Gen kasalliklari – gen mutatsiyalari natijasida kelib chiqadi.
Somatik hujayralar irsiy kasalliklari asosida somatik hujayralar mutatsiyalari yotadi. Ba`zi yomon sifatli o‘smalarda xromosoma mutatsiyalari hujayralar transformatsiyasiga sabab bo‘lishi aniqlangan. Embriogenezning qaltis davrlarida somatik hujayralardagi mutatsiyalar tug‘ma rivojlanish nuqsonlariga sabab bo‘lishi mumkin.
Irsiy kasalliklarga sabab bo‘luvchi gen mutatsiyalari natijasida strukturaviy, transport, homila oqsillari, fermentlar sintezi buzilishi mumkin.
1996 Yildagi ma`lumotga ko‘ra gen kasaliklarining soni 3600 dan ortiqligi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |