2. Byudjet, byudjetdan tashqari to‘lovlar yuzasidan hisob-kitoblar hisob


Korxonalarda qo’llaniladigan mehnat haqi shakllari va turlari



Download 24,12 Kb.
bet2/2
Sana11.03.2022
Hajmi24,12 Kb.
#490538
1   2
2. Korxonalarda qo’llaniladigan mehnat haqi shakllari va turlari
Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda bosh vazifa kishilarning farovonligini yanada yuksaltirish hisoblanadi. Mehnat va mehnat haqi hisobida hisob ishlarining aniq va tezkor ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim sohalardan biridir. Mehnatga haq to‘lash jarayonida, ishning sifatini, ishchilar tomonidan belgilangan me’yorlarning bajarilishini nazarda tutish va mehnat haqini hisoblashning aniq va puxta tarkibini o’rnatish zarur.
Korxonalarda mehnat haqi 3 ta o’zaro bog’lanishdadir:
-ta’rif tizimi;
-mehnatni me’yorlashtirish;
-mehnat haqi shakllari bilan aniqlanadi.
Ishni sifatli baholashda ta’rif tizimi qo’l keladi. Mehnatni me’yorlashtirish orqali esa, sarflangan mehnat hajmi aniqlanadi, mehnat haqini hisoblash tartibi esa mehnat haqini to‘lash shakllari orqali shakllanadi. Ishchi, xodimlarning ish haqini to‘lashda asos bo’lib ta’rif setkasi hisoblanadi va u o’z o’rnida mehnat qilish sharoitlarida, ishchi xodimlarning malakalariga mehnat haqining shakli va muayyan sohaning xalq xo‘jaligidagi o’rniga bog’liq bo’ladi. Ta’rif tizimiga quyidagilar kiradi:
 ta’rif stavkasi
 ishchining razryadiga muvofiq ma’lum vaqt birligi (soat, kun) uchun to‘lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda ta’rif stavkasi 1 - razryad uchun belgilanadi, qolgan razryadlar uchun esa 1 - razryad ta’rif stavkasini qolgan razryadlar ta’rif koeffitsentiga ko’paytirish orqali topiladi.
 ta’rif setkasi – bu razryadlar va ularga tegishli bo’lgan ta’rif koeffitsentlari ko’rsatiladigan hujjatidir. hamma korxonalarda 1 - razryadning ta’rif koeffitsenti biriga teng bo’lib razryad ortgan sari ta’rif koeffitsentlari ham oshib boradi.
 malaka – ta’rif ma’lumotnomasi - u asosida ta’rif stavkasiga asosan ishchining va ishning razryadi aniqlanadi. Oddiy ishning haqi 1 - razryadli ishchining ta’rif stavkasi asosida to’lanadi. Mehnat malakasiga yoki o’rnatilgan ta’rif razryadiga va o’rnatilgan ta’rif koeffitsentiga bog’liq holda boshqa razryadlarning ta’rif razryadlari Yuqorida ta’kidlangan razryaddan Yuqori bo’ladi. Ta’rif razryadi har bir ishning turiga qarab o’rnatiladi, Shuning uchun ta’rif stavkasi qolgan ishga qarab umumiy tarzda ishlatiladi.
O‘zbekiston respublikasining mehnat kodeksida mehnat haqining shakli va tizimlarida, mukofotlar, qo’shimcha to‘lovlar, rag’batlantirish to‘lovlari jamoa shartnomalarida mahalliy aktlarda o’rnatiladi va kelishib olinadi. Ular ish beruvchi tomonidan qo’llaniladi. Shuningdek ular kasaba qo’mitasi bilan kelishilgan bo’lishi shart. Kasbishchi xodimlarining malakasi bajaradigan ish va sharoitlarining qiyinliqlariga qarab, davlat stavkalari va okladlari mehnat haqi diferensiatsiya qilish uchun baza sifatida qo’llanishi mumkin. O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Maxqamasining 1996 yil 23 – martdagi № 103 raqamli qaroriga muvofiq mehnat haqi bo‘yicha yagona ta’rif setkasi qabul qilindi va unda mehnat haqini to‘lash bo‘yicha razryadlar va nolinchi razryadlar ta’rif koeffitsentlari urnaltilgan.
Oddiy ishbay tizimida bajarilgan ish ishbay narxiga ko’paytirish yo’libilan mehnat haqi miqdori aniqlanadi. Ishbay mukofot tizimida ishchi asosiy mehnat haqidan tashqari ma’lum ishlab chiqarilgan yutuqlariga erishilganliqlari uchun mukofot oladi. Ishbay akkord tizimida mehnat haqi summasi bajarilishi kerak bo’lgan ish uchun belgilanadi. Ishbay akkordi asosan mavso’miy haridordagi ishlarni hamda ayrim buyurmalarni bajarishda qo’llaniladi.
Mehnat haqining vaqtbay shaklda mehnatga haq xodimning ishlagan vaqti va malakasiga qarab to’lanadi. Amalda vaqtbay mehnat haqining oddiy va mukofot turlari qo’llaniladi.
Oddiy vaqtbay shaklida injener - pedagog xodimlar, xizmatchilar va boshqalarning haqiqatda ishlagan vaqtiga qarab belgilangan.
Vaqtbay mehnat haqi shaklida haq oluvchi ish xodimlar mehnatiga haq ularning ishlagan vaqti va ta’rif stavkalari asosida aniqlanadi.
Vaqtbay mukofot turida asosiy mehnat haqidan tashqari mukofot ham to’lanadi. Rahbar, injener, xodimlar, xizmatchilar mehnati oylik belgilangan oklad asosida to’lanadi.
Hisobot oyidagi hamma ish qonuni to’liq ishlagan va bu kategoriyadagi xodimlar mehnati oylik oklad miqdorida to’lanadi. Agar xodim hamma ish kunida to’la ishlamagan bo’lsa, u holda ularning mehnatlariga haqi ishlagan vaqti va okladi asosida hisoblanadi.
Mukofotda asos bo‘ladigan ko‘rsatkichlar har bir korxona xususiyatlari hisobiga olingan holda belgilanadi. Ishchilarga hamda xodim va xizmatchilarga mukofot mehnatga haq to‘lash fondidan to’lanadi. Korxona rahbari tasdiqlangan mehnat haqi fondi doirasida kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishilgan holda ishchilarning ayrim guruhi uchun mehnatga haq to‘lashning ishbay, vaqtbay yoki akkord shakllarini belgilashi hamda ishchilar, injener, xodimlar va xizmatchilarni mukofotlash shartlari va ko‘rsatkichlarini aniqlab olish mumkin. Amaldagi ta’rif malaka ma’lumotnomasiga muvofiq ishchilarga razryad belgilash, yangilarni tasdiqlash mumkin. Undan tashqari, korxona rahbari Yuqori malakali usta va boshqa xodimlarni oylik mehnat haqiga rahbarligi uchun qo’shimcha foiz belgilay oladi, shtatlar oklad, ma’muriy boshqaruv harajatlari smetasini tasdiqlaydi. Korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan shtat, oklad va ma’muriy boshqaruv harajatlari uchun smeta moliya organlari tomonidan ro’yhat qilinmaydi. Keyingi yillarda xodimlarni ish shtatlaridan moddiy manfaatdorligi asosan mehnat haqi va xizmatchilarning oylik okladlari, stavkalarini oshirish, ta’rif stavkalarini, takomillashtirish yo’li bilan amalga oshira boshlanmoqda. Shu bilan birga turmush mehnatga haq to‘lashning rag’batlantirish mexanizmini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Mehnat haqi fondi rejalashtirish tartibini o’zgartirish bilan bir qatorda mehnatga haq to‘lashning rag’batlantirishning kuchaytirishga erishilgan Yuqori natijalarni moddiy jihatdan rag’batlantirishning ilg‘or shakllarini amalda keng qo’llanishga alohida e’tibor beriladi. Korxonalarga mehnat haqi fondining iqtisod qilingan qismi hisobidan belgilangan oklad va ta’rif stavkalariga ustama haq to‘lash huquqi berilgan.
Korxonalarda qo’llaniladigan oddiy vaqtbay ish haqini hisoblashni quyidagi misol yordamida ko’rib o’tamiz: Ishchining bir oylik mehnat haqi 15 000 so’m. Maosh hisoblanayotgan oy 25 ish kunidan iborat. Unda ishchining mazkur oydagi bir kunlik maoshi 600 so’mni tashkil qiladi (15000 : 25). Ishchi hisobot oyida hammasi bo’lib 20 kun ishlagan va 5 kun kasal bo’lgan. Shuning uchun ishchining Shu oyda oladigan maoshi 12000 so’mni tashkil etadi (20 x 600). Qolgan 5 kun uchun mazkur ishchiga mavjud qonun va me’yoriy hujjatlarga asosan, sug’urta ajratmalari hisobidan nafaqa hisoblanadi va to’lanadi.
Ishchi ta’rifi stavkasiga belgilangan mehnat haqini kam ishchi soni bilan bajarish, Yuqori kasb ustaligiga erishilgan taqdirda va boshqa hollarda ustama haqi to’lanadi.
Mehnat haqi o’z tarkibiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
a) asosiy;
b) qo’shimcha mehnat haqi.
Asosiy mehnat haqi deganda ishchi va xizmatchilarning ishlagan vaqti va ishbay ish haqining hamma turlari, mehnat sharoitining o’zgarganligi uchun to‘lanadigan qo’shimcha haq, tungi smenada ishlaganligiga hamda smena soatidan ortiqcha ishlaganligi uchun to‘lanadigan haq va boshqalar.
Qo‘shimcha mehnat haqi deb ishchi va xizmatchilarning ishlamagan vaqti uchun amaldagi qonun – qoidalarga muvofiq to’lanadigan haqga aytiladi.
Korxona xodimlarining asosiy va qo’shimcha mehnat haqi hamda ro’yhatida bo’shagan xodimlar mehnat haqi fondini tashkil qiladi. Ishchi va xizmatchilar mehnat haqi tuzilgan tabelga asosan aniqlanadi. Tabelda ishlarning oy davomida ishlagan kunlari, vaqti bo‘yicha ko’rsatiladi. Ishchi va xizmatchilar kasalliklari tufayli ishga kelmay qolsa, tabelda kasalligi to’g’risida belgi (q) qo’yiladi. Korxonalar dam olish kunlari ishlasa tabelda dam olish belgisi (D.O) qo’yiladi. Boshqa hamma kunlarda haqiqiy ish vaqti ko’rsatilib boriladi. Tabel tuzish turi korxonalarda turlicha bo’lishi mumkin. Bu narsa korxonadagi ishchi va xizmatchilar soniga bog’liq bo’lishi mumkin. Tuzilgan tabel korxonaning buxgalteriyasiga topshiriladi, buxgalteriyada tabelga asosan ishchi va xizmatchilarga mehnat haqi hisoblanadi. Mehnat haqi hisoblashda mahsulot ishlab chiqarish rejasi necha foiz bajarilganligi, mukofotlar tarkibi albatta hisobga olinadi. Ishchilarga ajratilgan mehnat haqi alohida mehnat haqi hisoblash qaydnomalarida ko’rsatiladi. Qaydnoma mehnat haqi berish kunlariga ko’ra bir oyda 2 marta tuziladi. Birinchi qaydnoma mehnat haqi yuzasidan bunak berish ikkinchisida esa oylik mehnat haqining to’liq hisobi keltiriladi. Bu qaydnomada ishchilarga hisoblangan mehnat haqi summasi va ushlab olinadigan soliqlar summasi ko’rsatiladi. Tuzilgan qaydnoma korxona bosh buxgalter va korxona rahbari tomonidan imzolanadi.
Download 24,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish