2 Hamshiralik p65


Shifoxonada boxhqaruv ixhini taxhkil etixh



Download 4,42 Mb.
bet36/38
Sana07.04.2022
Hajmi4,42 Mb.
#535004
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
hamshiralik ishi asoslari

8.1. Shifoxonada boxhqaruv ixhini taxhkil etixh


Menejment asoslari mamlakatning siyosiy iqtisodiy hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, ishlab chiqarishni boshqarishda demokratik tamoyillarning rivojlanishi tibbiy muassasa rahbarlari va xizmatchi- laridan boshqaruvning zamonaviy uslub va shakllarini chuqur o‘rga- nishni talab qiladi.


Menejment — boshqaruv ma'nosini ifodalab, keng miqyosda samarali natijalarga erishish uchun kam vaqt va kuch sarflab, boshqaruv obyektiga uzluksiz ta'sir etish jarayonidir. Boshqaruv bu qadimgi san'at va yangi fandir. Boshqaruv siyosiy-iqtisodiy, texnologik, ijtimoiy va axloqiy tizimlarning bir qisrni bo‘lib, o‘zining yo‘nalishi, tamoyillari va uslubiga ega. 'og‘liqni saqlash tizimida boshqaruv asoslari ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, maqsadli boshqaruv:

  • aniq, qisqa ifodalangan maqsadni ishlab chiqish;

  • aniq rejalarni ishlab chiqish va ularga erishish;

  • ish va natijalarni uzluksiz nazorat qilish va belgilash;

  • rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun yangi chora-tadbirlarni qo‘llash.

Hozirda boshqaruv jamiyat rivojlanishining asosiy omili bo‘lib qoldi.
Bugungi kunda:

  • boshqaruv zamonaviy jamiyatning umumiy va bosh vazifasidir;

  • boshqaruvning asosiy vazifasi — bilimning samaradorligi;

  • boshqaruv nafaqat ish faoliyati, balki madaniyat va tizim boyligidir;

  • boshqaruv insoniyat faoliyatining mahsuli bo‘lib, shu bilan birga umuminsoniy muammo hisoblanadi;

  • boshqaruv iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni barpo qiladi.

Boxhqaruvning axoxiy ilmiy tamoyillari:

  • boshqaruvga tartibli yondoshish;

  • boshqaruvning maqsadini aniqlash;

  • ishchilarni rag‘batlantirishning moddiy va ma'naviy usullarini birga qo‘llash;

  • boshqaruvda rejali va bozor usullarini birga qo‘llash.

'og‘liqni saqlash tizimidagi boshqaruv o‘ziga xos boshqaruv bo‘lib, bunda sog‘liqni saqlash tashkilotlarining asosiy maqsadi odamlar sog‘lig‘ini saqlash va shu bilan jamiyat salomatligini yaxshilashdir. Aholining soglig‘i
milliy boylikning asosi bo‘lib, milliy daromadning ma'lum qismi sog‘liqni saqlashga ajratiladi, ammo moddiy boylik yaratish uchun sog‘liq ham zaxira sifatida «ishlatiiadi». Umuman olganda, o‘rtacha umr ko‘rish mamlakat iqtisodi, milliy xo‘jalik samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin. 'og‘liqni saqlash sohasida boshqaruvning samaradorligini baholashda buni, albatta, inobatga olish zarur.
Sog‘liqni xaqlaxh tizimidagi boxhqaruv tamoyillari:

  • sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarining maqsadlari boshqa sohalar maqsadlaridan o‘zgacha bo‘lib, bu jarayon nafaqat qiyinligi bilan, balki natijalarni xulosalashi bilan farq qiladi.

  • sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarida o‘z ishchilari xizmat faoliyatini nazorat qilish juda past darajada (bu shifokorlarga oid) bo‘lganligi uchun ma'muriy muassasa xodimlari tibbiy xizmat ko‘rsatish miqdorini emas, balki sifatiga qayg‘urishlari lozim.

  • sog‘liqni saqlash tizimining boshqa sohalardan farqlovchi belgisi bu tibbiy xodimlarning yuqori ixtisosligi va shu bilan bir qatorda turli xil mutaxassis guruhlarining bir-biriga o‘zaro bog‘liqligidir. 'huning uchun ham sog‘liqni saqlash tizimida boshqaruv ilmi va amaliyotini, balki tibbiy bilimning asoslarini ham yaxshi bilish lozim.

Menejerlar — boshqaruv bo‘yicha aniq vazifani amalga oshiradigan ma'lum darajadagi kishilardir. Tashkilotning qanday bo‘lishidan qat'i nazar boshqaruvda ularning o‘rni katta.
Menejment — bu loyiha, dastur va tashkiliy ishlarga rahbarlik qiluvchi, ma'lum qoida va sharoitlardan kelib chiqqan holda ish olib boruvchi faol shaxsdir.
Menejer — boxhqaruvchi vazifalari:

  • boshqaruv, sardorlik, shaxslarning o‘zaro munosabati;

  • axborotni tekshirish va tarqatish, fikrlarni umumiy ifodalash;

  • qaror qabul qilish, ishbilarmonlik, tartibsizlikni bartaraf etish, zaxirani taqsimlash, muzokaralar olib borishdir.

Menejment boxhqaruv uch pog‘onadan iborat bo‘lib:

  • birlamchi quyi pog‘ona — bu katta tibbiyot hamshirasi hisoblanadi va bevosita qo‘l ostidagi xodimlarini boshqaradi;

  • o‘rta pog‘onadagi boshqaruv — bu muassasa katta hamshirasi boshqaruvi bo‘lib, quyi pog‘ona xodimlarini nazorat qilish va ular faoliyatini yo‘naltirish huquqiga ega;

  • yuqori pog‘onadagi boshqaruv — bu muassasada hal etiladigan barcha muhim masalalarga javob beruvchi shaxs, ya'ni muasssasa shifokori hisoblanadi.

Uning majburiyati, burchi kadrlarni tanlash, malakasini oshirish, ularni qayta guruhlashdir. Vazifasi: hamshiralarni boshqarish, ular faoliyatini kuzatish, shu jumladan, mutaxassislik darajasini saqlash, qo‘llab-quvvatlash.
Demak, menejer — bu malakali boshqaruvchi, yangiliklarga inti- luvchi shaxsdir.
Boshqaruvchi ish yuritishiga qarab uch turga ajratiladi:

    • o‘ta tanqidiy boshqaruvchi — ishchilarga o‘z hukmini o‘tkazish uchun yetarli darajada huquqqa ega bo‘lgan;

    • demokratik boshqaruvchi — o‘z hukmini o‘tkazmaslikka harakat qiladigan;

    • erkin boshqaruvchi — o‘z vazifalarini nazorat qilishda ishchilariga to‘liq erkinlik beradigan.

Budjetdagi tibbiy muassasalarni sug‘urtalash bozor munosabatla- rining rivojlanishida sog‘liqni saqlash boshqaruvi sohasida bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi. 'og‘liqni saqlash tizimida bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining asosiy maqsadi:

    • malakali tibbiy xizmat bo‘yicha aholi ehtiyojini to‘liq qondirish;

    • aholining hamma tabaqalariga bir xil xizmat ko‘rsatish;

    • xodimlar ishining samaradorligini oshirish;

    • hozirgi vaqtda boshqaruv bo‘yicha maxsus bilimga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlar yetishtirish, shu jumladan, hamshiralik ishida ham. Bilamizki, tibbiy xizmatning sifati nafaqat davolash, balki parva- rishga ham bog‘liqdir. Demak, o‘rta tibbiyot xodimlari xizmatining samaradorligini ta'minlash tibbiy xizmat muammolarini hal qilishga yordam beradi. 'hu kungacha boshqaruvchi vazifalariga kasbiy bilimlarga va bemorni parvarish qilish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan hamshiralar tayinlangan, lekin bu hamshiralar boshqaruv bilimlariga ega bo‘lishmagan. Demak, bizda malakali menejerlar bo‘yicha katta yetishmovchiliklar bo‘lgan va boshqaruv uchun samarali ta'sir qiladigan omillar nazarda

tutilmagan:

    • mutaxassislik bilimi;

    • ish muddati;

    • ma'muriyat sohasidagi bilim;

    • ishni rejalashtira olish;

    • mas'uliyatli qarorlarni qabul qilishda qatnashish;

    • iqtisodiy ishlarni olib borish qobiliyati;

    • qat'iyatli, madaniyatli, vijdonli, yangilikka intiluvchanlik;

    • tashkilotchilik, ishbilarmonlik va pedagoglik qobiliyati;

    • shaxsiy fazilatlari;

    • fikrlash qobiliyati.

Hozirgi kunda hamshira boshqaruvchi quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:

    • o‘rta pog‘ona xodimlarining ish faoliyatini nazorat qilish;

    • ma'lum bo‘g‘in ish faoliyatini rejalashtirish;

    • davolash-profilaktika muassasasining dastur va mablag‘larini rejalashtirishda qatnashish;

    • ish sifatini baholash uchun qo‘yilgan talablarni nazorat qilish;

  • to‘xtovsiz axborot bilan ta'minlab borish;

  • ish faoliyati bo‘yicha hisobot olib borish;

  • tibbiy xodimlar o‘rtasida ish vazifalarini taqsimlash va boshqarish;

  • xodimlarning malakasini oshirishda qatnashish;

  • tibbiyot muassasasining tizim va siyosatini aniqlash.

Demak, davolash-profilaktika muassasalarining barcha boshqaruv jabhalarida menejerlar xizmati kerak bo‘ladi.
Hozirgi kunda har bir boshqaruvchi mutaxassislik faoliyatidan tashqari quyidagilarga amal qilishi shart:
Ega bo‘lixhi kerak: 1. Qobiliyatga. 2. Bilimga. 3. 'haxsiy sifatlarga.
Fikrlaxhi: 1. 'trategik, iqtisodiy mintaqaviy bir-biriga bog‘liq holda.
2. Obyektning strategik va taktik boshqaruvi. 3. Boshqaruv usullari.
4. Boshqaruv obyekti.
Bilixhi: 1. Boshqaruv obyektiga kirishni. 2. Bog‘lanish tizimini.

  1. Obyektni. 4. Boshqaruvni.

Bo‘lixhi kerak: 1. Rostgo‘y. 2. Ishbilarmon. 3. O‘z tashkilotiga sodiq.

  1. Xushmuomala. 5. Irodali.

Amal qilixhi: menejer g‘ururiga.
Bilixhi kerak: 1. Muassasa strategiyasini aniqlashni. 2. Vazifa va maqsad qo‘yishni. 3. Tahlil qilishni. 4. Rejalashtirishni. 5. Tavakkalchilikni.

  1. Xodimlar bilan ishlashni, ishlab chiqarish va uning sifatini boshqarishni.

  2. Oldindan ko‘ra bilishni va muammoli masalalarni hal etishni. Menejerlar uchun asosiy talablar:

    • xodimlar boshqaruvini a'lo darajada baholash;

    • tashkilot faoliyatidagi qonunlarni tushunish;

    • strategik fikrlash.

Menejer darajasiga yetishishda yordam beruvchi qiziqarli, foydali va amaliy maslahatlar quyidagilardan iborat:

  1. «Men» so‘zini iloji boricha kamroq, «bizlar»ni ko‘proq ishlatish.

  2. Kim o‘zini boshqara olmasa, boshqalarni ham boshqara olmas- ligini tushunish.

  3. Ishchilar to‘g‘ri ish olib borishsa, ularga maksimal erkinlik berish.

  4. Ishchilarning eski xatolarini unuta olish.

  5. Kam gap bo‘lish.

  6. Muomalali, sabr-toqatli bo‘lish. Urishqoqlik kuchsizlik belgisi, buni unutma!

  7. O‘zing hazil qil va ishchilaringga ham hazil qilishga ruxsat ber.

  8. Ishchilaring o‘z sohasida sendan bilimliroq bo‘lsa, bundan qo‘rqma!

  9. Boshqalar oldida ishchingga tanbeh berma.

  10. Tanbeh berishda avval barcha usullarni, yordam bermasa, huk- mingni to‘liq qo‘lla.

  11. O‘z xatolaringni ochiq tan ol.

  12. Ishchining har bir faoliyatini rag‘batlantir.

Hozirgi kunda boshqaruvning uch asosiy konsepsiyasi mavjud:

    1. Ma’muriy tizim. Bunda boshqaruv rasmiy ravishda boshqariladi.

    2. Ijtimoiy-pxixologik tizim. Uning asosida insoniy munosabatlar yotadi.

    3. Tartibli yondaxhixh. Bu boshqaruvning har xil usulidir.




Download 4,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish