2-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari



Download 63,19 Kb.
bet1/2
Sana24.03.2023
Hajmi63,19 Kb.
#921355
  1   2
Bog'liq
2 Amaliy mashg\'ulot


2-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
12. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar yuzaga kelishining oldini olish va profilaktika tadbirlarini tashkil etish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini, ruxsat berish va boshqa maxsus funksiyalarni amalga oshirish;
aholi hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga xavf-xatar tug‘ilganda kompleks yordam ko‘rsatish, favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir bo‘lganda ular to‘g‘risida aholini o‘z vaqtida ogohlantirish va xabardor qilishni tashkillashtirish;
Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini (keyingi o‘rinlarda — FVDT) faoliyatini hamda fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini tashkil etish va ta’minlashda ishtirok etish;
favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi xavfini kompleks monitoring va prognoz qilishni ta’minlash, shuningdek, seysmik kuzatuvlar olib borish;
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiy va moddiy-texnik resurslarning davlat zaxira fondlarini shakllantirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali hamkorligini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, yong‘inlarni o‘chirish, insonlar hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish tadbirlarini tashkil etish, vazirlik organlari va tuzilmalari kuch va vositalarining doimiy shayligini ta’minlash;
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirish sohasidagi ilmiy-texnik va innovatsion siyosat olib borishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va maqsadli ilmiy-texnik dasturlarni tasdiqlash;
aholini, mansabdorlar shaxslarni va FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda va sodir bo‘lganda harakat qilishga tizimli tayyorlash, shuningdek, kema haydovchilarini o‘qitishni tashkil etish va amalga oshirish;
yuqori malakali kadrlar tayyorlashning samarali tizimini yaratish, shuningdek, Vazirlik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish, umumlashtirish va targ‘ib qilish;
ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlarda, shuningdek, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etishga qaratilgan qurilish ishlarini, rekonstruksiya, kapital ta’mirlash, muhandislik-qurilish, o‘rmonchilik va meliorativ tadbirlarni bajarish.
13. Vazirlik o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ishlatish va qayta tiklashni nazorat qiladi va uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasining Fuqaro muhofazasi rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish tizimini rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
yong‘in va avariya-qutqaruv texnikalari va anjomlari, aloqa va xabar berish vositalari bo‘yicha davlat buyurtmachisi funksiyasini bajaradi, shuningdek, ularni yaratish va respublikada ishlab chiqarishni tashkil etadi;
fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish va bartaraf etish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etadi;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi davlat sirlari va xizmat ma’lumotlarini himoya qilish choralarini ko‘radi;
b) favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar yuzaga kelishining oldini olish va profilaktika tadbirlarini tashkil etish sohasida:
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, mol-mulkiga xavflarni barvaqt profilaktika qilish va ularning oldini olish, hayotiy faoliyatni ta’minlovchi obyektlar va tizimlarning barqaror ishlashini, tahdidlar va ularning kelib chiqish omillarini oldindan aniqlash, bartaraf etish borasida aniq choralar ko‘rish, aholining ushbu sohada ma’lumotlarga ega bo‘lish darajasini oshirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
avariyalar, halokatlar, yong‘inlar va tabiiy ofatlarning o‘z vaqtida oldini olish va oqibatlarini yumshatishni ta’minlaydi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi, shuningdek, yong‘in xavfsizligini ta’minlash sohasida targ‘ibot va axborot ta’minotini amalga oshiradi, aholi va tashkilotlar xodimlarini o‘qitadi;
qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini do‘ldan muhofaza qilish maqsadida meteorologik jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
v) aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini, ruxsat berish va boshqa maxsus funksiyalarni amalga oshirish sohasida:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi, shuningdek, fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan talablar bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, yong‘in xavfsizligi talablarini belgilab beruvchi texnik reglamentlar, standartlar, me’yorlar, qoidalar va boshqa huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va ko‘rib chiqadi;
potensial xavfli obyektlar va ularga tutash hududlardagi vaziyat ustidan nazoratni tashkil qiladi;
aholi va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini, shuningdek, favqulodda vaziyat sharoitida hayotiy ta’minotni ta’minlovchi tizimlar, iqtisodiyot obyektlari va tarmoqlarining barqaror ishlashini nazorat qiladi;
aholi punktlari, boshqa obyektlar va hududlarda davlat yong‘in nazoratini, shuningdek, yong‘in xavfsizligini talab darajasida saqlashni amalga oshiradi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash sohasida mahsulot va xizmatlarni litsenziyalashtiradi, ularni sertifikatlashtirishda ishtirok etadi;
yong‘in-texnik mahsulotlar, moddalar, materiallar va jihozlarni yong‘in xavfliligi bo‘yicha sinash va tekshirishni tashkillashtiradi va amalga oshiradi;
radiatsion razvedka jihozlari va shaxsiy himoya vositalarining texnik holatini tekshiruvdan o‘tkazadi;
yong‘in xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud bo‘lmagan taqdirda binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni qurish, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir loyiha hujjatlarining yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishiga taalluqli qismini ko‘rib chiqadi;
qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) komissiyasining, shuningdek, qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
obyektlarda, shu jumladan, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda shartnoma asosida belgilangan tartibda yong‘indan saqlashni amalga oshiradi;
o‘z vakolati doirasida ma’muriy huquqbuzarlik ishlari yuritilishini va tergovga qadar tekshiruvlarni amalga oshiradi va tashkillashtiradi;
respublikaning barcha suv akvatoriyalarida odamlarning suvdagi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kichik hajmli kemalar va ularning turargoh bazalaridan to‘g‘ri foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritadi;
favqulodda vaziyat va yong‘inlar sodir bo‘lishiga olib kelgan avariyalar, halokatlar, falokatlarning surishtiruvida ishtirok etadi;
shaharsozlik hujjatlari va obyektlar qurilish loyihalarini fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish bo‘yicha davlat ekspertizasidan o‘tkazishda ishtirok etadi;
g) aholi hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga xavf-xatar tug‘ilganda kompleks yordam ko‘rsatish, favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir bo‘lganda ular to‘g‘risida aholini o‘z vaqtida ogohlantirish va xabardor qilishni tashkillashtirish sohasida:
aholining hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida kompleks yordam ko‘rsatishni ta’minlaydi;
jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining Vazirlik vakolatiga taalluqli murojaatlarini qabul qilishni tashkil etadi va ularni ko‘rib chiqadi hamda ushbu masalalar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘radi;
favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganda yoki sodir bo‘lganda aholiga avtomatlashtirilgan tarzda xabar berish va ogohlantirish tizimi yaratilishini muvofiqlashtiradi va uni boshqaradi;
mahalla (qishloq) fuqarolar yig‘inlarida, odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda, korxonalarda muntazam profilaktika tadbirlarini o‘tkazadi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish muammolarini echishda o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro samarali hamkorlik olib boradi;
fuqaro muhofazasi va FVDTning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi va axborot ta’minoti, aloqa, xabar berish tizimining doimiy shayligini tashkil etadi va ta’minlaydi;
favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganda yoki sodir bo‘lganda barcha aloqa va ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda aholiga tezkor xabar beradi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga tegishli bilim va tajribaga ega bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan, chet ellik fuqarolar va xorijiy tashkilotlarni jalb qilish ishlarini tashkillashtiradi;
d) FVDT faoliyatini hamda fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini tashkil etish va ta’minlashda ishtirok etish sohasida:
FVDT faoliyatini tashkiliy va ilmiy-texnik ta’minotini amalga oshiradi, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligi tadbirlarini bajaradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik Kengashi apparati va Vazirlar Mahkamasiga FVDT, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligi tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan kuch va vositalar tarkibini, joylashuvini va jihozlanishini belgilaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, shuningdek yong‘in xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini tashkil qilishda uslubiy rahbarlik qiladi va muvofiqlashtiradi;
favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni bartaraf etish hamda tezkor chegaralash ishlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan to‘g‘ridan to‘g‘ri va tezkor buysunuvdagi yong‘in-qutqaruv xizmatlari va bo‘linmalarini tashkil etish, tayyorlash va ulardan foydalanishda uslubiy rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi;
idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash bo‘linmalari, qutqaruv xizmatlari (tuzilmalari), shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalari hisobini yuritadi;
fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, qonunchilik talablari asosida tashkil etilgan boshqa harbiy tuzilmalar va bo‘linmalarning davlat boshqaruv organlari bilan hamkorligini muvofiqlashtiradi;
fuqaro muhofazasi uchun qurol-aslahalar, texnika, himoya vositalari va boshqa moddiy-texnik vositalarni davlat buyurtmasi asosida yetkazib berish loyihasini shakllantirishda ishtirok etadi;
aholining radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofazasini tashkillashtirish, panagohlar va boshqa fuqaro muhofazasi obyektlarining tayyorgarligini ta’minlash va barpo etish ustidan nazorat olib boradi;
tegishli davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan aholiga insonparvarlik yordamini shakllantirish va yetkazib berishni belgilangan tartibda tashkillashtiradi;
e) favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi xavfini kompleks monitoring va prognoz qilishni ta’minlash, shuningdek seysmik kuzatuvlar olib borish sohasida:
tabiiy ofatlar va halokatlarni monitoring qilish va prognozlash, seysmik kuzatuvlar tizimini rivojlantirish va ularni faoliyatini muvofiqlashtiradi;
atrof muhit holatini, potensial xavfli obyektlar va uchastkalar hamda ularga tutash hududlardagi vaziyatning monitoringini olib borishda ishtirok etadi;
tegishli qismda favqulodda vaziyat va yong‘inlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholashni ta’minlaydi;
texnogen xavf yuqori bo‘lgan hududlarning davlat kadastrini yuritadi;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, almashish va yetkazishni ta’minlaydi;
tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarning xavf darajasini va ularning moddiy, shu jumladan atrof muhitga zarari miqdorini aniqlash uslublarini ishlab chiqishni tashkil etadi;
favqulodda vaziyat va yong‘inlar, shuningdek, ularning oqibatlari hisobini yuritadi;
j) tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyati, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnik resurslarning davlat zaxiralar fondlarini shakllantirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali faoliyatini tashkil etish sohasida:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan idoraviy zaxiralarni yaratish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat va hududiy komissiyalar faoliyatini tashkiliy-axborot jihatdan ta’minlaydi;
toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi yig‘ilishining materiallari va boshqaruv hujjatlarini tayyorlaydi, uning qarorlari hamda sel, toshqin, yer va qor ko‘chkisi xavfi mavjud hududlardan aholini ko‘chirish, ularga zarur bo‘lgan birlamchi hayot faoliyatini ta’minlovchi sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriqlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlarning halokatlardan jabrlangan yoki ularning oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va tibbiy jihatdan muhofaza qilish bo‘yicha faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qiladi va muvofiqlashtiradi;
z) favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, yong‘inlarni o‘chirish, insonlar hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish tadbirlarini tashkil etish, vazirlik organlari va tuzilmalari kuch va vositalarining doimiy shayligini ta’minlash sohasida:
FVV tizimiga kiruvchi organlar, tuzilmalar va tashkilotlar ustidan rahbarlikni amalga oshiradi, ularga maslahat, uslubiy va ilmiy ko‘mak ko‘rsatadi, ularni tekshiruvdan o‘tkazadi;
yirik xalqaro va respublika tadbirlarida FVDT va fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha boshqaruv organlari va tuzilmalarining kuch va vositalarini o‘rnatilgan tartibda tezkor boshqarishni ta’minlaydi;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, yong‘inlarni o‘chirish, insonlarni qutqarish ishlarini tashkillashtiradi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarning ishini muvofiqlashtiradi;
tuzilmalarni favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga mo‘ljallangan yong‘in-qutqaruv texnikasi va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshiradi;
favqulodda vaziyatlar organlari va tuzilmalari hamda tezkor bo‘ysunuvdagi bo‘linmalar kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar sodir bo‘lganda harakatlanishga shayligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
favqulodda vaziyat va yong‘inlarni chegaralash va bartaraf etish, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarida garnizon va smena xizmati olib borishni tashkillashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni, shuningdek, ularning faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqadi;
o‘ta muhim, toifalangan hamda yong‘in va portlash xavfi mavjud iqtisodiyot obyektlari va boshqa hayot faoliyatini ta’minlovchi obyektlarda aniq maqsadga yo‘naltirilgan qo‘mondonlik-shtab, maxsus-taktik o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarini tashkillashtiradi;
favqulodda vaziyatlarda jabrlangan aholini birlamchi zaruriy mahsulotlar bilan ta’minlash, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va yong‘inlarni o‘chirishga jalb qilinadigan maxsus tuzilmalarni jihozlash uchun moddiy boyliklarning idoraviy zaxirasini yaratadi;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha respublika hududida va xorijda amalga oshirilgan amaliyotlarni tahlil qiladi, qutqaruv ishlarini o‘tkazish va yong‘in o‘chirishni tashkil etish taktikasini yanada takomillashtirish, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarini jangovor shayligini oshirish bo‘yicha takliflarini ishlab chiqadi;
tasdiqlangan safarbarlik rejasiga asosan harbiy davrda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda foydalaniladigan maxsus harbiy bo‘linmalarni tashkil qiladi;
FVV tizimi organlari, tuzilmalari va tashkilotlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini o‘rnatilgan tartibda nazorat qiladi;
favqulodda vaziyatlar organlari va tuzilmalarini moddiy-texnik ta’minlash tartibi va me’yorlarini ishlab chiqadi va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlaydi;
i) tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi yong‘in xavfsizligini ta’minlash, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv havzasida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirish sohasidagi ilmiy-texnik va innovatsion siyosat olib borishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va maqsadli ilmiy-texnik dasturlarni tasdiqlash sohasida:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida insonlar hayotini muhofaza qilish hamda favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirish sohasidagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
ilmiy-texnik dasturlar va innovatsion loyihalarning davlat buyurtmachisi hisoblanadi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, seysmik kuzatuvlar, favqulodda vaziyatlardan va yong‘inlardan muhofaza qilishga mo‘ljallangan mavjud yong‘in-qutqaruv texnikalari, jihozlari va boshqa vositalarni takomillashtirish va yangilarini yaratish, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirish muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari olib borilishi va moliyalashtirilishini tashkillashtiradi;
qo‘shma ilmiy loyihalarni ro‘yobga chiqarish va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish bo‘yicha mahalliy va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy muassasalar bilan hamkorlik qiladi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, shuningdek yong‘in xavfsizligini ta’minlash sohasida ilmiy tadqiqotlar, ilmiy va innovatsion faoliyatni moliyalashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
k) aholini, mansabdorlar shaxslarni va FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda va sodir bo‘lganda harakat qilishga tizimli tayyorlash, shuningdek, kema haydovchilarini o‘qitishni tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
FVDTga kiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari va mutaxassislari hamda fuqaro muhofazasi kuchlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishning samarali tizimini ta’minlaydi, ularning o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi va kelishadi;
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda FVDT mansabdor shaxslari, kuch va vositalarining harakatlari bo‘yicha turli o‘quv mashqlar, mashg‘ulotlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;
aholi, mansabdor shaxslar, fuqaro muhofazasi boshqaruv organlari va tuzilmalari, FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha o‘qitish dasturlarini ishlab chiqilishini nazorat qiladi va tatbiq etadi;
qutqaruvchilar va qutqaruv tuzilmalarining attestatsiyadan o‘tkazilishini tashkillashtiradi va amalga oshiradi;
kema haydovchilarini tayyorlaydi;
ta’lim muassasalarida hayot faoliyati xavfsizligi, fuqaro muhofazasi hamda qutqaruvchilarni maxsus tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini ko‘rib chiqadi va kelishadi;
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida aholini tayyorlash jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni va keng foydalanishni ta’minlaydi;
l) yuqori malakali kadrlar tayyorlashning samarali tizimini yaratish, shuningdek, Vazirlik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish sohasida:
Vazirlik va FVDT faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli mutaxassislarni vazirlik tasarrufidagi hamda boshqa, shu jumladan, xorijiy ta’lim muassasalarida tayyorlashni amalga oshiradi;
Vazirlik hududiy va tarkibiy tuzilmalarining shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilari, xizmatchilari hamda FVDT tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning mansabdor shaxslarini va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ta’minlaydi;
oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga keyinchalik FVV tizimida faoliyat olib boruvchi mutaxassislarni tayyorlashda tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi;
Vazirlik shaxsiy tarkibini axloqiy va ma’naviy tarbiyalash bo‘yicha g‘oyaviy va tarbiyaviy ishlarni olib boradi;
Vazirlik tarkibiga kiruvchi organlar va tuzilmalar xodimlari, pensionyerlar hamda ular oila a’zolarining huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta’minlaydi;
Vazirlik kasbiy faoliyatiga oid yo‘nalishlarda turli tanlovlar va musobaqalarni tashkil qiladi;
Vazirlik tuzilmalari shaxsiy tarkibini birlamchi kasbiy, ruhiy jismoniy tayyorlash va malakasini oshirishni hamda yong‘in o‘chirish amaliy sportini rivojlantirishni ta’minlaydi;
yong‘in-saf tayyorgarligi bo‘yicha me’yorlar ishlab chiqadi, shaxsiy tarkibning jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston yong‘in o‘chirish amaliy sporti federatsiyasi faoliyatiga ko‘maklashadi;
Vazirlik yong‘in-qutqaruv tuzilmalarida bajarilishi shart bo‘lgan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘yicha choralarni ishlab chiqadi;
m) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish, umumlashtirish va targ‘ib qilish sohasida:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohalarida o‘rnatilgan tartibda xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, shuningdek, xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida xalqaro insonparvarlik loyihalari, dasturlari va tadbirlarini tayyorlash hamda o‘tkazishda ishtirok etadi;
Vazirlik vakillarini BMT tizimidagi maxsus xalqaro tashkilotlar, va boshqa ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlarning markaziy va hududiy organlariga ular bilan kelishilgan shartlar asosida o‘rnatilgan tartibda ishlash uchun yuboradi;
n) ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlarda kapital ta’mirlash, shuningdek, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarida, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etishga qaratilgan qurilish ishlarini, rekonstruksiya, muhandislik-qurilish, o‘rmonchilik va meliorativ tadbirlarni bajarish sohasida:
Vazirlikning kapital qurilish va ta’mirlash obyektlari, shuningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, turar joy fondi, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari obyektlari bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini bajaradi va loyihaviy qarorlarning samaradorligini ta’minlaydi;
ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar, turar joylar, shuningdek, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari obyektlarini qurish, kapital ta’mirlash, qayta qurish bo‘yicha pudrat ishlarini amalga oshiradi;
daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlarini tashkillashtiradi va o‘tkazadi, shuningdek, ushbu jarayonda o‘zanlardan shag‘al va qumlar maqsadli qazib olinishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
qurilish-montaj, pudrat va ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishiga qaratilgan kompleks tashkiliy va texnik tadbirlarni amalga oshiradi;
cho‘l, yarim cho‘l, dasht va tog‘li hududlarda o‘simlik qoplamalarini tiklash va mustahkamlashga qaratilgan kompleks tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirish, o‘stirilgan o‘simliklarning parvarishini ta’minlashda ishtirok etadi;
cho‘l, yarim cho‘l, dasht va tog‘li hududlarni suv bilan ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazadi;
cho‘l, yarim cho‘l, dasht va tog‘li hududlarda o‘rmonlar tashkil etish hamda harakatdagi qumlarni mustahkamlash tadbirlarini amalga oshiradi;
daryo o‘zanlarini tozalash ishlarini olib borish davomida tadbirkorlik subyektlari tomonidan shartnoma asosida qazib olingan qum va shag‘al hajmining hisobini yuritadi;
Vazirlik qonunchilikka muvofiq, boshqa funksiyalarni ham bajaradi.

Download 63,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish