2. Fuqarolik huquq layoqati tushunchasi Huquq layoqatining boshlanishi va tamom bo`lishi


Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish



Download 105 Kb.
bet8/9
Sana31.12.2021
Hajmi105 Kb.
#228916
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
fuqarolik subeyktlari.

Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38-moddasiga asosan, quyidagi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerak:

1. Tug`ilish.

2. O`lim.

3. Nikoh tuzilganligi.

4. Nikohdan ajralish.

Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o`zgartirish, jinsning o`zgartirilishi kabi faktlar yuqori-da sanab o`tilgan fuqarolik holati hujjatlariga tegishli o`zgar-tirishlar kiritish yo`li bilan ifodalanadi.

Fuqaroning shaxsiy hayotdagi hamda uning jamiyatdagi huquqiy holati (fuqarolik holati) uchun, uning fuqarolik huquqi va oila huquqining subyekti sifatida tanilishi uchun ahamiyatli hisoblan-gan yuqoridagi faktlar davlatning tegishli organlari tomonidan ro`yxatga olinadi (qayd qilinadi).

Fuqarolik holati dalolatnomalarini ro`yxatga olish shahar va tuman markazlarida, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) bo`limi tomonidan, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari (fuqarolik yig`inlari) kotiblari tomonidan olib boriladi.

Fuqaroning tug`ilish faktini ro`yxatga olish mazkur fuqaroga nisbatan fuqarolik huquq layoqatining vujudga kelganligini va bolaning ma`lum ota-onadan tug`ilganligini belgilash uchun zarur. Fuqaroning faqat ma`lum yoshga to`lgandan so`ng muomala layoqatiga ega bo`lganligi sababli tug`ilish faktini olish mazkur fuqaroga FHDYO bo`limi fuqarolik muomala layoqatining vujudga kelganligi-ni belgilash uchun ham ahamiyatlidir. Bolaning tug`ilishi to`g`risi-dagi ariza FHDYO organiga bir oylik muddat ichida bolaning ota-onasi yoki ulardan biri tomonidan, alohida hollarda esa, qo`shnilari, qarindoshlari, tibbiyot muassasalari ma`muriyati, ichki ishlar yoki vasiylik va homiylik organlari tomonidan berilishi mumkin. Tug`ilish to`g`risidagi ariza bola o`lik tug`ilgan taqdirda ham berilishi shart. O`lik tug`ilgan bola tug`ilgandan keyin 24 soat ichida FHDYO idorasida qayd etilishi kerak.

Nikohni qayd etish muhim davlat ahamiyatiga ega bo`lgan hujjat hisoblanadi. Oila qonunchiligida belgilanishicha, faqat FHDYO idoralarida qayd etilgan nikohgina er va xotin uchun muayyan huquq hamda majburiyatlarni vujudga keltiradi. Nikoh nikohla-nuvchilarning turar-joylari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Oila qonunchiligiga rioya qilinib ro`yxatdan o`tkaziladi.

Nikohdan ajralish er-xotinning roziligi bo`yicha yoki sudning nikohni bekor qilish to`g`risidagi hal qiluv qarori asosida qayd etiladi. Er va xotinning ajralishlari FHDYO idoralarida qayd etilgandan keyingina tan olinadi, ular o`rtasidagi er va xotin-likka oid huquq hamda majburiyatlar bekor bo`ladi.

Fuqaroning vafot etganligi yoki vafot etgan deb e`lon qilin-ganligini qayd etish ham muhim ahamiyatga ega. Fuqaroning o`lim fakti qayd etilishi huquq layoqatini bekor qiladi. Shu munosabat bilan vafot etgan shaxsning huquq va majburiyatlari tamom bo`ladi. Uning mulkiga nisbatan meros ochiladi. Fuqaroning vafot etganli-gi to`g`risidagi ma`lumot o`lim fakti to`g`risidagi tibbiyot guvoh-nomasi bilan uch kundan kechiktirilmay FHDYO idorasiga bildiri-lishi va shu muddat ichida o`lim fakti qayd etilishi shart. O`ldirilgan, shuningdek o`zini o`zi o`ldirgan yoki baxtsiz hodisadan o`lgan yoki murda topilgan paytdan boshlab 24 soat ichida o`lim sababi to`g`risida tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan guvohno-maga muvofiq FHDYO organida qayd etiladi. O`lim fakti to`g`risi-dagi arizalar marhumning yaqin kishilari yoki turar-joy idorasi tomonidan, zo`rlik bilan o`ldirilishi, o`zini o`zi o`ldirish yoki baxtsizlik hodisasidan o`lish hollaridagi tegishli ma`lumotlar tergov organlari yoxud militsiya tomonidan berilishi lozim.

Farzandlikka olish fakti shahar (tuman) hokimligi tomoni-dan chiqarilgan qarorga binoan ro`yxatdan o`tkaziladi. Farzand-likka olinuvchining nasabi va ota ismi sifatida farzandlikka oluvchining nasabi va ismi ko`rsatilishida yoki farzandlikka oluv-chi er va xotin bolaning ota-onalari sifatida yozilishida bolaning tug`ilishi to`g`risida yozilgan ma`lumotlarga tegishlicha o`zgartirish-lar kiritiladi. Farzandlikka olishning bekor qilinishi ham shahar (tuman) hokimliklari qarori bilan rasmiylashtiriladi va FHDYO idorasida qayd etiladi.

Fuqarolar familiya, ism va ota ismlarini o`zgartirish to`g`risida 16 yoshga to`lganlaridan so`ng FHDYO idoralariga murojaat qilishlari mumkin. Fuqaroning ishi tergovda yoki u sudlangan bo`lsa, shuningdek davlat hokimiyati idoralari norozilik bildir-sa, FHDYO idoralarida nasab va ismlarning o`zgartirilishiga yo`l qo`yilmaydi va bu sud tomonidan hal etiladi.

Otalikni belgilash nikohda bo`lmagan ota-onadan tug`ilgan bolaga otalikni belgilash ota va onasi (agar otasi voyaga yetmagan bo`lsa, unda uning ota-onasi yoki qonuniy vakili) tomonidan be-rilgan birgalikdagi ariza asosida FHDYO organida amalga oshiri-ladi. Otalikni belgilashda ota-onaning shaxsan ishtiroki talab etiladi. 10 yoshga to`lgan bolaga nisbatan otalik uning roziligi bilan belgilanadi.

FHDYO organi otalikni belgilash haqidagi ariza asosida tug`ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli o`zgartirishlar kiritadi.

Agar otalik belgilangan shaxs nikoh tuzgan bo`lsa, u holda FHDYO organi nikoh tuzilganligi va bolalarining tug`ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlariga tegishli o`zgartirishlar kirita-di, shuningdek otalikning belgilanganligi haqida ma`lumotnoma beradi.

Fuqarolik holatlari hujjatlari yozuvlarini bekor qilish va tiklash FHDYO idoralari tomonidan manfaatdor shaxslar o`rtasida nizo bo`lsa yoki fuqarolik holati hujjatlaridagi yozuvlarda jiddiy tafovutlar bo`lsa, sud qaroriga asosan amalga oshiraladi.

Ushbu faktlarning davlat va jamiyat hayotidagi, fuqarolar hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqib, FHDYO organlari arxivlarida ular tuzilgan kundan boshlab, 75 yil mobaynida saqlanadi. Bu muddat tugagach, ushbu dalolatnoma yozuvlari daftarlari tegishli shahar, viloyat va respublika FHDYO arxivlariga topshiriladi. Fuqaroning tug`ilishi, nikohga kirishi, nikohning bekor qili-nishi, farzandlikka olinishi, familiya ism va ota ismining o`zgar-tirilishi, fuqaroning o`limi faktlarini qayd etish O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksi hamda

O`zbekiston Respublikasi shahar va tuman hokimliklari fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish bo`limlariga hamda o`zini o`zi boshqarish idoralarida fuqa-rolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga muvofiq rasmiylashtiriladi.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda mamlakatimizda o`tgan yillar mobaynida inson huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng ko`lamli islohatlarni, ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng ko`lamli islohatlar amalga oshirildi. Avvalo, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xalq hokimyatchiligi prinsipining muhim qoidalaridan biri sifatida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oily qadriyat hisoblanishi belgilab qo’yilgan.Bu borada huquq sohasi yuridik jihatdan teng bo`lgan sub’yektlar o’rtaidagi mulkiy va shahsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi va mustahkamlovchi huquq normalari yig’indisidan iborat. Fuqarolik huquqi o’zining predmeti hisoblangan mulkiy va shaxsiy munosabatlarni tartibga solishda ishtrokchilarning tengligini e’tirof etishga, mulkning daxilsizligiga, shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga bironbir kishining o’zboshimchalik bilan aralashishga yo’l qo’yilmasligiga, fuqarolik huquqlari to’sqinliksiz amalga oshirilishini, buzulgan huquqlar tiklanishini, zauruligiga asoslangan. Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat fuqarolik huquqining sub’yektlari hisoblanishadilar. Fuqarolik huquqi ob’yektlariga ashyolar, shu jumladan, pul va qimmatli qog’ozlar, boshqa buyumlar, molmulk, shu jumladan, mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, san’at asarlari va intellectual faoliyatinng boshqa natijalari, shuningdek, shaxsiy nomulkiy xuquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarololik huquqining asosiy manbaini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va FK tashkil etadi.




Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish