2. Gidrаvlikа аsоslаri. Suyuqliklаrning аsоsiy fizik xоssаlаri



Download 10,41 Mb.
bet52/72
Sana28.06.2022
Hajmi10,41 Mb.
#714688
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   72
Bog'liq
МАЪРУЗА МАТНИ 4-СЕМЕСТР (1)

Nazorat savollari:
1.Filtrlash jarayoni haqida nimalarni bilasiz? Filtrlash yo’li bilan qanday turli jinsli sistemalarni ajratish mumkin?
2.Filtrlash jarayonini amalga oshirishning qanday usullari mavjud? Ushbu usullar mohiyatini tushuntirib bering.
3.Filtrlovchi materiallarning qanday turlari mavjud?
4.Filtrlash jarayonini harakatga keltiruvchi kuchga tavsif bering. Ushbu kuch qanday hosil qilinadi?
5.Oziq-ovqat texnologiyasida filtrlash jarayonlari qanday maqsadlarni amalga oshirish uchun qo’llaniladi? Misollar keltiring.
6.Filtrlash tezligi qanday aniqlanadi?
7.Cho’kma va filtrlovchi material xususiyatlarini tavsiflovchi qanday kattaliklar mavjud?
8.Filtrlash doimiylari haqida nimalarni bilasiz?
9.Markazdan qochma kuch maydonida filtrlash usulining mohiyatini tushuntirib bering. Ushbu usulning afzalliklari nimada?
10.Oziq-ovqat sanoati korxonalarida qanday turdagi filtrlash apparatlari qo’llaniladi? 11.Nutch-filtrning tuzilishi va ishlash printsipini tushuntirib bering.
12.Filtr-pressning tuzilishi, ishlash printsipi va qo’llanish sohalari haqida nimalarni bilasiz?
13.Davriy ishlovchi filtrlarning hisoblash uslubini tushuntirib bering.


11-Mavzu. Mavhum qaynash qatlami gidrodinamikasi
Reja:
1. Mаvhum qаynаsh jаrаyonlаri.
2. Mаvhum qаynаsh qаtlаmining gidrоdinаmikаsi.

Tayanch iboralar: Oqim tezligi okr2 bo’lganda mavhum qaynash qatlami buziladi. Qatlamdagi zarrachalarni oqim bilan birga qurilmadan uchib chiqib ketish holatlari kuzatiladi


3. Mаvhum qаynаsh qаtlаmli аppаrаtlаr vа ulаrni hisоblаsh uslubi

Mavhum qaynash holati «qattiq jism - gaz» yoki «qattiq jism - suyuqlik» sistemalarida kuzatiladi. Ushbu jarayon paytida gaz yoki suyuqlik oqimidagi zarrachalar muallaq holatda bo’lib, bir-biriga nisbatan betartib ravishda erkin harakat qiladi. SHuning uchun ushbu holat adabiyotlarda mavhum qaynash qatlami, donador qatlamni qaynashi yoki muallaq qatlam holati deb yuritiladi.
Mavhum qaynash qatlami donador material qatlamidan yuqoriga yo’nalgan gaz (yoki suyuqlik) oqimini o’tkazish yo’li bilan hosil qilinadi. Bu paytda oqim tezligi zarrachalarni muallaq holatda tutib turishi lozim.
Absorbtsiya, quritish, issiqlik almashinish, ekstraktsiyalash, sochiluvchan materiallarni aralashtirish va uzatish kabi jarayonlarni amalga oshirishda mavhum qaynash qatlamini qo’llash istiqbolli usul hisoblanadi.
Mavhum qaynash jarayonida qattiq zarrachalar va gaz (suyuqlik) fazalari o’rtasidagi uzluksiz kontakt yuzasi katta bo’ladi. Bu paytda barcha zarrachalarning kontakt yuzalari muhit oqimi bilan yuvilib turishi sababli jarayon harorati va kontsentratsiyasi tez rostlanadi. Natijada amalga oshiriladigan jarayon tezlashib, jihozning ish unumdorligi keskin ortadi. Mavhum qaynash qatlamining gidravlik qarshiligi nisbatan kichik bo’lganligi uchun texnologik jarayonga sarflanadigan energiya miqdori kam bo’ladi.
Donador mahsulot qatlamini tavsiflash uchun zarrachalarni o’lchami, solishtirma yuzasi, ular oralig’idagi bo’shliq hajm ulushi va material qatlamining gidravlik qarshiligi kabi kattaliklardan foydalaniladi.
Donador material zarrachalari orasidagi bo’shliq hajm ulushi  quyidagicha aniqlanadi
 = (V-Vz)/V = Vb/V, (21-1)
bu yerda V- mahsulot qatlamining umumiy hajmi; Vz- qatlamdagi donador zarrachalar egallagan hajm; Vb- qatlamdagi zarrachalar oralig’idagi bo’shliq (erkin) hajm.
Agar mahsulot zichligini z va uning erkin to’kilgan holatdagi zichligini t deb belgilasak, u holda
 = 1- z/t . (21-2)
Diametri d bo’lgan zarrachaning solishtirma yuzasi
fc = 6(1-)/d . (21-3)
Mahsulot zarrachalari orasida hosil bo’ladigan kanallarning ekvivalent diametri de qo’yidagicha ifodalanadi
de = (2/3) d /(1-) . (21- 4)
Ushbu kanallar uzunligini (L) qatlam balandligi (N) orqali ifodalash mumkin
L =  H,
bu yerda - tajribaviy koeffitsient, 1.
Donador material qatlamidagi oqimning haqiqiy tezligi
 = o/ .
, de va L kattaliklar ifodalarini hisobga olgan holda, donador material qatlamining gidravlik qarshiligi ΔP tenglamasi quyidagicha yoziladi

Download 10,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish