2. Dars maqsadi



Download 2,75 Mb.
Sana26.02.2022
Hajmi2,75 Mb.
#466013
Bog'liq
2 5272002459542226426


Namangan shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli 31- umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Ishanova Nodira tomonidan tayyorlangan ushbu dars ishlanma ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari uchun foydalanishga tavsiya etiladi.

10-sinf
Adabiyot


1. Dars mavzusi:
Didaktik adabiyot haqida tushuncha. Ahmad Yassaviy hikmatlari. (8-10-sinflarda)
2.Dars maqsadi:
a)ta'limiy maqsad: o'quvchilarga didaktik adabiyot haqida ma'lumot berish. Ahmad Yassaviy hikmatlarini o'rganish va tahlil qilishga o'rgatish,og'zaki bayon etish ko'nikmalarini mustahkamlash,t/k..1:axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi;f/k.1:adabiy nutqiy kompetensiya:tihglab tushunish , fikrni og'zaki bayon qilish.
b)tarbiyaviy maqsad : Ahmad Yassaviy hikmatlari orqali o'quvchilarni vatanparvar , xalqparvar , insonparvar bo'lishiga undash va ularni komil inson ruhida tarbiyalash : Kommunikativ kompitensiya elementlarni shakllantirish
d)rivojlantiruvchi maqsad : o'quvchilarni mustaqil mutoalaa qilishga o'rgatish , ularning nutq madaniyatini va tafakkurini shakllantirish ; t/k: o'zini-o'zi rivojlantirish kompetensiysi , doimiy ravishda o'zini-o'zi ma'naviy rivojlantirish , mustaqil o'qib o'rganish;f/k 2: badiiy asar tahlil qilish kompetensiyasi.
3. Dars turi:
yangi bilim berish , mustahkamlash.
4.Darsda foydalaniladigan usullar:
guruhlarda ishlash, "Aqliy xujm", "Ikki tomonlama kundalik", klaster, boshqotirma yechish.
5.Dars jihozi:
proyektor, tarqatmalar, slaytlar, rag'bat kartochkalari, badiiy asarlar.
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism:
o'quvchilar bilan salomlashib , davomat aniqlanadi, sinf xonasi va o'quvchilarning darsga tayyorligi ko'zdan kechiriladi, siyosiy va ma'naviyat daqiqasi tashkil etiladi . Dars adabiyot haqida she'r aytish bilan boshlanadi. Fanlar ichra sardori adabiyot fanidir, To'rt faslning sardori adabiyot fanidir, Dunyo fanlari bori jahonda bir bog' bo'lsa, Eng myyuattar gulzori adabiyot fanidir. O'quvchilar yurtimizdagi so'nggi yangiliklar haqida ma'lumotlar beradilar.
O'quvchilar uch guruhga bo'linadi:
"Ma'naviyat", "Ma'rifat", "Komillik".
II. O'tilgan mavzuni takrorlash:
o'tilgan mavzular asosida guruhlarga "Aqliy hujm" usulidan foydalanib tezkor savollar beriladi.
"Ma'naviyat" guruhiga:
1. Ahmad Yassaviy qachon, qayerda tug'ilgan? (Yassi yaqinidagi Sayram shahrida tug'ilgan , sanasi aniq emas.)
2. "Tunyuquq" bitiktoshi necha ustunga yozilgan? (ikki ustun: 1-170 sm, 2-160 sm )
3. Huroyim kim? (Rustamning onasi)
"Ma'rifat" guruhiga:
1. Ahmad Yassaviyning ota-onasi kim? (otasi Ibrohim Turkistonning taniqli shayxi bo'lgan. Onasi Oisha Qorasoch momo nomi bilan mashhur bo'lgan)
2. Tunyuquq kim?(U ikkinichi turk xoqonligiga asos solgan Eltarash xoqonning maslahatchisi va sarkardasi)
3. Momogul maston qanday timsol? ("Rustamxon" dostonidagi salbiy timsol)
"Komillik" guruhiga:
1. Ahmad Yassaviy kimlardan tahsil olgan? (Yirik mutasavvuf olim Arslonbobo va Buxoroda Yusuf Hamadoniy qo'lida tahsil olgan.)
2. Tunyuquq bitik toshidagi voqealar kim tomonidan hikoya qilinadi? (Tunyuquq tomonidan aytiladi)
3. Rustamning mard jasurligini so'zlab bering.
III. Yangi mavzu bayoni:
"Ditaktika"-yunoncha "Didaktikos", ya'ni "ibratli" degan so'zdan olingan. Demak, "Ditaktik adabiyot" deganda nasihat, o'git, ibrat ruhidagi asarlar tushuniladi. Bu sharqda ham, G'arbda ham bo'lgan. Abu Ali ibn Sino Sharq ko'proq nasihat yo'li bilan, G'arb esa hayotni real ko'rsatish orqali kishini tarbiyalashga moyilligini qayt etib o'tgan.
Shuning uchun ham Sharqni donishmand deb bilishadi. Ekranda didaktik adabiyot haqidagi ma'lumotlar ko'rsatiladi.
Didaktik asarlarni uch turga bo'lamiz
1. Nasriy didaktik asarlar:
"Panchatantra" IV asrda Hindistonda sankrat tilida mashhur bo'lgan. Keyinchalik Kalila va Dimna nomi bilan mashhur bo'ldI. Kaykovusning ''Qobusnoma''si, XVI asr o'zbek adibi Xojaning "Gulzor" va "Muftoh ul-adl" (Adolat kaliti) asarlari sof nasriy yo'lda bitilgan didaktik adabiyot namunalaridir.
2. Nasriy-sheriy didaktik asarlar:
Shayh Muslihiddin Sa'diy, Sheroziyning "Guliston" Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub", Gulxaniynig "Zarbulmasal" asarini ham she'riy, ham nasriy aralash yo'lda bitilgan.
3. Sheriy didaktik asarlar:
Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig", Haydar Xorazmiyning "Gulshan ul-asror", Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror" doston
Ekranda Ahmad Yassaviy haqidagi filim namoyish etiladi.O'quvchilar filim haqida fikr-mulohazalarini aytadilar.

Ahmad Yassaviy hikmatlari ham pand-


nasihat yo'lida yaratilgan asar.
Ahmad Yassaviydan bizga qoldirgan merosi "Hikmatlar" kitobi bo'lib, unda 240 yaqin she'r bor.
Ahmad Yassaviy-mutasavvuf shoir , u tasavvufning to'rt bosqichi: shariat tariqat , ma'rifat , haqiqat mohiyatini she'riy misralariga singdirgan. Adib tasavvufni inson ma'naviyatini yuksaltiruvchi muhim omil deb biladi. Bundan maqsad insoniyatni to'g'ri yo'lga da'vat etish. To'g'ri yo'l haqiqatni anglashdir. Haqiqatni anglash o'zlikni anglashdir.
Tasavvuf bilan bog'liq obralar:
pir, darvish, oshiq, obid, oqil, zohid, ishq, tolib, ummat, rasul, shayton, iymon:
xalk og'zaki ijodiga aloqador:
yo'l, rag'bat, karvon, o'q kabilar Ahmad Yassaviy she'riatini chambar-chas bog'laydi.
Ahmad Yassaviy 1166-yilda vafot etgan . Amir Temur unga hurmat bilan qarab 1395-1397-yillarda Turkistonda Ahmad Yassaviy qabri o'rniga muhtasham maqbara qurdirgan.
Xalq orasida "Madinada Muhammad" Turkistonda Xoji Ahmad ''degan naql bor. Alisher Navoiy "Nasoyim ul-muhabbat" asarida:
"Xoji Ahmad Yassaviy Turkiston mulkinig shayx ul-mashshoxidir. Maqomati oliy va mashhur karomati muttavoliy va nomahsur ermish. Imom Yusuf Hamodiy as'hobidandir."
Ahmad Yassaviy hakmatlarida pand-nasihat orqali komil insonni tarbiyalash yotadi.
Ahmad Yassaviy hikmatlari xalqona ruhi bilan o'ziga xoslik kasb etadi. Adib hayoti va ijodini o'rganib kelish barobarida hikmatlarni o'qib kelish topshiriq sifatida berilgan edi. "Ikki tomonlama kundalik" usulida foydalanish.

Robbim yodi ulug' yoddir aytu bo'lsam,
Asal yanglig suchuk bo'lur tilim mening,
O'zim faqir, qildim muqir, bo'ldim haqir,
Qanot qoqar uchar qushdek ko'nglim mening.

Shoir o'zini juda kamtar tutadi va shu kamarligi ortidan ko'ngli yuksaklikka parvoz qiladi. "Muqir" arabcha so'z "Iqror bo'lmoq"degan ma'noni bildiradi. Shoir faqirligini emas , Yaratguvchiga banda ekaniga iqror bo'ldi.

Guruhlar tayyorlab kelgan kundaliklarini taqdim etadilar.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
t akrorlash uchun slaytlar taqdim etiladi.
Har bir guruhga mavzu bo'yicha topshiriqlar beriladi, test savollarni bajarish topshiriladi .1 "Ma'naviyat " guruhiga:
Ahmad Yassaviy hayotiga oid ma'lumotlarni klaster usulida foydalanib bajarish.
2 "Ma'rifat" guruhi:
Ahmad Yassaviy taxalluslarini klaster usulidan foydalanib ko'rsatish.
3 "Komillik"guruhi:
Ahmad Yassaviy she'riyatidagi timsollar.
2-topshiriq. Boshqotirma savollari bilan sinf taxtasiga ilib qo'yiladi.
Guruhlar boshqotirmani yechadilar.




O'quvchilarni baholash.


V. O'quvchilar rag'bat va jarima kartochkalarini yig'ilib g'olib guruh aniqlanadi, faol o'quvchilar baholanadilar.
VI. Uyga vazifa:hikmatlardan yod olish.
Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish