PROFESSIONAL TA’LIMDA ELEKTRON TA’LIM RESURSLARINI ARTICULATE
STORYLINE DASURIDA YARATISHNI AFZALLIKLARI
A.A.Xasanov - PhD. dots., J.R.Abdurazzoqov -2-bosqich magistranti,
Nizomiy nomidagi TDPU, Toshkent.
Annotatsiya:
Maqolada professional ta’limda o‘quv jarayonlarini olib borishda ta’lim jarayonlarini
va masofaviy ta’limni tashkil etish mavjud o‘quv materiallarni bugungi kun talablari asosida tanlab olish va
elekrton ta’lim resurslarni Articulate Storyline dasturi yordamida loyihalash orqali o‘qitish afzalliklari tahlil
qilingan. Professional ta’limda Articulate Storyline dasturidan foydalangan holda ta’lim jarayonini olib
borish bilan bir vaqtda masofaviy ta’limni tashkillashtirish zaruriyati ilmiy asoslangan.
Kalit so‘zlar:
professional ta’lim, multimediali ta’lim, masofaviy ta’lim, elektron resurslarni
loyihalash, Articulate Storyline.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida bugungi kunda professional ta’lim tizimini rivojlantirtish
uchun bir qancha amaliy vazifalar belgilab berilmoqda. Mazkur vazifalarning asosiy maqsadi professional
ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus
professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar
tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish etib belgilandi
62
.
62
https://lex.uz/docs/-4500926
340
Professional ta’limni rivojlantirish maqsadida 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi
63
da belgilangan vazifalarni
amalga oshirish, mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, taʼlim sifatini
baholashning xalqaro standartlarini joriy etish, innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning
samarali mexanizmlarini yaratish orqali mamlakatda taʼlim tizimini isloh qilish uchun dolzarb muammolar
belgilab olindi.
Professional ta’limda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish maqsadida Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 apreldagi “Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy
axborot tizimlarini jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
64
PQ-3673-son
qarori, 2017 yil 30 iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-
sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
65
PF-5099 son Farmoni, bu sohaga
qaratilayorgan e’tiborga yaqqol misoldir.
Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga
bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida “…ilg‘or texnologiyalarni hamda
axborot-kommunikatsiya tizimlarini barcha sohalarga yanada faol jalb etishimiz zarur bo‘ladi”, deyiladi.
66
Ta’lim tizimidagi islohotlarni amalda joriy qilishda o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini
qo‘llash asosida o‘quvchilarga jahon andozalardagi bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish o‘quv
jarayonini moddiy – texnika va axborot bazasi bilan ta’minlash yuqori darajali malakali kadrlarni tayyorlash
sifatli o‘quv – uslubiy, ilmiy hamda didaktik materiallar yaratish, ta’lim tizimi fan va ishlab chiqarish
o‘rtasida o‘zaro samarali aloqadorlik o‘rnatish, ta’limning dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Hozirgi kunda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda o‘qitish usuli ta’lim sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha
multimedia vositalaridan foydalanib, tatbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia vositalarisiz, hordiq
chiqarmaydigan bo‘lib qoldi. Shu sababli Informatika va axborot texnoligiyalari fanini o‘qitishda multimedia
texnologiyalaridan foydalanish zamon talabiga aylanib ulgurdi.
Multimediali texnologiya (multi – ko‘p, media – muhit) bir vaqtning o‘zida ma’lumot taqdim
etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz
67
.
Bugungikunda dasturlash boshqa sohalar singari ta’lim jarayonini avtomatlashtirishda va masofaviy
ta’limni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Biz dars jarayonida turli xil dasturlardan foydalangan holda o‘z
dars uslubimizga xos bo‘lgan va turli interfaol metodlar va grafik organizatorlarni qo‘llagan holda elektron
resurs yaratishimiz mumkin. Bulardan misol tariqasida Articulate Storyline 3 dasturini keltirishimiz
mumkin.
Articulate Storyline 3 dasturi Microsoft Power Pointga o‘xshash interfeysga ega va dasturni
o‘rganish oson. Maxsus shablonlarni va tayyor kurslarning lavhalarini bu dasturni qo‘llab quvvatlovchi
maxsus sayt (
www.articulate.com
)dan yuklab olish mumkin.
Articulate Storyline 3 treningini keng imkoniyatlar bilan ta’minlaydi shuning bilan birga yuqori sifatli
HTML 5 kurslarini nashr qilish uchun yordam beradi. Ob’ektlarni osonlik bilan import qilish va eksport
qilish xususiyatidan foydalanishingiz mumkin.
Ushbu dastur Windows 7, Windows 8, Windows 8.1, Windows 10 va Windows XP/Vistani o‘z ichiga
olgan operatsion tizimlarning bir turi uchun optimallashtirilgan. Dasturiy ta’minot professional va interfaol
slaydlarni, kurslarni, har qanday platforma uchun taqdimotni ishlab chiqishga qodir.
Articulate Storyline 3 dasturining imkoniyatlari quydagilardan iborat:
Foydalanuvchi uchun qulay va tushinish oson, yaratilayotgan loyihalarni sinash va turli xil
boshqotirmalarni, ochiq va yopiq testlarni osongina tuzish, fleshli va HTML formatlarini qo‘llab-quvvatlash,
taqdimotlarni yaratish uchun standart va maxsus andozalar, reproduktiv ijro etish cheklovlari, tez va osonlik
63
https://lex.uz/docs/-3107036
64
https://lex.uz/docs/3687667
65
https://lex.uz/docs/-3249651
66
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga
bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi // http://press-service.uz/uz/news/5395/
341
bilan qoplama moslamalarni va qatlamlari, taqdimotda biron-bir ob’ektni surish orqali savollar yaratish, drag
and drop-ni qo‘llab-quvvatlash, ob’ektlarni interaktiv muhit yaratish uchun boshqacha tarzda ishlatish,
qiziqarli belgilar va animatsiyali tugmachalar mavjud, sharoitlarga asoslangan dinamik kontent qo‘shish,
ko‘p ma’lumotli o‘quv qo‘llanmalar qo‘shish, viktorina va namunali savollar yaratish, zamonaviy dizaynda
elektron darsliklarni yaratish bu dastur imkoniyatlaridandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |