2.BOB. PSIXOGIGIYENA VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
MAVZUSINING EMPIRIK JIXATDAN TAHLILI
2.1. OLIMLARNING FAN RIVOJIGA QO’SHGAN AMALIY ISHLARI
Psixogigiyena uchun uyquning funksional vazifasi to‘g‘risida gizamonaviy tasavvurlar juda muhimdir. Asr boshida I.P.Pavlov tomonidan uning saqlash funksiyasi ta’kidlangan. Lekin asr boshida uyqu dezintoksikatsiya davri va miya neyronlari bilan oldinda turgan faoliyat uchun zarur bo‘lgan energetik resurslar to‘plash usuli sifatida ko‘rilgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib maxsus eksperiment tadqiqotchilari uyqu bilan bir qatorda uning alohida bosqichlari bilan ham boo‘liq hayotiy muhim jarayonlar to‘g‘risida gapirish imkonini beradi. Zamonaviy tasavvurlarbo‘yicha uyqu vaqtida bosh miya hujayralarida, na hujayra tuzilmasining morfologik doimiyligi, na ularning ishlashi mumkin bo‘lgan faol reparativ jarayonlar kechadi. Sust uyqu vaqtida faol jarayonlar asosan neyrologiya hujayralarida kechadi, g‘ayritabiiy uyqu vaqtida esa neyronlarning o‘zida kechadi, deb hisoblashadi (Demin N.M., Kogan A.B., Monseyeva N.I.). Ko‘ngillilarni kuzatish natijalari shuni ko‘rsatdiki, organizmni uyqudan ayirganda birinchi galda markaziy nerv tizimi azob chekadi: charchoq yuzaga keladi va ortadi, ixtiyoriy diqqat buziladi, emotsional beqarorlik va psixosensor siljishlar yuzaga keladi, ong buziladi, gallyutsinatsiyalar yuzaga keladi. X1X asr oxirida M.M.Manasseina itlardao‘tkazgan so‘nggi vaqtlarda esa M.Mancha maymunlarda o‘tkazgan tajribalarida shuni ko‘rsatdiki, uzoq vaqt uyqusizlik hayvonlarni miyaga qon quyilishiga eng muhim a’zolar (yurak va buyrak) degeneratsiyasi bilan boo‘liq o‘limga olib keladi va hatto yetilmagan, yosh organizmga salbiy ta’sir etadi. Ayniqsa, muhim ahamiyat tadqiqotchilar tomonidan uyquga, uning ijodiy jarayonlar va shaxs uyo‘unlashuvida ishtirokiga beriladi. G‘ayritabiiy uyqu zamonaviy qarashlarga ko‘ra, shaxsning ichki muammolarini o‘zida aks ettirgan va ongsiz holda boshqariladigan tushlar mexanizmi bilan bog‘liq. Insonni bu boshqaruvdan judo etish emotsional va psixik faoliyat buzilishiga olib kelishi mumkin. Namoyon bo‘luvchi uyquning faol xususiyatiga urg‘u berib, zamonamiz tadqiqotchilari, uyqudagi ta’lim va ijodiy faoliyat imkoniyatlarini tan oladilar. Italyan tadqiqotchisi Parmedjiani uyquning bu vazifasini tavsiflab deydi: “jamiyat bir butun holda uxlashni to‘xtatganda edi, u o‘zining ijodiy qobiliyatlari va xayolatini keskin qisqartirgan bo‘lardi, uyqusiz jamiyat inqirozga yuz tutib, nevrozlar tartibsizligi botqog‘iga botgan bo‘lard Hozirgi kunda uyquga individual tajriba orttirishda ham maxsus ahamiyat berilmoqda: aytishlaricha, aynan tush jarayonida kun davomida olingan axborotni saralash va uni qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatli xotiraga o‘tkazish yuz beradi. Asosiy ijtimoiy faoliyat o‘qish bo‘lgan bolalar uchun bu jarayonlar ayniqsa muhim. Keltirilgan dalillar uyquning bolalar va o‘smirlar uchuneng muhim psixogigiyenik ahamiyati va uning buzilishlari xavfi to‘g‘risida guvohlik beradi. Uyquning psixogigiyenik ahamiyati ko‘pchillik tadqiqotchilar tomonidan tan olinib, uning bolalik davrida o‘ziga xos ahamiyati ta’kidlab o‘tiladi, uning zaruriy yosh me’yori to‘g‘risidagi ma’lumotlari hali yetarli ilmiy asos topganicha yo‘q. A.M. Veyn hozirgi kunda qabul qilingan quyidagi uyqu faoliyati me’yorlarini keltirib o‘tadi. Chaqaloqlar uchun (1 oygacha)- 22 soat, 1-2 yoshdagi bolalar uchun 16-18 s, 3-4 yoshdagilar uchun – 14-16 s, 4-6 yoshdan - 13-15 s, 6-9 yoshdan 12-10 s, 9-13 yoshdash 8-10 s, o‘spirin yoshdagilar uchun 14- 19 yoshda – 8-9 s, kattalar uchun (20-30 yosh) 6-8 s, 30-40 yosh uchun – 5-7 s. Uyqu me’yorlari to‘g‘risidagi masala tobora tadqiqotchilar diqqatini o‘ziga tortmoqda. Uyqu vaqtini qisqartirish, tabiiyki, bedorlik vaqtininguzayishi, kishining mehnat faolligini ortishiga olib kelgan bo‘lardi. Hech qanday notinchlikni his qilmay juda kam uxlaydigan kishilarning mavjudligi to‘g‘risidagi dalillar uyqu me’yorlarini qayta ko‘rish fikriga olib keladi. R.Meddis “Harakatsizlik nazariyasi”ni ilgari surib, unga muvofiq uyqu zamonaviy kishi uchun umuman “atavizm” hisoblanadi. O‘z fikrini asoslab, muallif deydiki, uyqu jonivorlar va inson uchun boshida 2 sabab tufayli zarur edi: 1) uyqu jarayonida kelasida ishlatish va oziq ovqat topish uchun quvvat to‘plangan, 2) uyqu harakatsizlik va dushmangabilinmasligi hisobiga tirik organizmni sustroq himoya qilgan. Zamonaviy jamiyatda mehnatning o‘ziga xos xususiyati o‘zgardi, endilikda u kamroq quvvat talab qiladi, uning faoliyat uchun yetarlicha to‘planishi bedorlik jarayonida amalga oshadi. Uyquning sust-himoya vazifasi ham umuman biologik ahamiyatini yo‘qotadi. Eng zarur jarayonlar uyquda juda tez kechishi mumkinligi to‘o‘risida ko‘ngillilar ustidan kuzatishlar guvohlik beradi: uyqusizlik sababli yuzaga kelgan xulqning gallyutsinatsiyaga qadar buzilishlarida funksiyalarni qayta tiklash uchun bir necha soat to‘liq uyquning o‘zi yetarli. Biroq uyqu baribir zarurdir. Bugungi kunda, uyquning biologik ahamiyati kamayishi emas, balki uning reperativ jarayonlarning individual tezligi, uyquning yosh me’yorlari asosini, uning yetarligini baholovchi mezonlarni ajratishni ta’minlovchimexanizmlari xususiyati va davomiyligi chegarasini o‘rganish to‘g‘riroqdir. Umumiy o‘zini his qilish va uyqudan qoniqishning subyektiv sezgilari shunday mezonlardan biri bo‘lib, ko‘pgina tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, hech bo‘lmaganda uyquning yetarliligi to‘g‘risidagi tasavvur ko‘pgina an’analar bilan belgilanishi sababli uyqu me’yorlarini aniqlashda asos bo‘lib xizmat qila olmas ekan. Adabiy ma’lumotlarga ko‘ra bolalarda uyqu davomiyligining buzilishi uning sifati buzilishiga nisbatan kam uchraydi. Uyqu sifatining buzilishi klinik va ifoda etilish darajasi jihatdan juda xilma-xil bo‘ladi: uyquning qiyin kelishi, uyo‘onishning buzilishi, katta tushlar, noto‘g‘ri holat, ortiqcha harakatli faolllik, stereotip harakatlar vamurakkab oyparastlik va alahsirash turlarining psixik fenomenlari, vegetativ paroksizm – ko‘pincha bolalarda uyqu buzilishlarida kuzatiladi. Uyqu kasalliklarining shahar aholisi orasida tarqalganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar A.M.Veyn (1974), qishloq aholisi orasida esa, K.I.Mirovskiy(1972) tomonidan o‘rganilgan. A.M.Veyn(1974) ma’lumot- lariga ko‘ra 43 % so‘ralganlar o‘z uyqusining davomiyligi va sifati bilan qoniqmasligini aytganlar (20 % i – ham chuqurligining, ham davomiyligi, 10 % - chuqurligi, 13 %i- davomiyligi bo‘yicha). K.I.Mirovskiy aniqlashicha, uyquning chuqurligi va davomiyligi bilan qoniqmagan kishilar soni qishloq aholisi orasida 56 % ni tashkil etadi. So‘ralganlarning 20 % i muntazam yoki goh- goh uxlatuvchi vositalarni qabul qiladilar. V.M.Shpak bu buzilishlarni nevrozning majburiy simptomi hisoblanadi. B.D.Karvasarskiy ularni katta bemorlarda 39.9 % hollarda kuzatdi. Bolalarda uyqu buzilishi turli holatlarda, jismoniy va nerv-psixik kasalliklarda uchraydi. Biroq bolalar uchun uyquning katta psixogigiyenik ahamiyati hodisasi to‘liq o‘rganilmagan, ehtimol, buning sabablaridan biri uyqu buzilishining kundaligi va tezligidan iboratdir: u ko‘pgina kasalliktizimiga kiradi va shu sababli ikkinchi darajali hisoblanadi. Bunda uning bola organizmiga mustaqil va qo‘shimcha salbiy ahamiyati yetarlicha hisobga olinmagan. Ontogenezda uyquning elektroensefalografik bosqichi sekin-astayetiladi. Bola uyqusi katta odam uyqusidan elektroensefalografik o‘lchov bilangina emas, balki bolalarda yaqqolroq namoyon bo‘luvchi statik, motor va vegetativ reaksiyalar jarayoniga ko‘ra ham farq qiladi. A.S. Golbinabo‘yicha bolaning uyqudagi holati chaqaloq uchun xos bo‘lgan plastik tonus fazasi orqali fleksor to‘liq bo‘shashgan beqaror holatdan individual sevimli holat shakllanishiga o‘tadi. Boladagi uyqu kasalligi, eng avvalo, maromlar shakllanishining orqada qolish natijasi bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda ritmik jarayonlarni boshqaruvchi murakkab tizim tarkibiy qismlari faoliyatining dezintegratsiyasida ham kuchaytirilgan vegetativ va holat reaksiyalarining o‘z vaqtidan tashqarida namoyon bo‘lishi patologik simptom sifatida ko‘rilishi mumkin (masalan, maktab yoshidagi bolada emish harakatlari). Sirkadion biomaromlar shakllanishidagi orqada qolish bolalarda serebral rezidual-organik nuqsonlarda kuzatiladi. Bunday miya shikastlanishining turli klinik variantlarida uyqu-bedorlik maromi buzilishlari kuzatiladi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra nerv psixik kasalliklarining tarqalganligi 1000 kishi hisobiga o‘rtacha ko‘rsatkichi XX asr ichida 4 barobardan ortiq o‘sdi va 1970 yilga kelib 127.8ga teng bo‘ldi. Jamiyatdagi bemorlar sonigina emas, balki buzilishlarning o‘sish sur’ati ham rivojlanmoqda: agar 1930 yildan 1940 yilgacha vaqt oralig‘ida u 38 % tashkil etgan bo‘lsa, 1941 yildan 1955 yilgacha – 57%, 1956 yildan 1957 yilgacha vaqt mobaynida u 93% ga o‘sdi. Nerv psixik buzilishlarning psixogen omillar va zamonaviy hayotning ijtimoiy sharoitlari murakkablashuvi–ishlab chiqarish konsentratsiya- sining o‘sishi, urbanizatsiya faol jarayonlari, axborot oqimining ko‘payishi individual cheklangan maqomlar, nizolar va hokazolar bilan uzviy aloqasi etiologiyasida endogen omillar ko‘proq ahamiyat kasb etuvchi psixozlar miqdorining nisbiy barqarorligida, nevroz va shaxs kasalliklarining misli ko‘rilmagan o‘sishiga olib keldi. B.D.Petrakov va G.V.Rijikovlarning “Zamonaviy dunyoda psixik kasalliklarning tarqalishi” (1976) kitobida keltirilgan jahon statistik ma’lumotlariga ko‘ra shaxs kasalliklari 40 %, ularga yondosh bo‘lgan nevrozlar 47%, endogen psixozlar esa 13 % ni tashkil etadi. Shunday qilib, hozirgi vaqtdashaxs anomaliyalari nerv-psixik kasalliklarining g‘oyat katta qismini tashkil etadi. JSST ekspertlari Qo‘mitasi bolalar va o‘smirlar sog‘liqini saqlash muammolari bo‘yicha ma’ruzalarida bolalar va o‘smirlar orasida sezilarli tarqalgan nerv-psixik kasalliklari belgilangan: agarda 1930 yillarda 1000 boladan 22-30 ta nevroz hollari aniqlangan bo‘lsa, 1979 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra nevrotik va nevrozga o‘xshash holatlar endilikda 63 ni tashkil qiladi. O‘smirlar nerv-psixik buzilishlari o‘sishining bilvosita, biroq tashvishli tasdig‘i sifatida so‘nggi yillarda ular orasidagi o‘z joniga qasd qilish hollarining keskin ortishi xizmat qiladi. Depressiv holatlar bilan bog‘liq bo‘lish, o‘z joniga qasd qilish, g‘arb mamlakatlaridagi o‘smirlar o‘limi sabablari orasida 2– o‘rinda turadi. G‘arbda giyohvandlar miqdori o‘smoqda. Giyohvand moddalar iste’mol qilish (boshlanishida ko‘pincha o‘smirlarning stressga javobi) keyinchalik og‘ir psixik kasalliklarining etiologik omili bo‘lib qoladi. AQSHda giyohvandlarning to‘rtdan bir qismini o‘smirlar tashkil qiladi, Germaniyadagi har ikkinchi o‘smir qandaydir giyohvand
moddani iste’mol qilib ko‘rgan. Xorijiy mamlakatlardagi yoshlar orasida jinoyatchilikning o‘sishi ham qaysidir darajada shu kabi og‘ishlarning tarqalishi bilan boo‘liq. Barcha xavotirli bu dalillarga qaramay, dunyo miqyosidagi o‘smirlar orasida nerv-psixik patologik
tahlili va tizimini epidemiologik tahlili mohiyat jihatdan hali o‘tkazilmagan. Biz bu haqda JSST, bolalar, eng avvalo, hayotning risoladagidek, ijtimoiy muhit o‘zgarishlari hamda jismoniy, intellektual va emotsional yuklamaning ortishi bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixologik o‘zgarishlarning o‘tish davri bosqichiga qadam qo‘yayotgan o‘smirning o‘ta muqarrarlashgan nerv-psixik salomatligi tahlili zaruriyatini ta’kidlab o‘tishni hohlardik. Ijtimoiy jarayonlar takomillashtirish bilan jamiyatga qarshi xulq-atvorni ogohlantirish va yengish mumkinligi to‘g‘risida xulosa yasashga imkon beradi. Iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, tarbiyaviy, tibbiy va huquqiy muammolar birinchi va kompleks qo‘llanilishi – bu murakkab masalani yechishning muhim shartidir.
Demokratik jamiyat uchun huquqbuzarlik va jinoyatchilik bilan kurashishning bosh yo‘nalishii bu profilaktika. Bu tamoyil huquqiy, kriminalogik ilm va amaliyotning umumiy konsepsiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri natijalarini o‘zida ifoda etadi. Profilaktika – sog‘liqni saqlashning ham muhim tamoyilidir. JPSF ning 1966 yil Pragada bo‘lib o‘tgan XIX kongressida, dunyoning barcha, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlarida psixogigiyena sohasidagi ishni kuchaytirish zaruriyati yana bir bor ta’kidlanadi va uning psixoz va
nevrozlar terapiyasi va ularni oldindan bilish, bemorlar reabilitatsiyasi va ijtimoiy yo‘qchilik va ishsizlik, bir xil tarzda hayot, uyda va ishda ijtimoiy yolg‘izlanish, ijtimoiy va siyosiy nizolar kabi musibatli holatlarga barham berish bilan birga ularni ijtimoiy hayot va gumon (insonparvarlik) mazmunidagi muammolarni o‘z ichiga qamrab olgan ham psixiatrik, ham ijtimoiy masalalarni keng ko‘lamdagi taraqqiyot istiqbollari ko‘rsatiladi. Psixogigiyenistlarning asosiy e’tibori ijtimoiy-psixologik va pedagogik nuqtai nazarga, shuningdek bolalar va o‘smirlar xulq-atvoridagi turli og‘ishlarning oldini olish choralariga qaratilgan. Psixogigiyena sohasi yuqorida keltirilgan masalalar bilan tamom bo‘lmaydi. Alkogolizm va chekish bilan suiste’mol qilish, shovqin bilan kurash, ijtimoiy aloqa sohasida muhitni da’volash, bolalar tarbiyasi va uyo‘un taraqqiyotning yanada yaxshi sharoitlarini yaratish, oilaviy nizolarni bartaraf etish, mehnat va dam olish, uyqu va bedorlik, ovqatlanish rejimi, ijodiy tashabbuskorlik, sport mashg‘ulotlarining aqlga muvofiq tashki
etilishi kabi muammolar muhim bo‘lib kelmoqda. K.Gext o‘zining “Psixogigiyena” (1979)
kitobida turli tuzum sharoitlarida psixogigiyena masalalarini differensial baholaydi. U psixogigiyenani shaxs psixik xususiyatlarini to‘liq taraqqiyoti va bosh miya ishining optimal sharoitlarini yaratish, mehnat va yashash sharoitlarini
yaxshilash, ko‘p tomonlama shaxslararo munosabatlarni o‘rnatish, shuningdek inson psixikasining atrof-muhitdagi zararli ta’sirlarga qarshiligin iko‘rsatish yo‘li bilan inson psixik salomatligini saqlash deb tushuniladi. Ilmiy-tadqiqot faoliyati va amaliyot bu yerda bir butun ma’noni bildiradi.
Psixogigiyena jamiyat hayotining turli jabhalarida shaxs va jamoalarning shakllanishida bevosita ishtirok etadi. U idrok va xotira, axborotni qayta ishlash va ta’lim, fikrlash va emotsional jarayonlar, shuningdek inson irodasining namoyon bo‘lishi, faoliyatining to‘g‘ri kechishini ta’minlaydi. Psixogigiyena aqliy va ijobiy qobiliyatlarni tizimli mashqlantirish,
ijtimoiy sharoitni optimallashtirish, nerv tizimining haddan ortiq zo‘riqishini bartaraf qilishni o‘z ichiga qamrab oladi
Do'stlaringiz bilan baham: |