4- Mа’ruzа. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixologik asoslari
Reja:
1. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika asoslari asosiy prinsip va usullari.
2. Faoliyat xavfsizligini psixologiyasi.
3. Inson faoliyatini tashkil qilishning psixologik jihatlari.
4. Ish joyini estetik jihozlash.
5.Ergonomika elementlari va ish joyini tashkil qilish.
Ergonomika ilmiy fan bo’lib, u texnika, psixologiya, fiziologiya va gigiyena fanlarining birikishidan paydo bolgan. Unda anatomiya, biomexanika, toksikologiya, antropometriya va biofizika fanlarining ma'lumotlari qo’llaniladi.
Ergonomika mehnat jarayonlarida qulay (optimal) sharoitlarni yaratish maqsadida insonning funksional imkoniyatlarini va afzalliklarini o'rganadi. Bunda mehnat yuqori unumli va ishonchli bo’lab hamda intellektual va flzik rivojlanishga yangi imkoniyatlar ochadi. Boshqacha qilib aytganda, inson tavsiflari bilan muhit tavsiflari o'rtasida ma'lum kelishuvchanlik haqida so'z boradi.
Albatta bunda o'ziga yarasha hayot faoliyati xavfsizligining ayrim masalalari yechiladi. Lekin bu soha bilimlarini bir-biriga tenglashtirmoq to’g’ri kelmaydi. Qisman ergonomika texnikani insonlarga moslashtirishga intiladi, ammo bu masala har doim ham yechilavermaydi. HFX esa insonni texnikaga moslashtirish muammolarini ko'radi.
Ergonomika - mehnat qonuniyatlari va ishchi jarayonlar haqidagi fandir. Ergonomika tushunchasi grekcha “ish va qonun” degan so'zlardan kelib chiqqandir. Ergonomika so'zini birinchi bo'lib, 1875- yili o'zining “Ergonomika jihatilari, ya’ni mehnat haqidagi fan” degan ishida polyak olimi Yastshembovskiy taklif qilgan.
Yangi ilmiy fanni yaratish g'oyasi boshida 1921 yilda sobiq ittifoq olimlari Bexterev V.M. va Myasnitsev V.N.lar uni “egologiya” keyin “ergonologiya” deb atashni taklif qilishgan.
1949 yilda Angliyada yangi ilmiy fanni yaratish uchun fanning har xil sohalaridan bir guruh mutaxassislar birikkanlarida ergonomika tushunchasi qabul qilindi. Bu tushuncha asta-sekin keng tarqala boshladi, nainki u bilan birgalikda boshqa ta'riflar ham ishlatilib kelindi; misol: inson injeneriyasi, muhandislik psixologiyasi, inson-mashina tizimida izlash, inson omillari kabi tushunchalar.
Ergonomika texnika rivojlanishining ma'lum etapi (bosqichi)da paydo bo'lgan bo’ lib, ishlab chiqarishda muhim muammolarni yechishda zarur shart-sharoitdir. Yangi jihoz va unga to'g'ri kelgan ishlab chiqarish muhitini loyihalashda sodir bo'ladigan ko'pchilik savollarni faqat soglom fikr asosida yechish mumkin bo'lmaganda, ergonomikaga murojaat qilinadi.
Ergonomika fanining maqsadi - mashina va ishlab chiqarish qurollarining o'lcham (parametr)larini hamda ishlab chiqarish muhitini inson ehtiyojlariga moslashtirishdir, ya'ni mehnat jarayonlarini me'yorlash (optimallashtirish) va hamma ko'ngilsiz ishlab chiqarish omillarini bartaraf qilish yoki maksimal kamaytirishdan iboratdir.
Ishlab chiqarishda yechiladigan asosiy ergonomik vazifalarni quyidagi tartibda sinflashimiz va turlarga bo' lishimiz mumkin:
1. Psixologik yuklanishni kamaytirish (nazorat tizimlarini avtomatlashtirish; ishlab chiqarish jarayonlarini stabillashtirish; ish xavfsizligini ta'minlash; jihozlar ishining ishonchliligini ta'minlash; me'yoriy darajagacha ma'lumotlar hajmini kamaytirish; sozlash va nazoratning qulay (qulay) tizimlarini tashkil qilish; nazorat va sozlash tizimlarini markazlashtnrish) ;
2. Shinam ishchi muhitini ta' minlash ( ishlab chiqarish ziddiyatini yaxshilash) ;
3. Ishning qulayligini ta’ minlash- bunda qulay bo'lgan jihoz, mebel, asbob, maxsus kiyimlarni yaratish va ishlatish, hamma jihozlarni badiiy konstruksiyalarini yaxshilash kiradi;
4. Ishlab chiqarishni qulay tashkil qilish (jihozlarni qulay joylashtirish; ishchi zonani to'g'ri tashkil qilish; tashish va ortish ishlarini kamaytirish; ishlash va dam olishni to' g' ri tashkil qilish; maishiy xizmat qilishni to’ g’ ri tashkil qilish) ;
5. Kadrlar bilan ishlash (bunga kasbiy tanlash, yo’riqnomalar o’tkazish, tajriba almashish, kasbiy o'qitish va malaka oshirish kiradi);
6. Fiziologik yuklanishni kamaytirish (shinam havo iqlimini va yorugligini yaratish; shovqin va titrashga qarshi kurash tadbirlari; ish jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash hamda jihozlarni yaratish; ish joyini to’g’ri tashkil qilish; ishchi zonani to'g'ri ta'minlash; qulay harakatlanishni tanlash; boshqarish qismlarini to’g'ri tanlash va joylashtirish; boshqarishni markazlashtirish.
Ergonomika insonning ish jarayondagi xarakatidir. Ergonomika ishlab chikarish jarayonida ishchining charchamasdan, ish kobiliyati pasaymagan va sogligini yukotmagan maksimal ish unumdorligiga erishishda fuknsional imkoniyachtlarni urganuvchi fandir.
Ergonomika - nazariy fan bulib, fiziologiya, psixologiya, antropometriya, mexnat gigenasi va inssonning ish faoliyatini kompleks ravishda kamrab oladi.
Hozirgi payda yangi teznologtk jarayon, kichik korxonalar, yangi mashina va uskunalar albatta GOST “maxsulot sifatiga” binoan bulishi zarur. Ergonomika kursatgichlar belgilangan talablarga javob berishi kerak.
Ish joyda narsalarning joylashtirish, ularning shakli, rangi va boshka kator omillar notugri joylashtirilsa ishchini charchatadi, tugri joylashtirilganda esa aksincha ish unumdorligini oshiradi. Bunda ish joylarini tashkil kilish xam katta axamiyat kashf etadi: asboblar tukimalarining joylashtirilishi, rangi, mashinaning balandligi va boshka ishlab chikarish sharoitlari shullar jumlasidandir. Bular shunday joylashtirilishi lozimki, ishchi ortikcha xarakatsiz, uzini zuriktirmasdan ulardan osonlik bilan foydalansin. Ish joyning balandligi xam muxim axamiyatga ega. Odatda u 1000-1600 mm oralikda olingani maksadga muvofiqdir. Bundan tashkari kuzining imkoniyat doirasini xam hisobga olish kerak
Kuzning kurish imkoniyatlari.
Gorizontal buyicha kurish burchaklari 180-kuzining ish joyda oniy kurish burchagi.
300-kuzning ish joyida samarali kurish burchagi, 1200- kuzining bosh kimirlatmay turgandagi kurish burchagi, 2200-kuzining boshni burgandagi kurish burchagi.
Vertikal buyicha yukoriga kurish burchagi 55-600 ni, pastga kurish burchagi esa 70-750 ni tashkil kiladi. Bunda xam samarali kurish burchagi 30-400 ni tashkil kiladi.
Tuqimachik korxonalarida (ayniksa yigiruv va tukuv fabrikalarida) mashina va dastgoxlarni boshkarish juda kup xarakat kilishni takazo kiladi. Masalan, ipni kalavalovchi smena davomida 10 km ga yakin masofani yurib, 1800 marta uzilgan ipni ulash va bushagan galtaklarni almashtirish uchun engashar ekan. Kalavalovchining ishini yengillashtirish maksadida korxonalarda ularga xarakatlanuvchi urindik kilib berilgan. U maxsus tepkini bosib, mashina buylab ungga va chapga xarakatlanishi va urindikda utirgan yerida uzilgan iplarni ulashi va boshka operatsiyalarni bajarishi mumkin. Bu ularning ishini ancha yengillashtiradi.
Ish o’rniga yaratilayotgan mashina va mexanizmlar konstruktsiyasiga qo’yiladigan talablar:
Ish o’rni asosiy (ishchi) mintaqa (stanok, verstak, konveyer) va yordamchi (o’tirgich, detallar va yarim fabrikatlar maydoni) ga bo’linadi. Asosiy jihoz stanok, qo’shimcha jihoz esa buyumlar, asboblar va moslamalar hisoblanadi. Stanokda ishlaydigan ishchi og’ir detallarni shkafni pastida o’lchov asboblarini kesuvchi asboblar bilan aralashtirmay ma‘lum bir tartib bilan uyachalarga joylashtiriladi. Uyachalarga ular shunday joylashtirilishi kerakki, ularni olish qulay va xavfsiz bo’lsin. Verstakda o’rnatilgan tiska poldan 102 sm yuqorida o’rnatilsa buyi 170 sm bo’lgan ishchi yaxshi ishlay olish qobilyatiga ega bo’lishi kuzatilgan. Agar tiska balandligi 30 sm oshirilsa ishchi toliqishi oshishi va samaradorlik 30 % ga kamayishi kuzatilgan. Agar ish bajarishda ishchi kuchi 50 N dan oshmasa ishni o’tirgan holda bajarish, 100 N oshsa agar tik turgan holda bajarish maqsadga muvofiqdir.
Ishchi o’rnining konstruktsiyasi va ularning o’zaro joylashishi (o’tirgich, boshqarish a‘zolari, ma‘lumotini aks ettirish qurilmalari) antrometrik fiziologik ruhiy va ish xarakteriga javob berishi kerak.
Mashina va mexanizmlar konstruktsiyasi issiq iqlim sharoitida qanchalik moslashgan bo’lsa uning samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi. Yuqori harorat va atrof-muhit changi mashina va mexanizmlarning texnik holatiga katta ta‘sir o’tkazadi. Qum zarralari quyosh radiatsiyasi tasirida ishqalanuvchi yuzalari, detallar va uzellarning tashqi bo’yoqlari, moylash materiallari katta zarar ko’radi. Yozda mashinaning ichidagi havo harorati 68-70 gradus gacha ko’tariladi. Mashinist o’rindig’i sathidagi harorat tush paytida 50-60 gradusni tashkil etadi. Mashinist kabinasida qulay ish sharoitini yaxshilash maqsadida turli xil dekarativ qoplamalar, rezini qoplamalari va kabina tashqi tomonini bo’yalishiga alohida ahamiyat berilishini talab etadi.
ATK da texnik estetika. Ishlab chiqarish sferasida badiiy ijodiyot qonunlarini o’rganuvchi fan texnik estetika deyiladi. Yangi yaratilayotgan mashina va mexanizmlar yuksak dizayn, uzoqqa chidamli, ishonchli bo’lishini taminlash maqsadida muxandis–konstruktorlar quyidagi holatlarga e‘tibor qaratishlari kerak.
Konstruktsiyalanadigan mashina psixologiya, fiziologiya, rangchilik, rang texnika, dekarativ san‘atning erishgan yutuqlari asosida va ma‘lum tartibda jamoatchilik talabini hisobga olish kerak.
Yangi yaratilayotgan zamonaviy avtomobilga estetik jihatdan yondashuv uning dastlabki loyiha jarayonida kerak. ATK da texnik estetikaning “komfort mintaqasi” rangning to’g’ri tanlanishi va bezatish, shovqin va titrashni kamaytirish bu jarayonda asosiy o’rin tutadi.
Ishlab chiqarishning estetik darajasini oshirish binoning yoritilishini yaxshilish, xavfsiz ishlab chiqarish jarayonini ta‘minlash, mehnat unumdorligini oshirish, toliqishni kamaytirish, mehnat sharoiti gigienik talablarni yaxshilash maqsadida ishlab chiqarish binosi arxitektura-kompozitsion masalalari asosida rang tanlanadi. Hamma ranglar uchta xarkteristika orqali o’lchanadi, ya‘ni rangning toni, rangning bir joyga yig’ilganligi va rangning yoritilganligidir.
Rang tanlash kishi ruhiyatiga katta ta‘sir ko’rsatadi. Yashil rang asab tizimini tinchlantiradi. Bu rang xavfsizdir. Yashil rang ogohlantirish maqsadida ishlatiladi. U transport vositalarini xavfsiz va to’siqsiz bir joydan ikkinchi joyga ko’chishini, texnologik jarayon normal o’tishiga imkon yaratadi .
Sariq rang. U tozalikka bog’liq holda favqulotda o’zgaruvchandir va bir qancha holatlarni o’ziga jamlagan. Tabiatda bu rang iliq va quvnoqdir.Sariq rang qora rang bilan ko’p holda birga ishlatiladi va xavfli ob‘ektda navbatma-navbat keluvchi chiziqlar shaklida ishlatiladi. Sariq rang, och sariq rang bilan birgalikda yaqinlashayotgan xavfdan ogohlantiradi.
Malla rang. Malla rang – iliq, mayin va tinch kayfiyatni, mustahkamlik va turg’unlikni namoyon qiladi, lekin noxush kayfiyatni vujudga keltirish xususiyatiga ega. Malla rang ruhiyatni sundiradi, bezovtalantiradi.
Qizil rang. Qon rangi bo’lib qizigan metalning rangidir. U kishini jumbushga keltiradi, kuch-quvvatni oshiradi, shu bilan bir vaqtda tez charchashni vujudga keltiradi. Qizil rangdan ogohlantirish, signal sifatida foydalanadi. Haqiqiy xavfsizlik yuqori bo’lgan joyda ishlatiladi. Masalan: konstruktsiyaning xavfli joylari tashqi tomondan sariq rangda ichki tomoni esa qzil rang bilan bo’yaladi, shuning uchun ham bunday holatda ishchi himoya vositasining bor-yug’ligiga e‘tibor qaratishi lozim.
Och-sariq rang. Bu rang kishining aktiv faoliyat ko’rsatishiga ruhlantirish qobilyatiga ega. U kishilar tomonidan qizigan chug’ tarzida qabul qilinadi.
Ko’k rang. Bu rang suv va sovuqni eslatadi. U yangi va tiniq xuddi havoga o’xshaydi va yengil ko’rinadi. Uning natijasida jismoniy toliqish so’nadi. U nafas olish ritmini muvofiqlashtiradi, rostlaydi. Plyus urushini kamaytiradi va tichlantiradi.
Binafsha rang. Toliqish va bexuda bezovtalanish rangidar.
Qora rang. Xunuk va og’ir rang bo’lib kayfiyatni yomonlashtiradi.
Oq rang.Sovuq va e‘tiborli rangdir.
Kul rang. Ko’rimsiz va zerikarli rangdir. Bu rangdan ishlab chiqarish sharoitida foydalanilmaslikka harakat qilinadi.
Ranglar xromatik va axromatik ranglarga bo’linadi.
Axromatik ranglar bir –biridan faqat yorqinligi bilan ajraladi. Bir rang yorqin bo’lsa, ikkinchi rang esa unga nisbatan kuproq qora – oq, kul rang va qora.
Xromatik rang bir biridan yorqinligi bilangina ajralib turmasdan, balki rang turlari bilan ham farqlanadi. Ular ranglar aylanasini tashkil qiladi. Aylana shartli ravishda ikkiga bo’lingan, ayrimiga qizil, och-sariq, sariq va sariq, yashil ranglar, ikkinchi tomoniga esa havo rang yashil, havo rang, ko’k va ko’k binafsha ranglar joylashgan. Qizil-sariq joylashgan aylana tomoni iliq, ko’k havo rang tomoni esa sovuq deb nomlanadi.
Eng yorqin bo’yoq – belila. U qora rangdan 20-30 marta yorqindir. Harakatlanuvchi ob‘ekt elementlari sariq rangda, xavfli joylarning ichki qismi xavfli joylarga tegib turgan bo’lsa, qizil, qopqoq shesternali, zanjirli, tasmali harakatlanuvchi elementlarni qoplab turgan bo’lsa, sariq rangli punktir chizig’i bilan bo’yaladi. Boshqarish pultidagi “pusk” yashil va “stop” qizil rangda bo’lib sariq fon berilishi kerak. Issiq haroratli joylar alyuminiy bo’yoq bilan bo’yaladi.
4. Rang va nur orasidagi uzviy bog’liqlik. Korxonalarda halokatlar va ko’ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida rangli plakatlar hamda xavfsizlik belgilaridan foydalanish mehnat xafvsizligi nuqtai-nazardan katta ahamiyatga ega. Rangli signallar va xavfsizlik belgilari ishlovchilarni diqqat e‘tiborini bevosita xavfga jalb etishga, mumkin bo’lgan xavfdan ogohlantirishga, xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida muayyan ishlarni bajarish uchun ko’rsatmalar berish va ruxsat etishga, shuningdek axborot berishga mo’ljallangan.
Xavfsizlik belgilari korxonalar, qurilish maydonlarining xududlari, ishlab chiqarish xonalari, ish o’rinlari va ishlab chiqarish uskunalariga o’rnatilishi kerak. “Rangli signal va xavfsizlik belgilari ” ga muvofiq rangli signallar hamda xavfsizlik belgilarining to’rt turi qizil, sariq, yashil va ko’k belgilangan.
TAYaNCH IBORALAR:
Ergonomika, fiziologik yunalish, psixologik yunalish, antrometriya, mexnat gigienasi, texnik estetika, xromatik rang, axromatik rang, muxandis-konstruktor, dizayn.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Ergonomika fanining vazifasi nimadan iborat?
2. Fiziologik yunalishni vazifalari nimalardan iborat?
3. Psixologik yunalishni vazifalari nimalardan iborat?
4. Mashina va mexanizmlarga kuyiladigan talablar nimalardan iborat?
5. Texnik estetikani vazifasi nimalardan iborat?
6. Ranglarni turlari va ularni vazifalari.
7. ATKda texnik estetika to’g’risida tushuncha bering.
8. Xavfsizlik belgilarining qaerlarda o’rnatiladi.
9.Faoliyat xavfsizligini psixologiyasi.
10.Inson faoliyatini tashkil qilishning psixologik jihatlari.
11.Ish joyini estetik jihozlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |