O’rtayer dengizi mintaqasi: Yoz oylarining issiqligi, plyajlarning ko’p ekanligi, issiq haroratning uzoq davom etishi tufayli Turkiyada dengiz turizmining eng uzoq davom etadigan mintaqasi O’rtayer dengizi mintaqasidir. Mintaqada qish oylarida ham dengizda cho’milish imkoniyatlari mavjud. Bundan tashqari Antaliyada Toros tog’larining baland ekanligidan bir paytning o’zida ham dengizda cho’milish ham chang’i sporti bilan shug’ullanish imkoniyatlari mavjud.
Mintaqada deyarli barcha illarda(viloyatlarda) juda ko’p muhim tarixiy yodgorliklar mavjud. Mintaqada Antaliya shahri eng katta turistik va savdo markazi hisoblanadi. Ispartadagi Egirdir ko’li, Burdurdagi Hajilar harobalari, antik Sagalasos shahri, Mersindagi o’rta asrlardan qolgan Anamur qalasining qoldiqlari, Jannat va Jahannam g’orlari, Qiz qalasi kabilarni eng ko’p turist jalb qiladigan markazlar deyish mumkin.
Markaziy Anatoliya mintaqasi: mintaqa bugungi kunda Turkiyaning siyosiy markazi hisoblanadi. Boshqa mintaqalarga nisbatan bu yerda turizm unchalik kuchli rivojlanmagan. Bu mintaqadagi turistik markazlarga Anqaradagi Anitqabirni, Anqara qalasini, Anatoliya Madaniyati Muzeyini, Polatli yaqinidagi qadimgi Frigiya davlatining poytaxti hisoblangan Gardion shahrini, Konyadagi Mavlono Jaloliddin Rumiy Maqbarasini, Nasriddin Hoja Maqbarasini va Kopadokiyani kiritishimiz mumkin.
Sharqiy Anatoliya mintaqasi: Mintaqada qish oylarining uzoq davom etishi va qorning ko’p yog’ishi tufayli turizm qizg’in emas. Bugungi kunda asta-sekinlik bilan mintaqada tog’ turizmi rivojlanmoqda. Mintaqadagi turistik markazlarga Numrut tog’i, Ani xarobalari, Ishak Pasha saroyi, Ag’ri tog’i, Van ko’li, Yaqutiya Madrasasi, Erzirum Aziziya yodgorligi kabilarni kiritishimiz mumkin. Van ko’li Turkiyadagi eng katta ko’l hisoblanib, suvining sho’rligi hisobiga hayvonot va nabodot olami unchalik boy emas.
Janubi-sharqiy Anatoliya mintaqasi: Anatoliyadagi odamlarning ilk o’troqlashgan hududi sanaladi. Mintaqadagi turistik yodgorliklarga Malabadi ko’prigi, Asur mozorlari, Adiyaman Jendere ko’prigi, Mardin uylari, Baliqli ko’l kabilarni kiritishimiz mumkin.
Usmoniylar imperiyasi davrida Turkiyada turizm harakatlari boshqa din vakillarining ayniqsa, tarixiy va antikvar kontrabandistlarining turli xil maqsadlari tufayli mamlakatga kirishlari chegaralangan edi. 18-asrdan boshlab boshqa davlatlarga sayohatga chiqishni boshlagan boy va aslzoda inglizlarning eng ko’p sayohat uyushtirgan shaharlari ichida Istanbul ham bor edi. 1883-yilda Yevropaning ilk qitalararo ekspress poyezdi “Sharq Ekspressi” o’z safarini boshladi. Bu poyezd Parijdan yo’lga chiqib, turli xil Yevropa davlatlarining bir qancha shaharlarida to’xtab, oxiri Istanbulga kelgan. “Sharq ekspress”ining yaratuvchisi Wagon Lits shirkati 1892-yilda Istanbulda ochilgan birinchi xalqaro “Pera Palas” mehmonxonasining asosiy sheriklaridan biri edi. Shu va boshqa shirkatlar Turkiyada turizmning asta-sekin rivojlanishiga sabab bo’ldi. Inglizlarning xorijiy mamlakatlarda amalga oshirayotgan sayohatlari tufayli o’sha yerlarda Bristol va Kent kabi mehmonxonalar yoki ko’chalar paydo bo’la boshladi. XIX asrda Istanbulda ochilgan ilk mehmonxona Bristol Oteli edi.
Turkiya- bu tarix, madaniyat, ajoyib tabiat go’zalligi uyg’unlashgan bir qancha ko’rsatkichlar bo’yicha ustunliklarga ega bo’lgan mamlakatdir. Yashil o’rmonlar, tog’ chang’isi uchun qulay bo’lgan qorli tog’lar, mehmonsevar odamlar va takrorlanmas oshxona - bularning barchasi Turkiyaga xosdir.
Ayniqsa yoz turizmining Yuqori darajasi Egey va O’rta yer dengizi mintakalariga xosdir. Qora dengiz daryosi sohillarida turizm chegaralangan darajada rivojlangan, Trabzon, Giresun, Rizo, Ilgaze, Bolu, Abant kabi Yuqori tog’li rayonlarda "Yuqori platolar turizmi,, rivojlangan.
Mamlakatda xizmatlarning yetarli infratuzilmasi yaratilgan, zamonaviy turistik markazlar ochilgan. Yozgi tatilning ommaviy markazlariga: Antalya, Alanya, Marmaris, Kushadasi, Bodrum, Fetxiye, Kash kiradi.
Antaliya va Istambul asosiy xorijiy turistlarni kabul kiluvchi shaharlar hisoblanadi, ulardan keyin esa Mugla, Edirne, Izmir, Aydin va Anqara turadi.
Turizm sohasida dunyoda 4-bo’lgan Turkiyaning o’z oldiga qo’ygan maqsadi mazkur yil 1-o’ringa chiqishdan iborat.
Istanbul, sharq bilan g’arbni birlashtirgan madaniyatlarning poytaxti hisoblanadi.
Tarixi, tabiati va madaniyati bilan birga xalqining mehmondo’stligi chet ellik turistlarni yana ham o’ziga chorlamoqda. Turkiyada 2019 yil, turizm jihatidan ijobiy natijalar bilan kutib olindi. Istanbulga kelgan turistlar orasida Istanbulga shaydo bo’lib, 10 martta sayohat qilganlar ham bor.
Asosiy maqsad, dunyodagi mashhur shaharlar kabi Istanbulni ham bir turizm markaziga aylantirishdan iborat.
Istanbul Turkiyaning eng katta shahri bo’lishi bilan birga, Vizantiya va Usmoniylar kabi davlatlarga poytaxtlik qilgan davrlardan qolgan ko’plab yodgorliklarga ega. Jumladan, Sulton Ahmad masjidi, Ayasofiya, Topkapi saroyi, Dolmabahche saroyi, Galatasaroy, Grand bozori kabilarni kiritishimiz mumkin.
Dengiz turizmi dunyoda va Turkiyada har bir o’tgan kun yanada ko’proq rag’bat ko’ryapti.Turkiya ega bo’lgan tabiiy boyliklari bilan dengiz turizmi soxasida katta bir potensialga ega. Butun dunyoda turizm faoliyatlari, “faol ta’til kelishuvlariga”ga aylanyapti. Yani, turistlar endi aktiv bo’lib turli faoliyatlardan foydalanishyapti, yelkanlardan foydalanishyapti, eshkak eshishyapdi, kemalarida sayr qilishyapti. Qayiqchilik esa faol faoliyatlarning eng birinchisi sifatida e’tirof etiladi. Turkiyaning geografik holati va sohillarining qulayligi tufayli qayiqchilikning rivojlanishi uchun yetarligicha mos mamlakat. O’rtayer dengizi, Egey, Qora va Marmara dengizlari, qayiqchilarga har kun har xil suvlarga va ko’rfazlarga langar tashlash imkoniyatini beradi. So’nggi 25 yil ichida yon yonga qurilayotgan portlar ta’tilchilarning xavfsiz sharoitlarda quriqlikka chiqishi va bir qancha imkoniyatlardan bir paytda foydalanish imkonini berayapti. Iqtisodiy raqamlar turizm rivojlanishining tezligini ko’rish uchun juda muhim. Turkiyada sohalar ichida yilda o’rtacha 12.1% o’sayotgan yagona soha bu turizmdir. Turizm sektori eksportning 27% gacha valyuta keltirayapdi va 2.5 milloinga yaqin kishiga xizmatni taminlay oladi. Turkiyaning rivojlanish va tiklanishida turizm sektorining eng muhim tarmoqlaridan biri bu dengiz turizmidir.
Antaliyaga kirib keladigan turistlarning aksariyat qismi Germaniya va Rossiya ulushiga to’g’ri kelgan, yani ushbu viloyatga tashrif buyurganlarning 55%i ushbu ikki mamlakatdan tashrif buyurgan. Ulardan keyin esa Gollandiya, Buyuk Britaniya turadi. Shuningdek, 2019 yilga kelib Gretsiyalik turistlar soni 2,7 martaga va Eronlik turistlar soni 1,85 martaga ortgan. Taxminan 3 million Rossiyalik turistlarning aksariyat qismi, yani 2 millioni asosan, Antaliyaga, qolganlari esa boshqa hududlarga dam olish uchun boradilar.
Biroq Turkiyaga kirib keladigan turistik oqimlar ichidagi an’anaviy mamlakat bu Germaniyadir. Chunonchi, 2022 yilga kelib Turkiya Germaniyadan kelgan turistlarga xizmat ko’rsatuvchi asosiy O’rta yer dengizi mamlakatlaridan biriga aylanishi kutilmoqda, 2019 yilda mamlakatga tashrif buyurgan nemis turistlarining soni 6,2 mln kishini tashkil qilgan.
Dunyodagi turizmiga qaraganimizda, O’rtayer va Karip orollari turizmning eng muhim markazlari sifatida e’tirof etiladi. O’rtayer dengizidagi bog’lash hajmining (quvvatining) 85% i Fransiya, Italiya va Ispaniya o’rtasida taqsimlanadi. Uch tarafi dengiz bilan o’ralgan Turkiyaning ulushi esa faqatgina 5% ga teng. Turkiyada 10.500 bog’lash qobiliyatiga ega bo’lgan 14 ta qayiq porti bor.
Katta daromadlarga ega bo’lishni ko’zlayotgan Turkiya mavjud resurslarga suyangan holda o’zining turistik siyosatini qayta ko’rib chiqmoqda. Turizm Vazirligi turizm industriyasiga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan turlarini rivojlantirishga qaratilgan samarali faoliyat amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |