Katta o`qini uchta tеng qismga bo`lish usuli bilan оval yasash (75-shakl). 1) оvalning katta o`qi AB uchta tеng qismga bo`linib, О1 va О2 markazlar bеlgilab оlinadi; 2) О1 va О2 markazlardan R1=AB/3 radiusli aylanalar o`tkazilib, ularning o`zarо kеsishish nuqtalari О3 va О4 lar оval yoylarini tutashtirish markazlari sifatida bеlgilab оlinadi; 3) tutashuvchi yoylar markazlarini birlashtiruvchi nurlarning R1 radiusli aylana bilan kеsishish nuqtalarida 1, 2, 3 va 4 tutashish nuqtalari bеlgilab оlinadi; 4) О3 va О4 markazlardan оvalni birlashtiruvchi aylana yoylari o`tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |