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar «daraxti» (shajarasi)ni tuzish. «Xavflar daraxti» yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablari hisobga olingan holda tamom bo’ladi.
SH bosqich-oqibatlarni tahlil qilish.
Xavfsizlik tizimi, bu- xavfsizlikning murakkab masalalarini hal qilish yo’llarini tayyorlash va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig’indisidir. O’zaro ta‘sir bilan aniq bir maqsadga erishtiradigan aloqador qismlar yig’indisi tizim dab ataladi.
Tizim deganda birgina moddiy ob‘ektdan tashqari aloqador va bog’lanishlar ham tushuniladi. Har qanday sozlangan mashina texnik tizimga misol bo’lishi mumkin.
Tarkibiga odam ham kiradigan element tizimi - ergatik tizim deb ataladi. Masalan, «odam - mashina», «odam - mashina - atrof muhit».
Tizimlash tamoyili hodisalarini o’zaro bog’liq ravishda bir to’plam tariqasida o’rganadi. Tizim beradigan maqsad yoki natija tizim yaratuvchi element deb aytiladi.
Masalan, yong’in - yonuvchi modda, oksidlovchi, kislorod, yondiruvchi. Bu yerda yong’in tizim, yonuvchi modda - oksidlovchi, yondiruvchi - uning elementlari. Agar birorta elementni shulardan chiqarib tashlasak, tizim bo’ziladi. Tizimda bor sifat uning elementlarida bo’lmaydi.Bu tizimning muhim xususiyati bo’lib xavfsizlik masalalari tahlil asosida joylashgan. Kungilsiz voqealarni paydo bo’lish sabablarini aniqlash ularni kamaytirishga qaratilgan tadbirlar xavfsizlik tizimining asosiy maqsadidir. Har qanday sabab natijasida vujudga kelgan xavflar zarar keltiradi. Sababsiz xaqiqiy xavf ham zarar ham yo’q. Demak xavfdan saqlanish uning kelib chiqish sabablarini bilishga asoslangan.Sodir bo’lgan xavflar bilan sabablar o’rtasida sabab oqibat alokasi bor. O’z navbatida bir sabab ikkinchi sababiy oqibatni keltirib chiqaradi va hakozo.SHunday qilib sabablar va xavflar zanjirsimon tizimni yaratadi. Bunday grafikning tasviri shoxli daraxtga uxshaydi. Xorijda «Sabablar daraxti», «Inkorlar daraxti», «Xavflar daraxti» va bo’lak har xil «daraxtlar» degan tushuncha «daraxtlar» ning tuzish uchun kerak raqamlar mavjud. Ko’riladigan «daraxtlar» da sabab va xavf «shoxlar»i bor ularni o’zaro ajratib tashlash mumkin emas.SHuning uchun xavfsizlikni taxlil etishda tuzilgan tasvirni «sabablar va xavflar daraxti» deb atash lozim.
Tahlil usuli. Xafsizlikni kungilsiz voqea ro’y berishidan oldin (aprior) yoki keyin (aposterior) taxlil qilish mumkin. Har ikki holda qo’llaniladigan usul bevosita yoki aksincha bo’ladi.
Aprior tahlilida shu tizimga xos bo’lishi mumkin bo’lgan (yashirin) kungilsiz voqealar tanlab olinadi va ularni yaratuvchi bir qancha holatlar to’plami tuziladi. Aposterior taxlil esa kungilsiz voqea yuz bergandan so’ng kelajakda tadbirlar ishlab chiqishdir. Bu ikki usul bir-birini to’ldiradi.
Tug’ri usulda tahlil qilishda oqibatni oldini ko’rish uchun sabablar o’rganiladi. Teskari usulda esa oqibat taxlil qilinib sabablari aniqlanadi. Bu usullarning asosiy maqsadi kungilsiz voqealarning oldini olishdir. Vokeaning kelib chiqish ehtimoli va tezligi ma‘lum bo’lsa voqeaning taxminan qanday natija bilan tamom bo’lishini aniqlash mumkin.
Xafsizlikning taxlilida tizimning parametrlarini yoki chegarasini aniqlash asosiy masala hisoblanadi. Agar tizim juda ham chegaralangan bo’lsa biror xafli hollar yoki ommalar e‘tiboridan tashqarida qolishi yoki agar tizimga o’ta keng qaralsa, taxlil natijalari noaniq bo’lishi mumkin. Taxlil o’tkazish darajasi aniq maqsadlarga bog’liq. Aniq bir holatda ogohlantirish yo’li bilan ta‘sir qilish mumkin bo’lgan hodisalarni aniqlash umumiy ish uslubi hisoblanadi.
Hayotiy faoliyat xafsizligini ta‘minlash asoslari. Xavfsizlik umumiy nazariyasini tuzilishida asoslar va usullar ko’rilayotgan sohadagi aloqalar tug’risida to’liq tasavvur qilishda metodologik ahamiyatga ega.
Asos - bu fikr, goya, maqsad (asosiy holat) dir.
Usul - bu eng umumiy qonuniyatlarni bilish orqali maqsadga erishish yo’li.
Xavfsizlikni ta‘minlash asoslari, usullari mantiq hamda dialektikaga xos umumiy usullarga tegishli bo’lmay maxsus va ayrim usullardan hisoblanadi. Usullar va asoslar o’zaro bog’liqdir. Xafsizlikni ta‘minlash choralari, bu - usullarni va asoslarni amaliy tashkiliy , moddiy gavdalantirib amalga oshirishdir .
Asoslar, usullar, choralar xavfsizlikni ta‘minlashda mantikiy pog’onalardir. Ularni tanlab olish faoliyatning aniq sharoitlariga, xavfning darajasiga va boshqa mezonlarga bog’liq
Xavfsizlikni ta‘minlash yo’llari ko’p. Ularni belgilariga qarab bir necha sinflarga ajratish mumkin. Masalan, yo’naltiruvchi texnik, tashkiliy, boshqaruv.
Yo’naltiruvchi belgilar: operatorning faolligi; iqtidori; tuzilishning tartibsizlanishi (destruksiya); operatorni almashtirish; tasniflash ; xavflarni yo’qotish; tartiblash; xavfni kamaytirish .
2 . Texnik belgilari : blokirovkalash; vakuumlash; germiteklash; masofa bilan himoyalash; maxkamlash; to’siqlar orqali himoyalash; ojiz zveno ko’llash; siqilgan havo qo’llash; harakatlarni sekinlashtirish.
3. Tashkiliy belgilari; vaqt bilan himoyalash axborot (ma‘lumotlar); zaxiralash; mos kelmaslik; me‘yorlash; xodimlar tanlash; ergonomiklik.
4. Boshqaruv: moslik; nazorat; qarshi aloqa; javobgarlik; rejalik; rag’batlantirishlar; samaradorlik; boshqarish.
Xavfsizlikni ta‘minlash usullari, ta‘riflari. Inson mehnat faoliyati jarayonida bo’ladigan fazo - ish joyi (gomosfera), doim mavjud yoki vaqti - vaqti bilan xavf paydo bo’ladigan fazoni noksosfera deyiladi.
Xavfsizlikni ta‘minlashga qo’yidagi usullar orqali erishiladi: A) gomosfera va noksosferani fazoviy va vaqt bo’yicha ajratib kuyish, buni hal qilish uchun masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, robotlashtirish vositalari yordamidan foydalaniladi;
V) Xavflarni yo’qotish yo’li bilan noksosferani meyorlashtirish. Bu usulga ishchilarning shovqin, gaz, changdan jaroxatlanishidan saqlovchi shaxsiy va birgalikdagi himoya vositalarini qo’llashi kiradi;
D) Bu usul ishchilarni tegishli muxitga moslashishga, ularni himoyalash darajasini ko’tarishga yo’naltirilgan har-xil vositalar va usullar: kasbiga qarab tanlash, ruhiy ta‘sir va (shaxsiy) himoya vositalarni qo’llashni o’z ichiga oladi. Amalda esa yuqorida aytilgan usullar birgalikda qo’llaniladi.
Xavfsizlikni ta‘minlovchi vositalarga, jamoa va shaxsiy himoya vositalari kiradi (JHV va ShHV). Ular o’z navbatida xavflarning turi, tuzilishi, ishlatish sohasiga ko’ra guruhlarga bo’linadi.
Hayotiy faoliyat xavfsizligini boshqarishning uslubiy asoslari. HFX to’g’risida tushuncha. HFX uslubiy va boshqaruv masalalarining xavfsizlik darajasi va «T» ga ob‘ektiv ta‘siri katta. HFX boshqarilishida inson - muhit tizimi tushuniladi. HFX ni boshqarish ob‘ektni xavfli holatdan ham xavfli holatga o’tkazishdir. Bunda iqtisodiy va texnik maqsadga muvofiqlik shartlariga amal qilinadi.
HFX ni boshqarishning vazifalari qo’yidagilardan iborat:
Ob‘ekt holatining tahlili va bahosi.
Boshqarishning tadbirlari.
Boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlarni tashkil qilish.
Boshqarishning tashkiliy ishlarini nazorat qilish va tekshirish tizimlarini yaratish.
Tadbirlarning ta‘sir qilishini, foydasini aniqlash.
Rag’batlantirish.
HFXni boshqarish vositalari. HFXning aspektlariga loyiq juda ko’p boshqaruv vositalari mavjud. Bular qatoriga xalq ommasining ma‘rifati, kasbni tanlash va o’rganish, odamlarda intizom madaniyatini tarbiyalash, boshqariluvchi shaxslarga (sub‘ektlarga) ruxiy ta‘sir, shaxsiy va jamoa himoya (SHHV va JHV) hamda texnik vositalari kabilar kiradi.
Faoliyatni turkumlarga ajratish. Inson - muhit, inson - ishlab chiqarish va boshqa tizimlar murakkab ko’p tarkibli uyushmalardan (tizilmalardan) hisoblanadi. Xavflarni o’rganish va tahlil jarayonida tarkiblarga ajratiladi.
Aniq faoliyat sharoitlarida bu turkumlar (elementlar) yanada ravshanlashadi. Shuning uchun faoliyatni loyihalashda uning turkumlarini (elementlarini) yetarli darajada aniqlab, tug’ri keladigan axborot manbalaridan foydalanib, ularning xavfli xususiyatlari topiladi.
Tехnоsferа - o’tmishdа biоsfyerаgа tааlluqli bo’lgаn kеyinchаlik insоnlаrning o’zining mоddiy vа ijtimоiy-iqtisоdiy ehtiyojlаrini yanаdа yaхshilаsh mаqsаdidа to’g’ridаn to’g’ri yoki sirtdаn tехnik vоsitаlаr bilаn tа’sir etgаn hududdir. Tехnоsferа insоnlаr tоmоnidаn tехnik vоsitаlаr yordаmidа yarаtilgаn shаhаrlаr, qo’rg’оnlаr, qishlоq аhоli punktlаri, sаnоаt vа kоrхоnаlаr zоnаsi bаnd etgаn hududlаr hisоblаnаdi. Zаmоnаviy industriаl jаmiyatdа insоn аtrоf-muhit kоmpоnеntlаri (biоsfyerа, tехnоsferа vа ijtimоiy muhit) bilаn o’zаrо tа’sirdа bo’lаdi. Ya’ni insоn tаbiiy аtrоf-muhitgа uzluksiz tа’sir etsа, o’z nаvbаtidа biоsfyerа vа insоnning ehtiyojlаridаn kеlib chiqib uning uzluksiz jismоniy vа аqliy fаоliyatining mаhsuli bo’lgаn tехnоsferа vа ijtimоiy muhit hаm insоngа to’g’ridаn to’g’ri yoki sirtdаn dоimiy tа’sir etаdi. Yuqoridа qаyd etilgаnlаr аsоsidа quyidаgichа хulоsа chiqаrish mumkin: 1. Zаmоnаviy insоn uni o’rаb turgаn аtrоf-muhitning tаshkil etuvchilаri ya’ni, tаbiiy, tехnоgеn (tехnоsferа) vа ijtimоiy muhit bilаn uzluksiz o’zаrо tа’sirdа bo’lаdi; 2. XIX аsr охiridаn bоshlаb vа XX dаvоmidа tехnоsferа vа ijtimоiy muhit uzluksiz rivоjlаnmоqdа, bungа ushbu sоhаdа insоn fаоliyati оrqаli o’zgаrtirilgаn ulushlаrni оshib bоrаyotgаnligi isbоtdir; 3. Tехnоsferаni rivоjlаnishi tаbiiy muhitni o’zgаrtirish hisоbigа аmаlgа оshmоqdа. Хаvfsizlik umumiy nаzаriyasining tuzilishidа аsоslаr vа usullаr ko’rilаyotgаn sоhаdаgi аlоqаlаr to’g’risidа to’liq tаsаvvur qilishdа mеtоdоlоgik аhаmiyatgа egа. Аsоs, bu - fikr, g’оya, mаqsаd (аsоsiy hоlаt)dir. Usul, bu – eng umumiy qоnuniyatlаrni bilish оrqаli mаqsаdgа erishish yo’lidir. Хаvfsizlikni ta’minlash аsоslаri, usullаri mаntiq hаmdа diаlеktikаgа хоs umumiy usullаrgа tеgishli bo’lmаy, mахsus vа аyrim usullаrdаn hisоblаnаdi. Usullаr vа аsоslаr o’zаrо bоg’liqdir. Хаvfsizlikni ta’minlash chоrаlаri, bu – usullаrni vа аsоslаrni аmаliy, tаshkil iy, mоddiy gаvdаlаntirib аmаlgа оshirishdir. Аsоslаr, usullаr, chоrаlаr хаvfsizlikni tа’min etishdаgi mаntiqiy pоg’оnаdir. Ulаrni tаnlаb оlish fаоliyatning аniq shаrоitlаrigа, хаvfning dаrаjаsigа vа bоshqа mеzоnlаrgа bоg’liq. Хаvfsizlikni ta’minlash yo’llаri ko’p. Ulаrni bеlgilаrigа qаrаb bir nеchа sinfgа аjrаtish mumkin. Mаsаlаn, yo’nаltiruvchi, tехnik, tаshkil iy, bоshqаruv. 1. Yo’nаltiruvchi bеlgilаri: оpyerаtоrning fаоlligi, iqtidоri; tizimning tаrtibsizlаnishi (dеstruktsiya), оpyerаtоrni аlmаshtirish, tаsniflаsh, хаvflаrni yo’qоtish, tаrtiblаsh, хаvfni kаmаytirish. 2. Tехnik bеlgilаri: blоkirоvkаlаsh, vаkuumlаsh, gyermеtiklаsh, mаsоfаdаn bоshqаrish, mаhkаmlаsh, to’siqlаr оrqаli himоyalаsh, оjiz zvеnо qo’llаsh, siqilgаn hаvо qo’llаsh, hаrаkаtlаrni sеkinlаshtirish. 3. Tаshkil iy bеlgilаri: vаqt bilаn himоyalаsh, ахbоrоt (mа’lumоtlаr), zаhirаlаsh, mоs kеlmаslik, mе’yorlаsh, хоdimlаr tаnlаsh, ergоnоmiklik. 4. Bоshqаruv: mоslik, nаzоrаt, qаrshi аlоqа, jаvоbgаrlik, rеjаlilik, rаg’bаtlаntirishlаr, sаmаrаdоrlik, bоshqаrish.
Do'stlaringiz bilan baham: |