9. Diniy madaniy an'analarning jamiyat taraqqiyotiga ta'siri
Mustaqillik tufayli mamlakatimizda sodir bo’layotgan islohotlar tizimida ma’naviy yangilanish alohida mavqyega ega. «Mustaqiligimizning dastlabki kunlaridanoq, - deb yozadi Prezidentimiz I.A.Karimov, - ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklanishni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz»1. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, ma’naviyat masalalari millat tarixi, axloqiy va diniy qadriyatlar, madaniy meros, an’ana va rasm-rusumlar, milliy mafkura, vatanparvarlik va insonparvarlik, milliy o’zlikni anglash singari juda ko’p omillarni o’z ichiga oladi va pirovardida, inson shaxsini belgilashda asosiy mezon vazifasini bajaradi. Jamiyat va shaxsning ma’naviy qiyofasi, boyligi va istiqboli davlat miqyosidagi vazifa tarzida idrok etilmoqda.
Ma’naviyat murakkab ijtimoiy hodisa bo’lib, uning holati va taraqqiyotiga juda ko’p omillar - siyosat, iqtisod, fan, axloq, san’at, urf-odat kabi hodisalar ta’sir yetkazadi.
Ma’naviy qadriyatlar - bular kishilar ma’naviy faoliyatining mahsuli, bilishning murakkab jarayoni natijasi bilim, hayot, qarash, malakalar samarasidir.
Ma’naviyat jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo’lar ekan, u nafaqat bugungi madaniy boyliklarga, qadriyatlarga zamonaviy, ma’naviy yutuqlarga, shu bilan birga har bir xalqning ko’p asrlik ma’naviy merosiga ham tayanadi. Har bir davr, xalq, millatning ma’naviy qadriyatlari tabiiyki, quruq, bo’sh yerda vujudga kelmaydi. Har qanday ma’naviyat, eng avvalo, jamiyatda avval erishilgan muayyan bilimlar, tajribalar hamda o’tmish avlodlardan bizgacha yetib kelgan ma’naviy merosga, shuningdek, umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarga tayanadi.
O’zbekiston xalqlarining boy ma’naviy merosi I.A.Karimovning aytganlaridek ikki jabhani - olamni ilmiy bilishi va diniy - falsafiy ta’limotni o’z ichiga oladi. Ota - bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalari, ilmiy kashfiyotlari, badiiy asarlari, axloqiy ta’limotlari bugungi ma’naviy tiklanishning negizini, poydevorini tashkil qiladi. Bu o’rinda islom ma’naviyati va axloqiy ta’limotining mavqyei ham kam emas. Sobiq sho’rolar davrida ma’naviy merosga, xususan diniy qadriyatlarga, jumladan islom ta’limotiga nisbatan mafkuralashgan salbiy munosabat, uni zararli deb topish, kurashchan ateizm tamoyillarini mutlaqlashtirish ma’naviy hayotga ziyon keltirdi.
Ma’naviyat tarkibida dinning alohida o’rni mavjudligi o’z-o’zidan ravshan. Buning boisi avvalo shundaki, din ming yillar mobaynida insoniyat hayotining barcha jihatlari bilan chambarchas bog’lanib, uning turmush tarziga aylanib ketgan. Boshqa tomonidan, din ta’sirining zamirida savob va gunoh haqidagi tasavvurlar turadiki, odamlar bu ma’naviy xodisalarga hyech qachon bafarq qaramagan. Binobarin, savob va gunoh, shuningdek, savobli ish qilganlarning ham bu dunyo, ham nariga dunyo taqdirlanishi, gunohkorlarning esa jazolanishi to’g’risidagi qarashlar kishilik jamiyati taraqqiyatining ilk bosqichlaridan shakllanib, odamlarning axloqiy munosabatlarini tartibga solib kelgan.
Din ijtimoiy ong shakllarining biri sifatida kishilar ma’naviy hayotining kuchli va hatto asosiy omili bo’lgan. E’tiqod sifatida e’tirof etilgan tamoyillarga qat’iy amal qilish va uni kundalik turmushda bajarish dinda asosiy o’rin egallaydi. Diniy talablar har bir shaxsdan qat’iylik, iymoniylik, irodalilik, sabr-toqatlilik, chidamlilik, shukronalik, xullas odamiylilik, haqiqiy fidoiylilikni, e’tiqodga amal qilishni taqozo etadi va kishining ma’naviy salohiyatini shakllantiradi. Prezidentimiz Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochilishiga bag’ishlangan nutqlarida dinning inson ma’naviyatini kamol toptirishdagi roliga baho berib, shunday ta’riflagan edi: «Men ilohiy dinimizning olijanob intilishlarimizga xizmat qiladigan, xayrli ishlarimizda bizga madad beradigan bitmas - tuganmas kuch- qudrat manbai bo’lib qolishiga ishonaman»2.
Yuqorida aytilgan fikrlardan kelib chiqadigan xulosa shuki, ma’naviyat uzluksiz jarayon bo’lib, jamiyat hayotining barcha sohalarida o’zining chuqur ta’sirini topgan. Ma’naviyatning mohiyatini Prezidentimiz I.A.Karimov shunday
Do'stlaringiz bilan baham: |