2-bosqich bt 46 -2015-guruh talabasi nuriddinova nargiza baxriddin qizining


Barkamol avlodni tarbiyalash – sinf rahbarining bosh maqsadi



Download 156,5 Kb.
bet2/2
Sana12.01.2020
Hajmi156,5 Kb.
#33461
1   2
Bog'liq
sinf rahbari ishini rejalashtirish metodikasi


Barkamol avlodni tarbiyalash – sinf rahbarining bosh maqsadi.

Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta`lim-tarbiya berishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. Maktab o`qituvchilarining faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan.

Har bir bola o`z xulq-atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tar- biyalashda ularning ana shu o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o`rganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni o`zida aks ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko`rayotgan yoshlar uning ana shunday xususiyatlarini bilishlari lozim. O`qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning professiogrammasida ifodalanadi.

Professiogramma quyidagilarni o`z ichiga oladi:

1) o`qituvchi shaxsining xususiyatlari;

2) o`qituvchining ruhiy-pedagogik tayyorgarligiga qo`yiladigan talablar;

3) maxsus tayyorgarlikning hajmi va mazmuni;

4) ixtisosga oid uslubiy tayyorgarlikning mazmuni.

-O`qituvchi shaxsining xususiyatlari:

G’oyaviy sohada: ilmiy dunyoqarash va e`tiqod; ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish; ijtimoiy va grajdanlik burchini anglash; ijtimoiy-siyosiy faollik.

Pedagoglik kasbi sohasida; bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni sevish; ruhiy pedagogik ziyraklik, pedagogik takt, pedagogik tasavvur; tashkilotchilik qobiliyati; haqqoniylik; dilkashlik; o`zini tuta bilish; kasbiy layoqatlilik.

Keng ilmiy saviya, ma`naviy ehtiyoj va qiziqish, intellektual qiziqish, yangilikni his qila bilish; pedagogik ma`lumotlarni oshirishga intilish esa bilish sohasiga kiradi.


Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko`rayotgan yoshlar pedagogik professiogrammada keltirilgan ixtisoslik xususiyatlarini bilishlari lozim. Professiogramma quyidagi xususiyatlarni o`z ichiga oladi:

1) o`qituvchi shaxsi xususiyatlari;

2) o`qituvchining ruhiy-pedagogik tayyorgarligiga qo`yiladigan talablar;

3) maxsus tayyorgarlikning hajmi va mazmuni;

4) ixtisosga oid uslubiy tayyorgarlikning mazmuni.

Bo`lajak o`qituvchilarning kasbga xos xususiyatlarini shakllantirish uchun ularning pedagogik-psixologik qiyofasi, ya`ni milliy professiogrammasini yaratish zarur. «Ta`lim to`g’risida»gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o`qituvchilarga, ayniqsa boshlang’ich sinf o`qituvchilariga alohida e`tibor qaratilgan. SHuning uchun ham boshlang’ich sinf o`qituvchisining pedagogik-psixologik qiyofasini yaratish bugungi kundagi dolzarb masaladir. Jumladan, boshlang’ich sinf o`qituvchisi O`zbekiston kelajagi buyuk davlat ekaniga ishonishi, milliy iftixor tuyg’usiga ega bo`lishi; bolalarni xalq pedagogikasi durdonalari hamda milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiya qila olishi; nutqi ravon, tili boy bo`lishi zarur.

Boshlang’ich ta`lim o`qituvchilari uchun zarur bilimlar:

1. Pedagogika va psixologiya fanining metodologik

asoslarini egallash.

2. Tarbiya mohiyatini, uning maqsad va vazifalarini

hamda metodlarini bilish.

3. O`quvchining rivojlanishini, pedagogik, psixologik-

fiziologik xususiyatlarini bilish.

4. Boshlang’ich sinf o`quvchilari bilan tarbiyaviy ishlar

olib borish metodikasini bilish.

5. Boshlang’ich sinf o`quvchilariga dars o`tishning pedagogik-psixologik yo`llarini bilish.

6. Fan va madaniyat sohasida umumiy bilimlarni egallash.

Boshlang’ich ta`lim o`qituvchisi uchun zarur malakalar

Amaliy-konstruktiv malakalar:

1. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtira bilish.

2. O`quvchi shaxsini jamoa sharoitida tarbiyalashning indi-vidual rejasini amalga oshira bilish.

3. Har xil o`yinlar orqali o`quvchilar tarbiyasini muvaf-faqiyatli amalga oshirish.

Tashkilotchilik malakalari:

1. O`quvchilar jamoasidagi faol bolalarni aniqlay bilish, sinf faollarini tashkil qilish va ularni boshqara

olish.

2. O`quvchilarning jamoatchilik faoliyatini uyushtira bilish, ularning ijtimoiy faolligini rivojlantirish.



3. O`quvchilarga berilgan jamoa topshiriqlarining baja-rilishi ustidan nazorat o`rnatish va ularga zarur

vaqtda amaliy yordam bera bilish.

4. Maktabda sinf rahbarligi ishlarini faol amalga oshira bilish.

5. Jamoatchilik va ota-onalar o`rtasidagi ishlarni tashkil eta bilish.

Kommunikativ malakalar:

1.O`quvchilar, ota-onalar, o`qituvchilar, jamoatchilik

vakillari bilan pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq keladigan munosabat va aloqalar o`rnata bilish.

2.O`quvchilar jamoasining qiziqishlarini, ichki munosabatlarini idora qila bilish.

3.O`quvchilar fikrini tushunish va o`z fikrini tushuntira bilish.

4.O`quvchilar bilan yaqindan munosabatda bo`lish va

ularda o`ziga nisbatan mehr, ishonch, hurmat uyg’ota bilish.

Amaliy malakalar:

1.Rasm solish.

2.Ashula aytish.

3.Sport bilan shug’ullanish.

4.Sayohat qildirish.

5.O`yinlar tashkil qilish.

6.Pazandalik.

7.Tikuvchilik.

Kasbiy sifatlar:

1. Bilimdonlik.

2.Kasbga e`tiqodlilik.

3.Fuqarolik burchini anglash (mas`uliyatni anglash).

4.Adolatlilik.

5.Talabchanlik.

6.O`zini tuta bilish.

7.Pedagogik nazokat.

8.Vazminlik, sabr-toqatlilik.

9.Kuzatuvchanlik va ziyraklik.

10.Nutq madaniyati..

11.Aniq, ifodali o`qish.

12.Ijodiy xayol - kelajakni ko`ra olish yoki pedagogik tasavvur.

13.Ta`sir eta olish. Kasbiy layoqatlilik.

Shaxsiy sifatlar:

1.Bolalarni sevish.

2.Mehnatsevarlik.

3.Ijtimoiy g’ayrat.

4.Kuzatuvchanlik.

5.Mehribonlik.

6.Kamtarlik.

7.Quvnoqlik.

8.Qat`iylik.

9.Dadillik.

10. Intiluvchanlik.

11.Diqqat-e`tiborlilik.

Ijodiy sifatlar:

1.Ta`lim-tarbiyaga oid ishlarni amalga oshirish ja-

rayonida pedagogik mahoratni mukammallashtirishga doimiy

intilish.

2. Tarbiyaviy ta`sir natijasini oldindan ko`ra bilishga intilish.

3. Bo`lib o`tgan voqea-hodisalarga, tarbiyalanuvchilarga

nisbatan yangicha qarash qobiliyati.

4. O`zini tarbiyalanuvchi holatiga qo`ya bilish, atrof-muhitga nisbatan uning qarashini ko`ra bilishga intilish.

Qobiliyatlar:

1. Didaktik qobiliyat.

2. Akademik qobiliyat.

3. Pertseptiv qobiliyat.

4. Nutq qobiliyati.

5. Tashkilotchilik qobiliyati.

6. Avtoritar qobiliyat.

7. Kommunikativ qobiliyat.

8. Pedagogik xayol.

9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati.

10. Umuminsoniy va milliy qadriyatlarni bilish va targ’ib qila olish qobiliyati.

Ushbu pedagogik-psixologik qiyofa pedagoglarni tanlashda, ularning bilim qobiliyatlarini tashhis qilishda qo`llanishi mumkin. Ma’naviyat aqida Birinchi Prezidentimiz shunday deganlar:
"Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning imon-e’tiqodi va irodasini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur etaman." Ma’naviyat insonning butun umri davomida uning kuchiga kuch qo’shishga, aql-idrok va zakovatini kengaytirib, mustahkamlashga xizmat qiladi.

(Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha, tamoyil va atamalar, 72 bet)

Ma’naviyat va ma’naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbaidir.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, eng umumiy ma’noda ma’naviy tarbiya deganda kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy savodxonligini oshirish tushuniladi.

Har bir millatning o’z ma’naviyatini chuqur anglashi, oigining tarkibiy qismiga aylantirishi millatning o’ziga bo’lgan ishonchpni mustahkamlaydi, e’tiqod va qadr hissini boyitadi. SHuning uchun ham istibdod davrida hukmron mafkura doirasida milliy ma’naviyatga e’tibor berilmadi, to’g’rirog’i, u har jihatdan kamsitildi. Oqibatda, o’zbek xalqi o’z ma’naviy merosining ko’pgina qatlamlarini o’rganishdan mahrum bo’ldi.

Mustaqillik tufayli o’zbek xalqining ko’p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini o’rganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo’l ochildi. Ma’naviyatimizning qadimiyligini, mazmunan chuqurligi va rangbarangligi, bugungi kundagi salohiyati cheksiz ekanini to’la ravishda ko’rsatmoq uchun "Avesto"dan boshlab, Farobiy, Navoiy, Bobur, Furqat, Behbudiy, Fitrat, Cho’lpon va Avloniy orqali to hozirgi kunlargacha bo’lgan yaxlit bir manzarasi yaratilmoqda.

Mustaqillik ayni paytda ma’naviyatning ajralmas qismi bo’lgan milliy til va madaniyatni taraqqiy ettirish, milliy o’z-o’zini anglash, milliy his tuyg’ular, g’urur va vatanparvarlikni mustahkamlashga ham yo’l ochganini ta’kidlash zarur.

Mustaqil O’zbekistonning taraqqiyoti jamiyat a’zolarining, har bir shaxs va ayniqsa, yoshlarning ma’naviy kamoloti, istiqlol g’oyalarining kishilar ongiga, kundalik hayotiga chuqur kirib borishiga bog’liq. Kelajagi buyuk O’zbekistonni barpo etishda faol qatnashayotgan har bir fuqaro o’z mamlakati, xalqi, millatining ajralmas bir bo’lagi ekanini anglashi - milliy ma’naviyat va ongning bir qismidir.

Ilg’or millat va rivojlangan davlat bo’lishning zarur shartlaridan biri-boy ma’naviyatga ega bo’lishdir. SHu sababdan Prezident I.Karimov: "Ma’naviyat-insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch qudratidir. U yo’q joyda hech qachon baxt-saodat bo’lmaydi", deb ta’kidlaydi.

SHunday ekan, ma’naviyat va ma’rifatni ko’tarish, targ’ib qilish, boyitish, har bir fuqaroning yuksak ma’naviy darajasini ta’min etish eng dolzarb masalalardan biridir.

Ma’naviy tarbiya ko’rgan kishi hech qachon o’z kindik qoni to’kilgan vataniga, ajdodlari xoki yotgan muqaddas yurtga, ota-onasi, birodarlari va yaqinlariga qarshi chiqmaydi. O’zini va boshqa begunohlarni o’ldirish u yoqda tursin, hatto osmonda uchgan qush yoki yerda o’rmalab, o’z rizqini topib yeyayotgan chumoliga ham ozor bermaydi. Tashqarida turib, bularni qo’g’irchoq kabi o’ynatayotgan "xoja"larning quliga aylanib, o’z vatanini sotmaydi, unga xiyonat qilmaydi, yaqinlariga qarshi qurol ko’tarib kelmaydi.

Aksincha, kishi ma’naviy zaif, dunyoqarashi, fikrlash doirasi tor bo’lsa, na diniy na dunyoviy bilimlarga ega bo’lmasa, tashqaridan berilgan noto’g’ri tushunchalarni to’g’ri deb qabul qiladi va adashib qoladi. SHuning uchun bizlarning vazifamiz, yoshlar ongida ma’naviy bo’shliq paydo bo’lishiga aslo yo’l ko’ymaslik, ularga to’g’ri yo’l ko’rsatib turishdan iborat bo’ladi.

Ma’naviy tarbiyani kamolga yetkazish, uni o’stirish uchun har birimiz OAVlarini doimiy kuzatib borishimiz, dunyoda yuz bsrayotgan voqea-hodisalarga adolatli baho berib, to’g’ri xulosa chiqarishimiz, yo’l qo’yilayotgan xato-kamchiliklarni tahlil qilib bormog’imiz lozim. Olgan diniy-ma’rifiy va ma’naviy bilimlarimizni qurol qilib, ularga qaqshatqich zarba bermog’imiz zarur.

SHuncha olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, teleko’rsatuvlar, chop etilayotgan adabiyot va maqolalarga qaramasdan, keyingi paytlarda respublikamiz hududida turli noxushliklar bo’lib o’tmoqda, begunoh kishilarning muqaddas qonlari to’kilmoqda. Demak, bizning ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borayotgan ishlarimiz hali talab darajasida emas ekan.

Kimlardir bizning e’tiborimizdan chetda qolmoqda va kimlardir o’zining buzuq va g’arazli g’oyalarini ularning ongiga kiritishga muvaffaq bo’lmoqda. Sog’lom fikrlovchi inson o’zini o’ldirish u yoqda tursin, qo’liga bir ninani tiqib, ikkinchi tomonidan uni chiqarib olishga ham qodir bo’lmaydi. Ammo, ba’zi yoshlar, ayniqsa, ayrim ayollarni o’zini portlatishgacha olib borayotganlar ularga nima deyapti, nimalarni va’da qilayapti? Nima uchun ular kimlarningdir aytganini qilishayapti? Mana shular haqida o’ylab ko’rishimiz va tegishli chora-tadbirlar belgilashimiz lozim bo’ladi.

Axloqiy tarbiya masalasiga kelsak, u nihoyatda keng qamrovli bo’lib, farzandning ota-onaga, ota-onaning farzandiga bo’lgan munosabati, kattaga hurmat, kichikka izzat qilinish madaniyati, milliy va diniy qadriyatlarimizga munosabat, sog’lom turmush tarzini shakllantirish kabi bir qator muhim mavzularni o’z ichiga oladi.

Sinf rahbarining ish rejasida oila, maktab - hamkorligi

Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y harakatlarini birlashtirish


maqsadida 1993-yilda ishlab chiqilgan “Oila, mahalla, maktab hamkorligi
”Konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g`oyalariga sadoqatli, ma’naviy
barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini
muvofiqlashtirish borasida muhim dasturilamal bo`ldi. Mamlakatimizda
keying yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya to`g`risidagi qator
me’yoriy hujjatlar, jumladan O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” bozor
iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil
fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va makatab nufuzini
yanada yuqori pog`onaga ko`tarishni taqazo etadi.

Zero, ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh


islohotchidir.Prezidentimizta’kidlaganidek:

birinchidan, yosh avlodga o`zligimizni, muqaddas an’analarimiznianglash tuyg`ularini, xalqimizning ko`p asrlar davomida shakllanagan ezguorzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo`yilgan oliy maqsad va vazifalarni anglashsingdirish;


ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo`lgan hurfikrlikdan qat’iy
nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini
asraydigan yagona g`oya – milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;
uchinchidan, yoshlarni baynalminal, jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda
O`zbekistonga munosib hurmat tug`dirish uchun intilish ruhida
tarbiyalash;
to`rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak
odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
beshinchidan, yosh avlodni ulug` ajdodlarimizning munosib vorislari
ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini
egallash ruhida tarbiyalash

O`zbekistonda o`quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir. Davlatimiz rahbari ko`rsatib berganidek, ta’lim-tarbiya sohasidagi


islohotlar:
birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir ko`rsatishga,
umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o`zgartirishga;

ikkinchidan, insonning hayotda o`z o`rnini topishini tezlashtirishga; uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsni shakllantirishga; to`rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to`la ro`yobga chiqarishga beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod,
zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo`lgan,
kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga
qaratilgan.
Mazkur Konsepsiyada taraqqiyotimizning ma’naviy – axloqiy negizi
milliy va umuman insoniy qadriyatlar uyg`unligi ekanligi e’tirof
etiladi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning quyidagi o`zaro aloqalar
uyg`un yo`nalishlari belgilab olindi:Milliy tarbiya yo`nalishi orqali o`zlikni anglash, vatanparvarlik, milliyg`urur, millatlararo muloqat madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik kfazilatlari shakllantiriladi.
Umuminsoniy yo`nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik,
ekologik, gigiyenik va boshqa tarbiya yo`nalishlari amalga oshiriladi. Bu
Konsepsiyaning milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablariga
mosligini ta’minlaydi. Sog‘lom oilada barkamol avlod voyaga yetadi. Mamlakatimizda oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, yosh oilalar uchun qulay turmush sharoitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.
Bolalarga ta’lim-tarbiya berishda maktab va pedagoglarning asosiy
vazifalari O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan qabul
qilingan “Ta’lim to`g`risida”gi Qonunning, “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” va respublika rahbariyatining dasturiy fikrlarimazmunidan kelib chiqqan bo`lishi kerak, ya’ni: maktabda bolaga biron bir kasb-korni egallashi uchun mustahkam poydevor yaratish; o`quvchi yoshlarning sport turlari bilan shug`ullanishlariga yordam berish, ularning bo`sh vaqtlarini, imkoniyatlarini hisobga olgan holda
to`garak mashg`ulotlarini tashkil qilish; bolalarga ta’lim berishni ilg`or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o`quv uslubiy dasturlar asosida tashkil etish, o`quv-tarbiya jarayonlarini jahon andozalariga mos ravishda ta’minlash; o`quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini tahlilidan, iqtisodiy
va ijtimoiy muhitdan kelib chiqib, ularni turli soha bo`yicha kasb
asoslariga yo`naltirish va ta’limda tabaqalashtirilgan yondashuvni
joriy etish; yosh oilalar bilan ishlash, tibbiy-tarbiyaviy, huquqiy,
ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy tushunchalar berish uchun maxsus
tadbirlarni amalga oshirish; o`z hududidagi mahalla jamoalarining faoliyatini tarbiyaviy maqsad yo`lida muvofiqlashtirish; tarbiyasi og`ir, qarovsiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishlash, oilalarga pedagogik yordam berish;
bola tarbiyasi yaxshi yo`lga qo`yilgan oilalarni tegishli idoralar hamkorligida o`rganib, tajribalarini ommalashtirish; o`qishni va ishlashni xohlamaydigan, bezorilik yo`liga kirib ketgan o`smirlarni hisobga olib, ularga tegishli tashkilotlar bilan birgalikdazarur choralar ko`rib, ota-onalar yig`ilishlaridamuhokama qilish; tarbiya sub’yektlari bo`lmish huquqiy, tibbiy, ijodiy uyushmalar, yoshlar, tabiatni muhofaza qilish va “Ekosan”, “Qizil yarim oy”, barcha jamg`arma va jamoatchilik markazlari, ommaviy axborot vositalari, inson huquqlari, ommaviy axborot vositalari, inson huquqlari, nodavlat tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy boshqaruv idoralarining bola tarbiyasiga bo`lgan mas’uliyat va javobgarligini muvofiqlashtirish; turar joyda va mahallada olib borilayotgan tarbiyaviy, ma’naviy, ma’rifiy, madaniy-ommaviy va sport tadbirlari markazi maktab bo`lishiga erishish; o`quvchi-yoshlar, ota-onalar, jamoatchilik bilan huquqiy tarbiyani amalga oshjrish, tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari orasida milliy mafkurani targ`ib qilish, aqidaparastlik va milliy taraqqiyotimizga zararli g`oyalarning kirib kelishiga qarshi murosasiz kurashni tashkil qilish; makatb negizida pedagogik, huquqiy, psixologik,ma’naviy va ma’rifiy bilimlar beruvchi “Ota-onalar unversitetlari” faoliyatini tashkil qilish.
Oila. Shaxs ma’naviyati, uning dunyoqarashi, barcha tasavvur va e’tiqodiga aloqador bo‘limlari majmui asosan oilada shakllanadi. Shu ma’noda – oila haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘i, mafkuraviy tarbiyaning omili va shart-sharoitidir. Milliy mafkuramizga xos bo‘lgan ilk tushunchalar, shaxsning hayotiy yo‘nalishlari, e’tiqodi va iymoni avvalo oila muhitida shakllanadi. Bu jarayon bobolar o‘giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshiriladi.

Har bir shaxs oilaning jamiyatdagi o‘rni va funksiyalarini, qadr qimmatini anglamasdan, Vatanning ostonadan boshlanishini tushunmasdan turib, Vatan tuyg‘usini tom ma’noda xis qila olmaydi. Bu ish asosan har bir o‘zbek oilasidagi tarbiya an’analari va ularni takomillashtirish, milliy qadriyatlarni turmush tarzining ajralmas bo‘lagiga aylantirish, muloqot madaniyatining Sharqona ko‘rinishlari bilan zamonaviy shakllarini uyg‘unlashtirish, mehnat tarbiyasi, uning farzandlar farovon turmush kechirishining muhim tamoyili sifatida qadrlanishiga erishishi orqali amalga oshirish mumkin.

Bundan tashqari, shaxsning barkamolligi har bir shaxs ongida oilaning muqaddasligi, Vatanning aslida oiladan boshlanishi, shu bois uni sevish va nikohni muqaddas bilish zarurligini, oilaning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va funksiyalarini tushuntirish orqali ro‘y berishi inobatga olinadi.

Bolalarda yoshlikdan xalq va yurt taqdiriga befarq bo‘lmaslik psixologiyasini shakllantirish uchun bola hayotining dastlabki onlaridan boshlab, predmetlar olami bilan tanishishi, o‘yinchoqlar olami, tengqurlari bilan bo‘ladigan o‘yinlarining tarbiyalovchi xususiyatlariga ahamiyat berish zarur. Shaxsiyatga zarar keltiruvchi, odamlar o‘rtasida ziddiyatlarni va talofatlarni keltiruvchi “jangari” o‘yinchoqlar, multfilmlar, kinofilmlar ko‘rishlarini imkon darajasida cheklash, bu o‘yinlarning psixologik hamda pedagogik ekspertizalari bo‘yicha ota-onalarga aniq ko‘rsatmalar berish zarur. Sharqona odob va o‘zaro munosabatlar tamoyillarini aks ettiruvchi turli o‘yinlar, o‘yinchoqlar, rasmli o‘yinchoq-kitobchalar, xalq milliy folklori va ertaklari asosida yaratilgan multfilmlar ilk yoshlikdan bolalardagi mafkuraviy qarashlarning to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi. Masalan, bolalar o‘rtasida mashhur bo‘lgan “Zumrad va qimmat”, “Yoriltosh”, “Xo‘ja Nasriddinning sarguzashtlari” kabi qator ertaklar orqali oilada bolalarni yaxshidan yomonni, mehr-sahovatdan xudbinlikni farqlashga o‘rgatish va shu orqali milliy udumlarning xalq orzu-istaklari va intilishlari bilan bog‘liqligini yaqqol ko‘rsatish mumkin.



Ota-onalar savodxonligi ham bu o‘rinda katta rol o‘ynaydi. Eng avvalo ularda sog‘lom tafakkur va milliy g‘oyalarni shakllantirish kerakligini alohida ta’kidlash mumkin. Bunday savodxonlik ota-onalik roli va funksiyalari mohiyatini to‘g‘ri tushunish, yangi farzand dunyoga kelishi va kamol topib rivojlanishiga oid qonuniyatlarni bilish, oilaviy munosabatlar doirasida milliy urf-odatlarimiz va an’nalarimizning eng nodirlarini turmushning barcha sohalariga singdirish orqali, bolalarda qadriyatlarga mehr-muhabbatni uyg‘otish, balog‘at yoshiga yetgan farzandlarni oilaviy hayotga tayyorlash kabi qator mas’uliyatli vazifalarning tub ma’nosini bilish va ularga amal qilish nazarda tutiladi. Bunday bilim va tasavvurlar majmui otaga qay darajada zarur bo‘lsa, onaga ham shu tarzda zarur va ahamiyatlidir. Chunki bir qarashda sanab o‘tilgan funksiyalar odatiy, ularga shaxs hayoti mobaynida avtomatik tarzda o‘rganib ketadiganday tuyulsada, aslida ota-onalik shunday mas’uliyatli vazifaki, uning jamiyatimiz manfaatiga mos tarzda amalga oshirilishiga shaxs ham ma’naviy jihatdan, ham psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi kerak.

Kasbni puxta egallash va fidokorona mehnat qilish uchun ilm qanchalik zarur bo‘lsa, fozil farzandlar tarbiyalash va ularni shaxslarga nafi tegadigan darajada yetuk qilib tarbiyalash uchun ham ilm-bilim shunchalik ahamiyatlidir. Shuning uchun bu fikrlarning naqadar to‘g‘riligi va ayniqsa, ayol kishi uchun savodlilik va ilmning zarurati to‘g‘risida o‘z vaqtida o‘rta asrning ko‘zga ko‘ringan iste’dodli shoirlaridan biri Abdibek Sheroziy shunday yozgan edi: “Ilm – ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan qutqargan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tushunib yetadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalashda turli xatolarga yo‘l qo‘yadi”.



  • Bobolar va momolar o‘zbek oilasida shaxsni tarbiyalashda bevosita ishtirok etadilar. Azaliy turkiy udumga binoan ota-onadan ham ko‘ra bobo-buvilarning tarbiyaviy ta’siri kuchliroq bo‘ladi. Masalan, Amir Temur shahzodalarning tarbiyasi bilan ularning onalari emas, ulug‘ bibilari-buvilari shug‘ullanishini lozim topgan. Shunga ko‘ra, Saroy Mulk xonim Shohruh Mirzoni, suyukli nabiralari Muhammad Sulton Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Ulug‘bek Mirzolar tarbiyasini o‘z bo‘yniga olgan.

Shuning uchun ham yurtimizda oila hamisha davlat himoyasida va oliy qadriyat sifatida e’zozlanadi. Oila ijtimoiylashuvning asosiy va muhim o‘chog‘i bo‘lgani uchun ham uning shu muhitda tarbiyalanayotgan yoshlar e’tiqodi va dunyoqarashidagi roli sezilarli, xukumat bola tarbiyasida ota-onalar mas’uliyatini oshirish uchun har yili hayrli tadbirlar ishlab chiqmoqda. Respublikamizda yillarning “Oila”, “Ayollar”, “Sog‘lom avlod”, “Onalar va bolalar”, “Qariyalarni qadrlash”, “Salomatlik” yili deb elon qilinishi, “Oila” ilmiy-amaliy Markazining faoliyat ko‘rsatayotganligi jamiyatda, yoshlar tarbiyasi borasida oilaning roli va mas’uliyatini oshirishga ana shunday muhim tadbirlardandir.

  • Ijtimoiy ustanovkalar. Sof psixologik ma’noda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi va o‘zgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizm – bu ijtimoiy ustanovkalardir. Bu – shaxsning atrof muhitida sodir bo‘layotgan ijtimoiy hodisalarni, ob’ektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o‘rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni ham o‘zgartirishga aloqador kategoriyadir. Ijtimoiy ustanovkalar haqida batafsil ma’lumotlar oldingi mavzular (boblar)da bayon etilgan, bu o‘rinda biz, uning faqat dunyoqarashlar o‘zgarishiga aloqador mexanizm sifatidagi rolini ta’kidlamoqchimiz, xolos.

Ijtimoiy ustanovkalarga xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlardan biri, bu uning uzoq muddatli xotira bilan bog‘liqligidir. Ayni vaziyatlarda shakllangan obrazlar uzoq muddatli xotirada saqlanib, u yoki bu vaziyatda dolzarblashadi, ya’ni “jonlanadi”. Masalan, ba’zi bir etnik stereotiplar ana shunday xotiradagi mavjud obrazlar hisobiga shakkllanadi. Demak, ijtimoiy ustanovka ob’ektga hamda konkret vaziyatga bog‘liqdir.

Shakllangan ijtimoiy ustanovkaning shaxs hayoti mobaynida o‘zgarishi esa, muhim ijtimoiy-psixologik ahamiyatga egadir. Amerikalik olim Xovland fikricha, ijtimoiy ustanovka o‘rgatish yo‘li bilan o‘zgarishi mumkin. Ya’ni o‘quvchilardagi turli ustanovkalarni o‘zgartirish uchun rag‘batlantirish yoki jazolash tizimini o‘zgartirish lozimdir. Ikki shaxs yoki shaxs bilan guruhning ustanovkalari mos kelmay qolgan sharoitda esa tomonlardan biri ongli ravishda o‘z ustanovkalarini o‘zgartirishi shartdir. Aks holda nomutanosiblik tamoyiliga ko‘ra, shaxslararo nizo yoki kelishmovchilik paydo bo‘lishi muqarrardir.

Ijtimoiy ustanovkalarni o‘zgartirishning eng sodda va qulay yo‘li – bu ayni vaziyatlar va ulardagi ta’sirlarni qaytarishdir. Bu qaytarish qayd qilingan obraz sifatida shaxs ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo bo‘lganda, ob’ektivlashadi, ya’ni o‘z kuchini va mavjudligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo‘lsak, u yerda biror g‘oyani ongga singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o‘z siyosiy, mafkuraviy yoki boshqa qarashlarini bir xil so‘zlar va iboralar, harakatlar bilan qaytaraveradi va shu yo‘l bilan ko‘pchilikning ma’qullashiga erishadi. Ayniqsa, saylov oldi tadbirlarida ana shu usul keng qo‘llaniladi. Shulardan kelib chiqib, ijtimoiy ustanovkalarni o‘zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali ham dunyoqarashni o‘zgartirishga erishish mumkin.

XULOSA

Biror kasbning haqiqiy ustasi bo`lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma`lum jismoniy va ruhiy xislatlar jo bo`lishi zarur. Masalan artist bo`lish uchun tabiiy ovoz, eshitish qobiliyati, bejirim suvrat, jismonan sog’lom bo`lish talab etiladi. Rahbarlik vazifasini bajarish uchun tashkilotchilik, odamlar bilan muomala-murosa qila bilish kabi qobiliyatlarga ega bo`lish kerak. Aks holda kasbi va ishidan boshqalar ham, o`zi ham qanoat hosil qilmaydi. Kishi kasbini noto`g’ri tanlagan bo`lsa, unga qiziqmasa, o`zi ham, boshqalar ham undan baraka topmaydi.

Pedagogik, o`qituvchilik faoliyatini, yoshlarni o`qitish va tarbiyalash ishini samarali bajarish, ota-onalar va bolalarning izzat-hurmatiga sazovor bo`lish uchun kishida bu ishda kishiga layoqat, qobiliyat, qiziqish bo`lmog’i lozim. Boshqa kasblar kabi o`qituvchilik kasbiga yoshlar orasidan pedagogik faoliyatga layoqatli, bolalar bilan til topib muomala qila oladigan, ilmli kishilarni tanlab olish kerak.

Pedagoglik kasbini tanlagan kishi avvalo sog’lom bo`lishi, so`zlarni to`g’ri va yaxshi talaffuz qila olishi, asablari joyida, vazmin bo`lishi darkor. SHuningdek, bolalarni yoqtirishi, ular bilan ishlashga mayli borligi, boshqalar bilan muloqot qila olishi, xushmuomalaligi, kuzatuvchanligi, keng fikrlay olishi, o`ziga va boshqalarga nisbatan talabchanligi ham kishining pedagogik ishga yaroqliligini ko`rsatadi. Bu sifatlar kishida bor-yo`qligini tibbiyot xodimlari, ruhshunos, pedagoglar og’zaki va yozma savol-javoblar yordamida aniqlay oladi.




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 1998.

2. Barkamol avlod orzusi. – T.: «Sharq» nashriyoti, 1999 yil.

3. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha vatamoyilar (O‘rta maxsus kasb-hunar talim muassasalari uchun qo‘llanma). – T.: «Yangi asr avlodi», 2001 yil. 4. Ma’naviyat asoslari (B.Ziyomuxammedov va boshqalar). – T.: «O‘zbekiston milliy ensiklo’ediyasi», 2000 yil.

5. O.Musurmonova. Ma’naviy qadriyat darva yoshlar tarbiyasi. – T.: «O‘qituvchi», 1996 yil.

6. R. Mavlonova, N. Rahmonqulova, B. Normurodova, K. Matnazarova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Toshkent, 2008

7. Inomova K.M. Oilada bolalarning ma`naviy-axloqiy tarbiyasi T: Fan, 1999, 151 b.

8. Jo‘rayev A.J. «Tarbiyaviy darslarni o‘tish». T.: “O‘qituvchi”, 1994.

9. G.Mo‘minova, A.Jo‘rayev. Sinf rahbari - sinf tarbiyaviy soatlar tashkilotchisi. “O‘qituvchi”. NMIU. T.: 2012 y



10. R. Mavlonova, O. To‘rayeva, K. Xoliqberdiyev. Pedagogika. Toshkent, O‘qituvchi. 1998-yil.

11. Karimova V. “Psixologiya” T., “O’qituvchi” 2001 y.

12. K.Hoshimov “Pedagogika tarixi antalogiyasi” “O’qituvchi” T., 1999 y

13. O’.Asqarova, M.Xayitbaev, M.Nishonov “Pedagogika” T., “Talqin” 2008 yil

14. O. Hasanboyeva “Oila pedagogikasi” T., “Aloqachi” 2007 yil
INTERNET SAYTLARI:

http: www.ziyo.net.uz.

http: www.pedagog.uz.

http: www.edu.uz.



http: www.referat.uz.


Download 156,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish