2 Hamshiralik p65


Qon aylanixh a’zolari tizimini baholaxh



Download 4,42 Mb.
bet18/38
Sana07.04.2022
Hajmi4,42 Mb.
#535004
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Bog'liq
hamshiralik ishi asoslari

Qon aylanixh a’zolari tizimini baholaxh


Qon aylanish tizimi a'zolaridan biri bo‘lgan yurak qonni harakat- lantirib, uni inson a'zolari va to‘qimalariga yetkazib berib turadi. U oldingi ko‘ks oralig‘ida joylashgan bo‘lib, sog‘lom odam yuragining asosi chap tomonda II qovurg‘a damida tursa, uchi V qovurg‘a oralig‘ida turadi. Yurak xajmi 250—300 g ni tashkil etadi. Uzunasiga ketgan to‘siq bilan yurak chap va o‘ng nimtaga bo‘linadi. Har bir nimtasi yurak bo‘lmachasi bilan yurak qorinchasiga bo‘linadi.


Yurak uch qavatdan: ichki — endokard, o‘rta — miokard va tashqi — perikarddan tashkil topgan. Endokard yurak bo‘lmachalari bilan qorinchalari bo‘shliqlarining ichki yuzasini qoplab turadigan endotimal hujayralardan iborat. Yurakning bir bo‘shlig‘i ikkinchisiga aylanadigan joyda endokard qalin tortib, burmalar hosil qiladi, yurak klapanlari deb shularga aytiladi. Miokard — yurakning o‘rta qavatidir. O‘ng qorincha miokardi chapnikiga qaraganda sustroq rivojlangan. Qorin- chalari muskul qavati bo‘lmachalarinikiga qaraganda ancha qalinroq bo‘ladi. Miokard tolalari bir-biri bilan chalkashib ko‘zg‘alishi bilan qisqarishning butun yurakka bir lahza ichida tarqalishi uchun sharoit yaratadi. Perikard — ichki va tashqi varaqlardan tashkil topgan. Bu varaqlar orasida bo‘shliq bor, shu bo‘shliqda doimo 20—30 ml seroz suyuqlik bo‘ladi. Tana pastki qismlarining venalaridan kelgan qon pastki kovak venaga, yuqori qismlardan kelgan qon esa yuqori kovak venaga quyiladi. Bu venalarning ikkalasi o‘ng bo‘lmachaga quyiladi. 'o‘ngra venoz qon o‘ng qorinchaga o‘tadi, undan esa o‘pka arteriyasi orqali o‘pkaga o‘tadi.
O‘pka arteriyasi o‘pkada tobora mayda tomirlarga, pirovardida alveolalarni o‘rab turadigan kapillyarlarga bo‘linadi. Mana shu yerda venoz qon kislorod bilan to‘yinadi. 'o‘ngra kapillyarlar bir-biri bilan tutashib, o‘pka venalarini hosil qiladi. Bu venalardan arterial qon chap bo‘lmachaga, undan chap qorinchaga tushadi. Kislorod bilan to‘yingan qon chap qorinchadan aorta va arteriyalar tarmog‘i orqali butun organizmga tarqaladi. Arteriyalar kichikroq kalibrdagi tomirlarga bo‘linib borib, kapillyarlar bilan tugallanadi. Kapillyarlarning diametri 7—8 mkm ni tashkil etadi. Kapillyarlar yarim o‘tkazuvchi bir qavat hujayralardan tuzilgan. Kapillyarlardan oqib kelgan qon kislorod va oziq moddalarni hujayralarga beradi va ishlangan mahsulotlarni o‘ziga singdirib oladi. Kapillyarlarning arterial va venoz tirsagi bor. Kapillyarlarning ko‘pgina
qismi odatda puchaygan holatda bo‘lib, dam olib turadi. Puchayib turgan shu kapillyarlar jismoniy zo‘riqish paytida qon bilan to‘lishadi. Organizmdagi barcha a'zo va to‘qimalar kapillyarlaridan qon venalarga yig‘iladi va ular o‘ng bo‘lmachaga oqib keladi.
Qon aylanixh tizimi. Qon aylanish tizimi ikkita — katta va kichik qon aylanish doirasiga bo‘linadi. Tomirlar tizimining bir qismi, ya'ni o‘ng qorinchadan o‘pka arteriyasining chiqish joyidan to o‘pka venasining chap bo‘lmachaga quyilish joyigacha bo‘lgan qismi kichik qon aylanish doirasi deyiladi. Tomirlar tizimining qolgan qismi, ya'ni aorta va uning tarmoqlaridan tortib to ustki va kovak venalargacha bo‘lgan qismi katta qon aylanish doirasi deb ataladi. Tomirlar tizimi bo‘ylab qon bir qancha omillar tufayli, birinchi galda yurakning bir tekis va davriy aortada qisqarib borishi tufayli harakatlanib turadi. Yurakni qisqarishga mujbur etadigan impulslar o‘ng bo‘lmachada ustki kovak venaning og‘zi yaqinida joylashgan sinus tugunida vujudga keladi. 'inus tugunidan impuls bo‘lmachalar orasidagi to‘siqda joylashgan bo‘lmacha-qorincha tugunga tarqaladi. Yurakning qisqarishi sistola, bo‘shashishi esa diastola deb ataladi. 'istola diastolaga qaraganda ancha qisqa davom etadi. Diastolaning muddati yurak qisqarishlari tezligiga qarab o‘zgarib boradi. Meyorga ko‘ra yurak minutiga 60—80 marta qisqaryb turadi. Yurak o‘zining qisqarishi uchun impulslarini o‘zi ishlab chiqarib boradi, ya'ni u avtomatizm xususiyatiga egadir. U har safar qisqarganda normada 50—70 ml qonni otib chiqaradi, bu sistolik hajmni tashkil etadi. Yurakning minutlik hajmi 1 minut davomida yurak otib chiqaradigan qon miqdori hisoblanadi. Odam tinch turganida u 3,5—5 litrni tashkil etadi. 'istola paytida yelka arteriyasidagi qon bosimi sog‘lom odamda taxminan 17,5—18,5 kPa (simob ustuni hisobida 110—140 mm) ni tashkil etadi. Diastola paytida bu bosim pasayib 9,33—10,7 kPa (simob ustuni hisobida 70— 80 mm) ga tushadi. Qonning hammasi tomirlar o‘zanida aylanib yurmaydi. 'og‘lom odam organizmidagi 5— 6 litr qonning 1/3 qismi asosiy qon depolari — jigar, taloq, muskullar va terida aniqlanadi.

Qon aylanish ti7imida ku7atiladigan o,7garishlar


Qon aylanish tizimida quyidagi o‘zgarishlar kuzatiladi: yurak o‘ynashi, uning to‘xtab-to‘xtab urishi (aritmiya), yurak sohasida og‘riq, hansirash. nafas qisishi (bo‘g‘ilish), shish, sianoz va boshqalar.


Yurak o‘ynaxhi. 'og‘lom odam tinch holatda va sezilarli jismoniy kuchlanishda ham yurak urishini sezmaydi, faqatgina jismoniy zo‘riqishda (masalan, zo‘r berib yugurgandan so‘ng) yurak urishi tezlashishi bilan uning qattiq urayotgani seziladi, tana haroratining yuqori darajalarga ko‘tarilishida ham yurak o‘ynashi seziladi. Yurak



  1. — Zakirova K.U.

129

kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda yurak o‘ynashi sezilarsiz jismoniy kuchlanishda, hattoki tinch turganda ham aniqlanadi. Ozgina hayajon- lanish, ovqatdan so‘ng ham yurak o‘ynashi sezilishi mumkin. Normada yurak minutiga 60—80 marotaba uradi. Yurak kasalliklarida yurak o‘ynashining kelib chiqish sababi yurak qisqaruvchanlik funksiyasining pasayishidir, bunda yurak qisqargan vaqtda aortaga yetarli miqdordagi qonni haydab chiqara olmay qoladi, shuning evaziga a'zo va to‘qimalarni yetarli miqdorda qon bilan ta'minlash uchun yurak «majburan» tez qisqara boshlaydi (kompensator holat). Yurak urishining tezlashishi taxikardiya deyiladi.
Yurak ritmining buzilishi — aritmiya deganda, yurakning to‘xtab- to‘xtab, xuddi xayolda yurak muzlab, to‘xtab qolganday, qisqa kuchli urishi tushuniladi. Yurakning to‘xtab-to‘xtab urishi bir marotaba yoki davomli bo‘lishi mumkin. Bu holatga yurak qisqarishlarining buzilishi sabab bo‘ladi.
Yurak xohaxidagi og‘riq yurak kasalliklarining muhim belgisidir. Qisib turadigan og‘riqlar, ko‘pincha yurak muskulini oziqlantirib turadigan toj tomirlar orqali yurakning qon bilan ta'minlanmasligi (miokard ishemiyasi) natijasida kelib chiqadi. Og‘riq qisqa vaqtli (3—5 minutgacha), xurujsimon bo‘lib, ko‘pincha fizik kuchlanish vaqtida (yurganda, zinadan yuqoriga ko‘tarilganda), ko‘chadagi havo harorati past bo‘lgan vaqtda birdaniga ko‘chaga chiqqanda seziladi. Og‘riq ko‘pincha to‘sh sohasida (kamdan-kam yurak sohasida) bo‘lib, ba'zan harakatni to‘xtatganda yoki nitroglitserin qabul qilganda o‘tadi.
Hanxiraxh. Yurak kasalliklarida ko‘p uchraydigan belgilar yurak qisqaruvchanlik funksiyasining pasayishi natijasida kelib chiqadi va buning evaziga kichik qon aylanish doirasida qon dimlanadi, hansi- rash — yurak yetishmovchiligining birinchi belgilaridan hisoblanadi. Yurak muskullarining sezilarsiz bo‘shashishi natijasida jismoniy kuchla- nishlarda hansirash seziladi.
Yurak muskullarining to‘satdan bo‘shashishi sababli, to‘satdan hansirash yuzaga keladi (xuddi nafas qisish xurujidek), bu holat yurak astmasi xuruji deb ataladi. Agar xurujda shoshilinch yordam ko‘rsa- tilmasa (yetarli dori moddalari bilan), o‘pka shishuvi kelib chiqadi, bunda xurujga qon aralash ko‘pikli balg‘amli yo‘tal qo‘shiladi. Bu holat ancha og‘ir bo‘lib, ba'zan bemor o‘lib qolishi mumkin.
Shixh. Yurak yetishmovchiligining xarakterli belgisidir, aniqrog‘i o‘ng qorincha yetishmovchiligi. O‘ng qorincha muskullari qisqaruv- chanlik funksiyasining pasayishi evaziga katta qon aylanish doirasida qon dimlanadi, tomirlar devorining buzilishi natijasida suyuqlik sizib chiqadi va shish paydo bo‘ladi.
Yurak kasalliklarida shish asosan pastdan boshlanadi (oyoqlardan), bemor yotgan paytda shish bel va dumg‘aza sohasida aniqlanadi.
Sianoz. Lablar, burun uchi, barmoqlar, tirnoqlar ko‘karadi va yurak yetishmovchilik belgilaridan biri bo‘lib, shishdan oldin kelib chiqadi.

Qon aylanish ti7imini tekshirish usullari


So‘rab-xurixhtirixh. Qon aylanish sistemasi zararlanganda patsiyent hansirash, vaqti-vaqti bilan bo‘g‘ilib qolish, yurak o‘ynog‘i va yurak ishida to‘xtalish bo‘lib turishi, yurak sohasi hamda to‘sh ortidagi og‘riqlar, yo‘tal, qon tuflash, badanida shishlar borligidan noliydi. Bunda bemorlarda markaziy nerv sistemasiga aloqador funksional o‘zgarishlar kuzatiladi, bular darmonsizlik, tez charchab qolish, uyqu buzilishi, bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi ko‘rinishida bo‘ladi. Hansirash ko‘pincha chap qorincha yetishmovchiligining alomati bo‘lib hisob- lanadi. Yetishmovchilikning dastlabki davrlarida odam jismonan zo‘r berganida, tez yurganida, zinadan ko‘tarilib chiqqanida hansiraydi. Yurak kasalliklarida hansirash paydo bo‘lishining sababi — gazlar almashinuvi buzilib, chala oksidlangan mahsulotlarning qonda to‘planib qolishidir. Bo‘g‘ilish xurujlari: odatda to‘satdan kechasi tutib qoladi. Bo‘g‘ilish xuruji tutgan paytda bemor birdan havo yetishmay qolganini sezadi, ko‘kragida g‘arg‘araga o‘xshagan xirillashlar paydo bo‘ladi, qon aralash balg‘am tushadi. Yurak sohasida turli sabablarga ko‘ra og‘riqlar paydo bo‘ladi. Bemor so‘rab-surishtirilganda og‘riqlarning aniq joyi, tabiati, qancha davom etishi, qay tariqa o‘tishi, tarqalishi, qanday sharoitlar paytida paydo bo‘lishini bilib olish zarur. Yurak kasalliklarida shishlar paydo bo‘lishi o‘ng qorincha yetishmovchiligining ifodasidir. Avvaliga shishlar kechga yaqin paydo bo‘ladi, tuni bilan esa yo‘qolib ketadi. 'hishlar paydo bo‘lganda birinchi galda venalar bilan kapillyarlarda o‘tkazuvchanlik kuchayib, qondan to‘qimalarga suyuqlik o‘tadi.


'o‘rab-surishtirish yordamida bemorning turmush tarixidagi zarur voqealar ham aniqlab olinadi. Bunda ilgari boshidan kechirgan kasallik- lari, mehnat va turmush sharoitlari, zararli odatlarini o‘rganish kerak. Ayollarda homiladorlik va tug‘ruqlarning qanday o‘tganligini aniqlab olish lozim, chunki qon aylanish sistemasi kasalliklarining belgilari ana shunday davrda paydo bo‘ladi.
Bemor ko‘zdan kechirilganda hammadan avval uning vaziyati, teri qoplamlarining rangiga ahamiyat beriladi. Yurak yetishmovchiligida bemor qaddini ko‘tarib yotishga majbur bo‘ladi. Lablar va ko‘zga ko‘rinib turadigan shilliq pardalar sianozi, hansirash yurak yetishmov- chiligidan darak beradi. Yurak yetishmovchiligining xarakterli alomati

  • shishdir. U teri osti yog‘ kletchatkasida bir tekis suyuqlik to‘planib qolishi oqibatida ham, qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘planib qolishi (assit) oqibatida ham bo‘lishi mumkin. 'hish ko‘pincha (ayniqsa yurak

yetishmovchiligining dastlabki davrlarida) oyoqlarda bo‘ladi, ba'zan u odam dam olgani yoki kechasi uxlab turganidan keyin tez yo‘qolib ketadi. Bunday shish ba'zan terining oziqlanishini izdan chiqaradi, natijada terining o‘sha joylari yoriladi, maddalaydi, yara bo‘lib ketadi. 'hish paydo bo‘lganda qon dimlanib qolishi va mayda qon tomirlar o‘tkazuvchanligining buzilishi katta rol o‘ynaydi. 'hishga bir necha usullar bilan obyektiv baho berish (uning bor-yo‘qligini, qaerga kelganini aniqlab olish) mumkin. Bemor og‘irligini muntazam ravishda tekshirib turish, diurezni (chiqqan suyuqlikni hisobga olib borish), qorin aylanasini o‘lchash va boshqalar shular jumlasidandir. Yurak sohasi ko‘zdan kechirilganda do‘ppayib chiqib turgan joy (yurak yoki aorta anevrizmasi) borligidan, yurak uchi zarbining ancha kuchayganini bilsa bo‘ladi. Ba'zan yurik tomirlar (uyqu arteriyalari)ning zo‘r berib urib turgani ma'lum bo‘ladi. Arteriyalarning egri-bugri va zich bo‘lib qolgani sklerotik jarayonda kuzatiladi. Yurak sohasi palpatsiya qilib ko‘rilganda ba'zan yurak yoki yurak uchining zarbi seziladi (chap qorinchaning zo‘r berib urib turishi). Yurakni palpatsiya qilish yo‘li bilan «mushuk xirillashi» degan simptom bor-yo‘qligini aniqlasa bo‘ladi. Bu simptom yurakning o‘ng bo‘lmachasi bilan chap qorinchasi o‘rtasidagi teshik torayib qolganida uchraydi (yurak porogining bu xili chap bo‘lmacha — qorincha teshigi stenozi yoki mitral stenoz deb ataladi). Perkutor tovush yurak bilan o‘pka ustida har xil bo‘ladi. O‘pkada havo bo‘lganidan, o‘pka ustidan ancha qattiq tovush chiqsa, qattiqqina muskulli a'zo bo‘lmish yurak ustidan bo‘g‘iq tovush chiqadi.
Yurakning biror bo‘limi chegaralari (masalan, aorta klapani yetish- movchiligida ayniqsa yurak chap qorinchasining ancha kengaygani) yoki yurakning umumiy chegaralari kengayib ketganini (sezilarli yurak yetishmovchiligi paytida kuzatiladigan «ho‘kiz yurak») perkussiya yordamida anikdab olish mumkin.
Auskultatsiya diognostikaning keng rasm bo‘lgan usulidir. Yurak fonendoskop yoki stetoskop bilan eshitib ko‘riladi. Normada 2 ta yurak toni eshitiladi: I sistolik ton yurak qisqarib (sistola), chap bo‘lma- qorincha klapani bilan o‘ng bo‘lma-qorincha klapanlari bekiladigan va miokard tarang tortiladigan paytda yuzaga kelsa, II diastolik ton diastola vaqtida paydo bo‘ladi va aorta klapani bilan o‘pka stvoli klapanining bekilishidan kelib chiqadi.
I ton bilan II ton orasidagi interval (o‘tadigan vaqt) II ton bilan I ton orasidagi intervalga qaraganda qisqaroq bo‘ladi. Yurakdagi u yoki bu patologik o‘zgarishlar sababli yurak tonlari o‘zgarib qolishi mumkin. Masalan, miokard zaifligida tonlar bo‘g‘iq bo‘lib qoladi. Diastolik ton aksari arterial bosimning ko‘tarilib ketishidan paydo bo‘ladi. 'og‘lom odamda yurak tonlari yetarlicha qattiq, jarangdor bo‘lib eshitiladi. Yurak kasalliklarida, miokard zaifligida yurak tonlari bo‘g‘iq bo‘lib
qoladi. Biroq, yurak tonlarining yurak kasalliklari tufayli bo‘g‘iq bo‘lib qolganini talaygina yog‘ borligi sababli ko‘krak qafasi qalin bo‘lib turgani uchun yurak tonlari jarangdorligining kamayib ketganidan — tonlarning sekin bo‘lib qolganidan farqlash kerak.
Bir qancha yurak kasalliklarini aniqlash uchun auskultatsiya mahalida topiladigan yurak shovqinlari katta ahamiyatga ega. Bunday shovqinlar miokard yoki yurak klapani apparatidagi organik, shuningdek o‘tkinchi o‘zgarishlar munosabati bilan paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, chap bo‘lma-qorincha klapani revmatik jarayondan zararlanganda klapan tavaqalarining to‘la bekilishiga to‘sqinlik qiladigan nuqson paydo bo‘ladi; klapan yetishmovchiligi deb shunga aytiladi, bunda qorincha sistolasi vaqtida chap qorinchadan qon aortaga o‘tibgina qolmay, balki chala bekilgan «nuqsonli» klapan orqali orqaga ham qaytadi — chap bo‘lmaga qaytib tushadi. 'hunday qon aylanishi sistolik deb ataladigan shovqin paydo bo‘lishiga olib keladi.
Fiziologik shovqinni miokard yoki yurak klapanlarining birinchi bo‘lib zararlanishiga aloqador bo‘lmagan ba'zi holatlarda uchratish mumkin. Masalan, o‘smirlik shovqini degan shovqin ko‘p uchraydi, u organizm- ning tez o‘sib borayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Yosh ulg‘ayishi bilan bu shovqin yo‘qolib ketadi va organik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lmaydi. Yurakning nervlar bilan idora etilishi buzilganida, ayniqsa taxikardiya vaqtida, jismoniy zo‘riqishdan keyin davo qilsa yo‘qolib ketadigan sistolik shovqin paydo bo‘ladi. Endokrin sistemaning bir qancha patologik holatlari yurakda ikkilamchi o‘zgarishlar va sistolik shovqin paydo bo‘lishi bilan birga davom etadi (masalan, tireotoksikoz).
Diastolik shovqin aorta klapani yetishmovchiligida kelib chiqadi, bunda diastola vaqtida qon jips bekilmay qolgan klapanlar orqali chap qorinchaga yana qaytib tushadi. Diastolik shovqin chap bo‘lmacha bilan qorincha o‘rtasidagi teshik stenozi paytida eshitiladi, bunda chap bo‘lmachadan chap qorinchaga qon qiyinlik bilan o‘tadi.



    1. Download 4,42 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish