3. Bozor iqtisodiyoti va sifatni boshqarish Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va bugungi kunda amalda o‘zining yuksak samaralarini berayotgan Inqirozga qarshi choralar dasturida korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilgan. Bunda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, xalqaro sifat standartlariga o‘tish bo‘yicha qabul qilingan tarmoq dasturlarini amalga oshirishni tezlashtirish muhim ahamiyatga ega. O‘z navbatida, bu korxonalarning ham tashqi, ham ichki bozorda barqaror mavqega ega bo‘lishini ta’minlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |