2 Халқаро илмий-амалий конференция материаллари. Педагогик инновациялар, касб-ҳунар таълими бошқарув ҳамда педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларни малакасини ошириш институти, 2020 йил, 424 бет



Download 9,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/352
Sana20.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#686165
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   352
Bog'liq
Профессионал

Адабиётлар рўйхати 
 
1. Daminov O.O. Kasbiy pedagogika) //Darslik. “Adabiyot uchquni” nashriyoti–Т.: 2018. 258 b.
2. Nabiyev A. Resistance of materials (theories and problems) // Textbook. Revised and supplemented 
3rd edition. –T .: “Navroz” publishing house, 2019. –412 p. 
Kimyo fanini taʼlim samaradorligini oshirishda multimediya dasturlaridan foydalanishdagi 
muammolar va ularning yechimi 
Проблемы использования мультимедийных программ для повышения эффективности химического 
образования и пути их решения 
Problems in the use of multimedia programs to improve the effectiveness of chemistry education and their 
solutions 
Nizamova Saida Аdilovna p.f.f.d(PhD) 
Turin politexnika universiteti akademik
litsey oʼqituvchisi
Annotatsiya:
Maqolada kimyo fanini multimediya dasturlariasosida o‘qitib, taʼlim samaradorligini 
oshirishga yo‘naltirilgani muammolar va ularning yechimi toʼgʼrisida maʼlumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar
: kimyo fanini oʼqitish, axborot texnologiyalari, muammolar, umumiy oʼrta taʼlim maktablari. 
Аннотация:
 В статье представлена информация о проблемах и способах их решения в обучении 
химии с помощью мультимедийных программ и повышении эффективности обучения. 
Ключевые слова
: обучение химии, информационные технологии, проблемы, общеобразовательные 
школы. 
Annotation
:
The article provides information on the problems and their solutions in teaching chemistry 
through multimedia programs and improving the effectiveness of education. 
Keywords
: teaching chemistry, information technology, problems, general secondary schools. 
 
Jahonda kimyo ta’limi sohasini modernizatsiyalash,innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish,o‘qitishning 
metodik asoslarini zamonaviy rivojlanish tendensiyalariga muvofiq takomillashtirishga alohida e’tibor 
qaratilmoqda.
Хаlq ta’limi tizimida kimyo fanini o‘qitish jarayoniga multimedia texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha
imkoniyatlar yetarlicha toʼliq ochib berilmagan, ayrimlari kimyo taʼlimiga tizimli tatbiq etilmagan hamda 
toʼliq yoritilmagan. Jumladan: 
1. Umumiy oʼrta taʼlim maktablarida kimyo fanini multimediya dasturiy vositalari asosida 
tayyorlangan elektron, animatsiya va virtual laboratoriya usullaridan foydalanib oʼqitish uchun maxsus 
metodika ishlab chiqilmagan;
2. Multimediyaning dasturiy vositalaridan foydalanib kimyo fanini oʼqitish samaradorligini 
yaxshilashga qaratilgan ishlar yetarli darajada boʼlmaganligi sababli, pedagogik kadrlar bugungi kun talabi 
darajasida kasbiy bilim hamda pedagogik mahorati yetarli emas; 


232 
3. Ushbu muammolar orasida umumiy oʼrta taʼlim maktablarida kimyo taʼlimi sifatini yaxshilashga 
qaratilgan multimediyaning dasturiy vositalarini fanga joriy etish, undan samarali foydalanish hozirda 
alohida ahamiyatga ega boʼlib, bu yoʼnalishda alohida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmagan. 
Аyni vaqtda kimyo fanini oʼqitish metodikasini multimediyaning dasturiy vositalari asosida 
takomillashtirish, oʼquvchilarning bilish faolligini oshirishning samarali shakl, metod , usullarini qoʼllash 
zarurati yuzaga keldi 
Bugungi kunda jahonda taʼlimning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda mamlakatimizda oʼqitishning 
zamonaviy didaktik vositalarini yaratish va qoʼllash boʼyicha quyidagi yoʼnalishlarda tadqiqot ishlari olib 
borilmoqda:
- oʼqitishning zamonaviy didaktik vositalarini yaratish va qoʼllash boʼyicha kontseptual 
loyihalashtirishga asoslangan yangi nazariy kontseptsiyalarni ishlab chiqish; 
- oʼqitishning zamonaviy didaktik vositalaridan foydalanib taʼlim jarayonini tashkil etish metodikasini 
takomillashtirish; 
- oʼqitishning multimedia dasturiy vositalari asosida o‘qitishni tashkil etish nazariyasi va texnologiyasini
yangi ilmiy-pedagogik yondashuvlar asosida takomillashtirish; 
- zamonaviy oʼqitish vositalarining taʼlim jarayoni sifatiga taʼsirini baholash metodikasini ishlab chiqish; 
- oʼqitishning zamonaviy didaktik vositalaridan foydalanishning dasturiy-metodik taʼminotini 
takomillashtirish. [3,4,5 ] 
Kimyo fanini oʼqitish metodikasini multimediyaning dasturlari asosida takomillashtirish, oʼquvchilarning 
ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, bilish faolligini oshirishning samarali shakl, metod , usulllarini qoʼllash 
zarurati boʼyicha yuzaga kelgan muammoni hal qilish maqsadida oʼz oldimizga maqsad va vazifalar qoʼydik.
Мaqsadimiz: kimyo fanini oʼqitishda taʼlimi samaradorligini oshirishni multimediyaning dasturlari
asosida takomillashtirish. Qoʼyilgan maqsad asosida quyidagi vazifalar belgilandi: 
-umumiy oʼrta taʼlim maktablarida kimyo fanini multimediyaning dasturlari asosida oʼqitishning hozirgi 
holatini oʼrganish, tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash; 
- umumiy oʼrta taʼlim maktablarida kimyo fanini multimediyaning dasturlari asosida tayyorlanadigan 
elektron, animatsiya va virtual laboratoriya usullaridan foydalanish uchun maxsus metodika ishlab chiqish;
- oʼquvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, bilish faolligini oshirish kompetentsiyalarini 
shakllantirishga, olgan bilimlarini avtomatlashtirilgan nazorat qilishga oid oʼquv-uslubiy qoʼllanmalar ishlab 
chiqish. 
Kimyo fanini oʼqitish jarayonida multimediyaning dasturlaridan samarali foydalanishni yoʼlga qoʼyish 
orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin. 
Kutiladigan natijalar: 
-mavzularni oʼrganishda beriladigan bilimlar tizimli, oʼzaro bogʼliq ravishda oʼrganiladi, oʼquvchilarning 
bilim olishi faollashadi, har bir oʼrganilayotgan mavzu koʼrgazma asosida oʼrganiladi, mustaqil ishlarni 
amalga oshirish orqali oʼquvchilarda mavzu boʼyicha yetarli darajada bilim, koʼnikma, malaka hosil qilinadi, 
bilimdagi boʼshliqlar oʼz vaqtida bartaraf etiladi; 
- umumiy oʼrta taʼlim maktablarida kimyo fanini multimediyaning dasturlari asosida tayyorlangan, 
maxsus metodika asosida ishlab chiqilgan elektron, animatsiya va virtual laboratoriya usullaridan 
foydalanish natijasida taʼlim samaradorligi ortadi;
- multimediyaning dasturlari asosida kimyo fanini oʼqitishda oʼquvchilarning shaxsiy-refleksiv (fikrlash, 
mushohada qilish), kognitivlik (bilim egallash ishtiyoqi), kreativlik (tanqidiylik, muayyan didaktik 
muammoni har tomonlama koʼra olish), motivatsion-faollashuv (qiziqish, ishtiyoq ), ijodiy qobiliyatini 
rivojlantirishga imkon beruvchi didaktik topshiriqlar tizimi ishlab chiqiladi,amaliyotga joriy etiladi, natijada 
oʼquv faoliyat mazmuni ortadi. 

umumiy oʼrta taʼlim maktablarida kimyo fanini oʼqitish mazmuni, oʼquv reja va dasturlarini 
multimediyaning dasturlari asosida takomillashtirish, zamonaviy oʼquv-metodik taʼminotini yaratishga 
imkon yaratiladi, taʼlim amaliyotiga tavsiya etiladi, bu esa kimyo taʼlimida samaradorlikka erishishga xizmat 
qiladi; 

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish