2. Gidrаvlikа аsоslаri. Suyuqliklаrning аsоsiy fizik xоssаlаri



Download 10,41 Mb.
bet71/72
Sana28.06.2022
Hajmi10,41 Mb.
#714688
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
МАЪРУЗА МАТНИ 4-СЕМЕСТР (1)

Issiqlikning nurlanishi
Xarorati 0oSdan yuqori bo’lgan barcha jismlarda issiqlik energiyasini nur energiyasiga aylanishi kuzatiladi. Bu jarayon issiqlikning nurlanishi deyiladi. Ushbu jarayonda issiqlik turli uzunlikdagi elektromagnit to’lqinlar vositasida uzatiladi. Elektromagnit to’lqinlar boshqa bir jismda yutilganda qaytadan molekulalarning issiqlik harakati energiyasiga aylanadi.
Issiqlikning nurlanish intensivligi jism haroratini ortishi bilan oshib boradi. Yuqori haroratlarda, masalan, t≥ 600oS bo’lganda, qattiq jism va gazlar o’rtasida issiqlikning nurlanish yo’li bilan tarqalishi alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Yorug’lik va issiqlik nurlari bir xil tabiatga ega bo’lganliklari sababli ular umumiy qonuniyatlar (nurni qaytishi, sinishi va yutilishi) bilan tavsiflanadi. Yorug’lik nurlarining to’lqin uzunligi 0.4÷0.8 mkm bo’lsa, issiqlikning nurlanish to’lqin uzunligi 0.8÷800 mkm bo’lib, spektrni ko’zga ko’rinmas qismini (infraqizil nurlar) egallaydi.
boshqa bir jism yuzasiga tushirilsa, ushbu nurning bir qismi Qk jism yuzasidan qaytadi, bir qismi Qyu yutiladi va yana bir qismi Qo’ undan o’tib ketadi (22.3-rasm).

Qizdirilgan jismdan chiqarilayotgan nur oqimi Qn o’zidan nur chiqaruvchi jismga tushirilayotgan nur energiyasi Qn, jismga yutilgan nur energiyasini Qyu, jism yuzasidan qaytgan nur energiyasini Qk va jismdan o’zgarishlarsiz o’tib ketuvchi nur energiyasini esa Qo’ deb belgilaymiz. Ushbu jarayonnnig energetik balansi, umumiy holda, quyidagicha yoziladi


Qn = Qyu + Qk + Qo’ . (22-19)
Yoki umumiy nurlanish energiyasiga Qn nisbatan, ulushlarda
Qyu/Qn + Qk/Qn + Qu/Qn = 1. (22-20)
(22-20) tenglamaning tarkibiy qo’shiluvchilarini quyidagicha tahlil qilish mumkin.
Qyu/Qn- jismning nurlangan isssiqlik energiyasini yutish qobiliyatini tavsiflaydi. Agar Qyu/Qn=1 (Qk/Qn=0, Qo’/Qn =0) bo’lsa, jismga tushayotgan nur unda to’la yutiladi. Bunday jism absolyut qora jism deyiladi.
Qk/Qn- nisbat jismning o’ziga tushirilayotgan nurni qaytarish xususiyatini ifodalaydi. Agar Qk/Qn=1(Qyu/Qn=0, Qo’/Qn=0) bo’lsa, jismga tushayotgan nur uning yuzasidan to’liq qaytariladi. Bunday jism absolyut oq jism deyiladi.
Qu/Qn- nisbat qiymati jismning o’zidan nurni o’tkazib yuborish xususiyatini ko’rsatadi. Qo’/Qn=1(Qyu/Qn=0, Qk/Qn=0) bo’lsa, jism yuzasiga tushayotgan nurning hammasi undan to’la o’tib ketadi. Bunday jism absolyut shaffof bo’ladi.
Tabiatda absolyut qora, absolyut oq va absolyut shaffof jismlar mavjud emas. Ammo bu atamalar nurlanish nazariyasini ishlab chiqishda alohida ahamiyatga ega bo’ldi. Ushbu atamalar muxandislik hisoblarida va issiqlikning nurlanishi yo’li bilan issiqlik uzatish jarayonlarini tahlil etishda keng qo’llaniladi.
Texnikada kulrang jismlar tushunchasidan foydalaniladi. Bunday jismlarga tushirilgan nurning bir qismi yutiladi, bir qismi qaytariladi va uning qolgan qismini esa jism o’zidan o’tkazib yuboradi.
Issiqlikning nurlanishini tavsiflash uchun jismni nur chiqarish qobiliyati (xususiyati) tushunchasi ishlatiladi.
Jismning yuza (F) birligidan vaqt τ birligi davomida to’lqin uzunligining barcha intervali (0< < ) bo’yicha nurlangan energiyani to’la miqdori Q uning nur chiqarish xususiyatini (E, Vt/m2) ko’rsatadi
E = Q/(Fτ). (22-21)
Nurlanish energiyasi to’lqin uzunligi va jism haroratidan bog’liq bo’ladi.
Jismning nur chiqarish xususiyatini to’lqin uzunligi intervaliga nisbati nurlanish intensivligi J (Vt/m3)deyiladi:
J = dE/d . (22-22)
Ushbu tenglamani integrallash natijasida Ye va o’rtasidagi bog’liqlik aniqlanadi:
E = . (22-23)
Issiqlikning nurlanish qonuniyatlari Stefan-Bolьtsman, Kirxgof va Lambert qonunlari bilan ta’riflanadi.
Stefan-Bolьtsman qonuniga binoan absolyut qora jismning nur chiqarish qobiliyati Ye va jism yuzasining absolyut harorati T o’rtasidagi bog’liqlik quyidagicha ifodalanadi:
E = Ko T4, (22-24)
bu yerda Ko= 5.67.10-8 Vt/(m2 K4)- absolyut qora jismning nur chiqarish doimiysi.
Amaliyotda kulrang jismlarning nur chiqarish qobiliyatini hisoblash uchun ushbu (22-24) tenglamani quyidagi ko’rinishda qo’llash qulay
E = εSo (T/100)4, (22-25)
bu yerda So=5.67 Vt/(m2.K4)- absolyut qora jismning nur chiqarish koeffitsienti; - kulrang jismning nisbiy nur chiqarish koeffitsienti yoki kulrang jismning qoralik darajasi, ε = 0÷1.
Kirxgof qonuni kulrang jismning nur chiqarish va nurni yutish xususiyatlari o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.
A = Qyu/Qn , (22-26)
bu yerda A- kulrang jismning nur yutish xususiyati.
Kirxgof tomonidan
Ek = AE = εE (22-27)
ekanligi aniqlangan. Bu yerda Yek- kulrang jismning nur chiqarish xususiyati, Vt/(m2K).
Kirxgof qonuniga binoan muayyan haroratlardagi barcha jismlar uchun nur chiqarish va nurni yutish xususiyatlarining nisbati doimiy qiymatdir. Ushbu nisbat qiymati absolyut qora jismni berilgan haroratlardagi nur chiqarish qobiliyatiga Ye0 teng, ya’ni:
E/A = Ye1/A1 = Ye2/A2 =…= Ye0 = f(T). (22-28)
(22-28) tenglamaga binoan jismni nur yutish qobiliyati qanchalik katta bo’lsa, uning nurlanish xususiyati ham shunchalik katta bo’ladi. SHu sababdan, nur energiyasini yaxshi qaytaruvchi jismlar kam miqdorda nur chiqaradi. Masalan, absolyut oq jismning nurlanishi nulga teng, yoki, absolyut qora jism nurni har qanday haroratda ham to’liq yutadi va maksimal darajada nurlanadi.
Stefan-Bolьtsman va Kirxgof qonunlariga binoan, nurlanish orqali issiq jismdan sovuq jismga uzatilgan issiqlik miqdori quyidagicha aniqlanadi
Qn = 5.67εkFτ[(T1/100)4 - (T2/100)4], (22-29)
bu yerda T1 va T2- issiq va sovuq jismlarning haroratlari, K; εk=
(1/ε1+1/ε2)-1- jismlar sistemasining keltirilgan nur chiqarish koeffitsienti; ε1 va ε2- jismlarning nisbiy nur chiqarish koeffitsientlari.

Download 10,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish