Oxirgi bosish–bu kontakt prujinasi hosil qiladigan kuchdir (kontaktor to’la ulangan holatda).
Oxirgi bosishni tekshirish kontaktor to’la ulangan holatda bo’lganda boshlang’ich bosishini tekshirish kabi bajariladi, faqat bu holda qog’oz harakatlanadigan va harakatlanmaydigan kontaktorlar orasiga qo’yiladi (5–rasm, b qarang).
Kontaktorlarni bosish qiymati harakatlanadigan kotaktorlar tutqichi skobasining holatni o’zgartirib rostlanadi; skobaning holati tutqich 5 ni xomutlar 7 bilan val 6 ga maxkamlanadigan gaykani burab tortib yoki bo’shatib o’zgartiriladi.
Kontaktlarnig ochilishi darajasi, susayishi va kontaktlarning bosilishini rotlash uchun mahlumotlar apparatning zavod ilova qilgan pasportidan olinadi.
Nazorat savollari:
SHMA shinali o’tkazgichning tuzilishining bayon qiling.
SHMA shinali ztkazgich qayday tartibda montaj qilinadi?
Qisqa tutashtirilgan rotorli elektr dvigatelg’ qanday tuzilgan va faza rotorli dvigatelg’dan nimasi bilan farq qiladi?
Qanday apparatlar va nima uchun noavtomatik apparatlar deyiladi?
Uch fazali kontaktor qanday tuzilgan?
Mavzu:SHinali o’tkazgichlarni montaj qilishga . Reja:
1. Ochiq shinali o’tkazgichlarni montaj qilish
2. Yopiq shinali o’tkazgichlarni montaj qilish
1. Ochiq shinali o’tkazgichlarni montaj qilish Ochiq shinali o’tkazgichlar kronshteynlar, ustunlar va tayanch tuzilmalarda o’rnatiladigan izolyatorlarga bolg’tlar yoki skobalar vositasida mahkamlangan to’g’ri burchakli, qutisimon yoki naychasimon profilli po’lat, alyuminiy yoki mis shinalardan tuzilgan qurilmadir. SHinali o’tkazgichlarning tayanch tuzilmalari binoning qurilish elekmntlariga (devorlar, shiplar, fermalar, kolonnalar) mahkamlanadi. SHinali o’tkazgichlarni montaj qilish trassani rejalashdan boshlanadi. Rejalash so’rilar, havozalar yoki teleskopik vishkalarda turib po’lat ruletka va andozalar yordamida bajariladi. SHinali o’tkazgichlarning trassasi uning yo’lida truboprovodlar, ventilyatsiya qutisi kabi tsex kommunikatsiyalari bo’lmagan joylarda o’tkazilishi kerak, chunki shularga o’xshash to’siqlarni aylanib o’tish mahlum qiyinchiliklar tug’diradi va shuning uchun iloji boricha bunday to’siqlardan narida o’tkazishga harakat qilinadi.
SHinali o’tkazgichlarni mahkamlash uchun tayanch tuzilmalar poldan bir xil balandlikda va bir–biridan loyihada ko’rsatilgan masofada o’rnatiladi. Izolyatorlar tayanch tuzilmalarga tayanch tuzilmalarni devorlar, fermalar yoki kolonnalar mahkamlashdan oldin o’rnatiladi.
O’lchamlari 100x10 mm li to’g’ri burchakli shinalar maxsus qaychilar bilan kesiladi. Katta kesimli va profilli alyuminiy shinalar shina kesgich stanoklarda yoki slesarlik dastarra bilan kesiladi. To’g’ri burchakli shinalarni ustma–ust qo’yib, shinaning eni 60 mm gacha bo’lganda ikkita bolg’t bilan, eni 80 mm va undan katta bo’lganda to’rtta bolg’t bilan biriktiriladi. Alyuminiy shinalarning bolg’tlar bilan tutashtiriladigan qismlariga oldin vazelin suriladi va shina frezerlash stanogida ishlov beriladi yoki shinalar tutashtiriladigan joyda ishonchli kontakt hosil qilish uchun yirik tishli egov bilan egovlanadi. Bolg’tning kallagi va shaybalar qo’yiladi.
Alyuminiy shinalarni bolg’tlar bilan tutashtirish uncha ishonchli emas; ishlatish davomida ko’pincha bahzi bir qismlari juda qizib ketishi natijasida bunday birikmani qaytadan tutashtirishga to’g’ri keladi. O’zgarmas yoki o’zgaruvchan tokda elektr yoy bilan, shuningdek argon–yoy bilan payvandlab biriktirishning ancha ishonchli usuli hisoblanadi. To’g’ri burchakli, qutisimon va naychasimon profilli shinalarning payvandlangan birikmalari 1–rasm, a, b, v larda ko’rsatilgan. SHinalar ularni tayanch tuzilmalarga o’rnatishdan oldin, biroq faqat zarur sharoitlar bo’lgandagina va shinalarni tayanch tuzilmalarga yotqizilgandan keyin maxsus moslamalar payvandlanadi.
1–rasm. Payvandlab biriktirilgan shinalar:
Do'stlaringiz bilan baham: |