Zaruriyat va tasodif kategoriyasi.Zaruriyat — narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Tasodif esa — zaruriyatning namoyon bo’lish shaklidir. Zaruriyat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning mushtarakligini va samaradorligini ta’minlaydi. Zaruriyat narsa va hodisalarning muqarrar rivojlanish qonuniyatidan kelib chiqadi hamda obyektiv sabablar tizimiga asoslanadi. Zaruriyat va tasodif kategoriyasiga boshqa kategoriyalar kabi uni aniqlash va baholashga muayyan subyekt ehtiyojlari, manfaatlari nuqtayi nazaridan yondashiladigan bo’lsa, muqobil qarashlar vujudga keladi. Zaruriyat va tasodifning aloqadorligi, bog‘lanishi shundaki, ular bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi, ya’ni zaruriyatning muqarrarligi tasodifga ham xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |