- DNK polimerizatsiyasi pirofosfat ajralishi bilan boradi. Ushbu pirofosfat sulfurilaza va adenozinfosfosulfat ta’siri vaqtida ATF ga aylanadi, va lyutsiferinn ilyutsiferaza yordamida oksidlanishini ta’minlaydi.
Odam genomida turli xil nukleotid ketma-ketliklarining joylashuvi
IRSIY KASALLIKLAR
XIX asrda irsiy kasalliklar juda kam uchraydigan kasalliklar qatoriga kiritilar edi, hozir esa har qanday mutaxassislikdagi shifokorlar amaliyotida irsiyatga bog‘liq bo‘lgan kasalliklar juda ko‘p uchramoqda.
Hozirda 7000 gayaqin irsiy kasalliklarning mavjudligi ma`lum.Har yili kamida 100 ta irsiy kasalliklar aniqlanmoqda. Bunga sabab birinchidan, fanning tobora rivojlanib borishi natijasida odam organizmida kuzatiladigan jarayonlarning irsiy, biokimyoviy, fiziologik mexanizmlari tobora chuqur o‘rganilishi bo‘lsa, ikkinchidan, ekologik muhit sharoitlarining tobora yomonlashib borishi odam irsiyatida kelib chiqadigan buzilishlarni ko‘paytirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |